Matematika tarixini dasturi va uslubi

Matematika tarixini dasturi va uslubi

O'quvchilarga / Matematika
Matematika tarixini dasturi va uslubi - rasmi

Material tavsifi

Matematika tarixini dasturi va uslubi Reja: 1. Matematika tarixining predmeti va metodi. (dasturi va uslubi) 2. Matematikani rivojlantiruvchi kuchlar va uning boshqa fanlar bilan aloqasi. 3. Matematika tarixining materialistik dunyo qarashni shakllantirishdagi roli. 4. Matematika o'qituvchilari uchun matematika tarixini bilishning ahamiyati va roli. 5. Matematika tarixini rivojlanish davrlari. Matematika fanini rivojlanishini asoslari, boshqa fanlarini rivojlanishi kabi, insoniyat faoliyatining amaliy ehtiyojlaridan kelib chikadi. Fanning rivojlanishi bu ishlab chiqarishning shakllanishi bilan asoslanadi. Matematika, boshqa fanlar kabi, odamlarning amaliy ehtiyojlari natijasida vujudga keldi;bular: yer maydonining yuzalarini o'lchash, idishlarning sig'imini o'lchash, vaqtni o'lchash va mexanikaning elementlaridir. F.Engels.Andi - Dyuring. Hakikatan ham matematikaning turli bo'limlari real dunyoning fazoviy formalarini va miqdoriy munosabatlarini o'rganishda uzining metodlarining turli tumanligi bilan ajralib tursada, yagonaligi va umumiyligi bilan yaxlit birlashtirib turadi. Matematika fanining mazmuni kuyidagicha; 1) uning rivojlanish jarayonida yig'iladigan - faktlar; 2) faktlar asosida ilmiy tasavvurning shakllanishi - gipoteza. o'z o'rnida bu tajriba orqali tekshiriladi; 3) faktlar va tajribalar natijalarini umumlashtirish hamda ularni nazariya va qonunlar ko'rinishiga keltirish; 4) nazariya va qonunlarni o'rganish, matematikani o'rganishni xarakterlaydigan umumiy yo'nalishlarni ifodalovchi metodologiyani yaratish. Bu elementlar doimo o'zaro aloqadorlikda va rivojlanishdadir.Ana shu aloqadorlikni va rivojlanishni o'rganish bizlar qanday tarixiy davrga olib borishni aniqlash ruyobga kelish sabablarini aniqlash - aynan mana shu matematika tarixining predmetini ifodalaydi. Shuning uchun matematika tarixi - matematikaning rivojlanishining qonunlarini o'rganuvchi fandir. yuqoridagi aytilganlarga asosan matematika tarixi quyidagi masalalarni hal qilishi kerak. Birinchidan - matematikani fan sifatida rivojlanishining haqiqiy mazmuni yoritilishini .Bularda matematikaning metodlari,tushunchalari va fikrlari qanday paydo bo'lganligi, ayrim matematik nazariyalar tarixan qanday dunyoga kelgani yoritilishini.xalqlarda malum tarixiy davrlarda matematikani rivojlanishini xarakteri va xususiyatlarini aniklashni barcha zamondagi ulug' olimlarning qo'shgan hissalarini yoritishni hal qilish. Ikkinchidan - matematika tarixi matematikani turli-tuman aloqalarini ochishi; jumladan; matematikani odamlarning amaliy ehtiyojlari va faoliyatlari bilan aloqasini, boshqa fanlar rivojlanishi bilan aloqasini ochish, jamiyatning sotsial va iqtisodiy strukturasiga va sinfiy kurashlarga ta'sirini ochish, xalqlarning olim individining, olimlar kollektivining rolini ochishdan iborat. Uchinchidan - matematika tarixini o'rganish hozirgi zamon matematikasini mantikiy mazmunini, rivojlanish dialektikasini va kelajagini tug'ri tushunishga yordam berishi kerak. Matematika juda qadimgi fanlardan biri bo'lib dastlabki bosqichlarda o'zaro muomala va mehnat faoliyatlari asosida shakllana boshladi. U asta-sekin rivojlana boshladi, yani faktlar yig'a boshladi. Matematika mustaqil fan sifatida vujudga kela boshlaganda uning bundan keyingi rivojlanishiga matematik bilimlarning o'zi ham ta'sir eta boshladi Shulardan bazilarini kayd etib utaylik. 1) Nyutonning (differensial va integral hisobining ilk kadamlari) flyuksiyalarni hisoblash usuli darhol mexanikani masalalarini hal qilishni umumiy metodi darajasigacha kutarildi. 2) Lagranj algebraik tenglamalarni radikallarda hal ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.91 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 13:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.91 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga