Matnli masalalar va ularni yechish usullari. Matnli masalalarni tenglamalar sistemasi yordamida yechish

Matnli masalalar va ularni yechish usullari. Matnli masalalarni tenglamalar sistemasi yordamida yechish

O'quvchilarga / Matematika
Matnli masalalar va ularni yechish usullari. Matnli masalalarni tenglamalar sistemasi yordamida yechish - rasmi

Material tavsifi

Matnli masalalar va ularni yechish usullari. Matnli masalalarni tenglamalar sistemasi yordamida yechish Reja: 1. UUT DTS o'quv dasturida o'quvchilarda mustahkam matematik va malakalarni hosil qilish uchun ta'lim jarayonida masalalardan foydalanishning maqsadi. 2. Matnli masalalarni yechish bosqichlarini bajarilishi. 3. Algebraik masalalarni yechishda tenglamalar tuzish metodikasi. 4. «harakatga» doir, «birliklarda bajariladigan ishga»doir, «anikmas tenglama, tenglamalar sistemasi tuzib echiladigan» masalalar, «Natural sonlarga» doir, «Progressiyaga» doir «protsent miqdorli» masalalar yechimlaridan namunalar. Masala deb malum shartlarga ko'ra qo'yilgan savolga javob berishni talab etuvchi xar qanday jumlaga aytiladi. Masalani yechish-bu masaladi bevosita yoki bevosita mavjud bo'lgan sonlar, miqdorlar, munosabatlar ustida amallar va operatsiyalarning mantikan to'g'ri ketma-ketligi orqali masalalarning talabini bajarish (uning savoliga javob berish) demakdir. Matnli masalalarni yechish ushbu bosqichlarni bajarishdir: Masalani tahlil qilish; Bu bosqichda masalaning sharti va talabi aniklanadi. - Masalani sxematik yozib olish; Bu bosqichda qonunlardan foydalanib, berilgan va izlanayotgan kattaliklar orasidagi bog'lanishlar o'rganilishi natijasida tenglamaning tarkibiy qismlari aniklanadi. - yechish usulini izlash (tenglama tuzish); Bu bosqich masala shartidagi ma'lumotlardan foydalanib izlanayotgan kattaliklarni topishga imkon beradigan tenglik yoziladi, yani matematika tiliga aylantiriladi. - Makul topilgan biror usulda echib chiqish; Bu bosqichda hosil bo'lgan algebraik tenglama echiladi. - hosil bo'lgan yechimlarning masala shartlarini kanoatlantirishini sinab ko'rish; -tekshirish ( mazkur shartlar asosida masala yechimga ega yoki yechimga ega emasligi tekshiriladi); Masala yechimining bayonini berish; - yechish usulini tahlil qilish (ratsional yoki umumiy yechish usuli bor-yukligi haqida xulosalar). - Masala javobini ifodalash; bu bosqichda masala yechimining to'g'riligiga ishonch hosil kiligandan keyin, masalaning javobi matematika tilida aniklanadi. Bu bosqichlar umumiy bo'lib, uning bazilari yechish jarayonida bajarilmasligi mumkin. Matematika fanini o'qitishda matnli masalalarni yechishning o'rni ulkandir. Bunday masalalarni echa borib o'quvchilar matematik bilimlarni egallaydilar, amaliy faoliyatga tayyorlana boradilar. Masalalar ularning mantikiy fikrlashlarini rivojlantirishga imkon beradi. Shuning uchun o'quvchilarning matnli masala hamda, uning tuzilishi haqida chuqur tasavvurga ega bo'lishi va masalalarni turli usullar bilan echa olish qobiliyatlariga ega bo'lishi muhimdir. Matnli masala biror bir vaziyatning tabiiy tildagi ifodasi bo'lib, unda bu vaziyatning biror-bir komponentasiga miqdoriy tavsifnoma berish, uning komponentlari orasidagi bazi munosabatlar bor-yukligini aniqlash yoki bu munosabat turini aniqlash talab etiladi. Bir masala bir necha usul bilan echilsa, uni bajargan o'quvchi, unda kullanilayotgan turli faktlarning o'zaro aloqador ekanligini ko'rish imkoniyatiga ega bo'ladi. Kurilayotgan masalalar standart yoki nostandart bo'lishi mumkin. Standart masalalar deb, shunday masalalarga aytiladiki, ularning xar birining yechish tartibi biror bir matematik qoida yoki tasdiklar bilan aniq beriladi. Nastandart masalalarni bunday yechish yo'li, odatda, sun'iy usul (yoki «Evrik» qoida) deb ataladi. quyidagi tipdagi algebraik masalalarni yechishda tenglamalar tuzib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.86 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 13:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.86 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga