Matematikaning rivojlanish davrlari O'zbekistonda matematika rivoji Reja: 1. Matematikaning rivojlanish davrlari 2. O'zbekistonda matematika rivoji Matematikaning rivojlanish davrlarini A.I. Kolmogorov kuyidagicha bayon etgan edi: Matematikaning paydo bo'lish davri (kishilik jamiyati paydo bo'lgandan to milod. avv.VI-V asrlardan to milodning XVI asrigacha). Elementar matematika davri. (milod. avv. VI-V asrlardan to milodning XVI asrigacha). o'zgaruvchi miqdorlar matematikasi davri. (XVII asrdan XIX asrning birinchi yarmigacha). hozirgi zamon matematikasi davri (XIX asrning ikkinchi yarmidan to hozirgi davrgacha). Birinchi davrda kishilar ilk matematik tushuncha va tasavvurlarga ega buldilar. Bu davrning asosiy tushunchasi son bo'lib, u asta-sekin shakllana bordi, turli sanoq sistemalari yaratildi. Eramizgacha bo'lgan ming yillik davrida bir kator sanoq sistemalari paydo bo'lgan. hozirgi Markaziy Osiyo halqalri kadimiy fan va madaniyat merosiga ega. Bu yerda yashovchi xalqlar Xitoy, Hindiston, Eron, Kavkaz mamalakatlari bilan savdo, siyosiy va madaniy aloqalar tufayli fan yangiliklarini urganib bordilar va uzlari xam ilm-fanning rivojlanishiga katta xissa kushdilar. Matematika sohasida turli hisoblash usullarini takomillashtirish, yangi hisoblash usullarini aniqlash maqsadida turli ilmiy- tadqiqot ishlarini keng kulamda olib bordilar va juda ko'p muhim ilmiy natijalarni kulga kiritdilar. Fanlarning rivojlanishida Xalifa Mamun xukmronligi davrida Bagdodda tashkil etilgan (813-833) «Baytul- xikmat» (Donishmandlik uyi) ijobiy ahamiyat kasb etdi. Uning koshida katta kutubxona va rasadxona mavjud bo'lib, juda ko'p mashxur olimlar bu dargoxda ilmiy ishlar olib bordilar. Markaziy Osiyolik matematik olimlar orasida eng mashxurlaridan biri Abu Abdullox Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) yuqorida zikr etilgan Bagdoddagi Donishmandlik uyida matematika bilan shugullandi. Uning matematika bo'yicha yozgan risolalari: «Kitob al-jabr val mukobala», «Xind hisobi haqida qisqacha kitob», «Astronomik jadvallar», «Kitobul-suratul-arz». «Xind hisobi haqida qisqacha kitob» asari Ovrupoda xind pozitsion sistemasining tarqalishida muhim rol uynadi. «Kitob al-jabr val mukobala» asarida algebra mustaqil fan sifatida (matematikaning bir bo'limi) birinchi bo'lib urganib chikildi. Bu risola ikki kismdan iborat bo'lib, birinchi kismida algebraik miqdorlar ustida amallarni bajarish qoidalari, birinchi va ikkinchi darajali tenglamalar ko'rib chiqilgan. qoidalar va yechimlar so'z bilan bayon etilgan. Nomalum ildiz yoki buyum deb, nomalumning kvadrati - kvadrat deb atalgan. Kvadrat tenglamalar geometrik usulda echilgan. Ikkinchi kismda esa geometrik masalalar bayon etilgan. Unda va sonlarining bir-biriga yaqinligi hamda bundan tashqari, kabi qiymatlari keltirilgan. Bu asar lotin tiliga XII asrda tarjima qilingan va ko'p vaqtlar davomida Ovrupo mamlakatlarida matematika bo'yicha asosiy qo'llanma bo'lib keldi. Al- Xorazmiyning nomi dastlab matematika olamiga xind hisob sistemasiga asoslangan arifmetika muallifi sifatida tanilgan bulsa, sungra katiy qoidalar asosida bajariladigan xar qanday xiso sistemasining umumiy nomi (algoritm) sifatida mashxurdir. Al- Xorazmiyning nomi bilan Oyning kurinmas tomonidagi krater ataladi. Abu ...

Joylangan
04 May 2024 | 08:01:46
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.46 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 08:01 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.46 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:44 ]
Arxiv ichida: doc