mehnat muhofazasining huquqiy asoslari Reja: O'zbekiston Respublikasining mehnat qonunlari bozor iqtisodi sharoitlarini hisobga olish. Respublikada ayollar mehnatidan foydalanish. Respublikada o'smirlar mehnatidan foydalanish. Korxona ma'muriyati Vazifalari. mehnatkashlarning hayoti va sogligini muhofaza qilish O'zbekiston Respublikasining mehnat qonunlarikodeksi bilan hamda xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga oid normalar bilan kafolatlangan. mehnat qonunlarga mehnat bozori samarali amal qilishni adolatli mehnat sharoitlarini, xodimlarning mehnatga doir huquqini himoya qilinishini, mehnat unumdorligi o'sishini, ish sifatini yaxshilanishi va shu asosida mehnat bilan birga mulkchilikning turli shakldagi korxonalarda mehnat shartnomasi bo'yicha ishlayotgan barcha shaxslarning mehnatga doir munosabatlarini tartibga soladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofik xar bir kishi mehnat qilish, qonunda belgilangan tartibda erkin ish tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. Majburiy mehnat takiklanadi. Respublikamizda mehnat qonunchiligi fakatgina ish sharoitini yaxshilash va baxtsiz hodisalarining oldini olish vazifalarinigina ko'rib cheklanmay, balki xodimlarni ishdan bushatishni va xodimlar bilan korxona ma'muriyati o'rtasidagi janjalni muxokama etishni tartibga soladi va mehnatkashlar manfaatini himoya qiladi. Ayollar mehnatidan ogir ishlarda va mehnat sharoitlarida zararli bo'lgan ishlarda, yer osti ishlarida foydalanish takiklanadi. homiladorlar ayollarni va bolasi uch yoshga yetmagan ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga, ish vaqtidan tashqari ishlatishga, dam olish kunlarida ishlatishga va kamandirovkaga yuborishga yul kuyilmaydi. Ayollarga bolasi bir yarim yoshga etkunga qadar kisman xak tulanadigan otpuska beriladi. Bundan tashqari, bolasi uch yoshga tulgunga qadar qo'shimcha otpuska xam beriladi. Ayollarni homiladorligini yoki bolasi borligini boxona qilib ishga kabul kilmaslik yoki ish xakkini kamaytirish takiklanadi. 16 yoshga tulmagan shaxslarni ishga kabul qilinishiga yul kuyilmaydi. Kasb hunar bilim yurtlarining o'quvchilarini un turt yoshga tulgandan keyin ota-onasining roziligi bilan yengil ishlarni bajarishga kabul qilishga yul kuyiladi. 18 yoshga tulmagan o'smirlar ogir ishlarda va mehnat sharoiti zararli yoki xavfli bo'lgan ishlarda foydalanish takiklanadi. Ularni meditsina kurigidan o'tkazilgandan keyingina ishga kabul kilinadi, shuningdek xar yili meditsina kurigidan utib turishlari shart. 18 yoshga tulmagan o'smirlarning tungi va ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etish takiklanadi. Ularni ishdan bushatish tumandagi voyaga yetmaganlar komissiyasining roziligi bilangina yul kuyiladi. Korxona ma'muriyati sog'lom va xovfsiz ish sharoitlarini yaratishlari kuzda tutilgan. ma'muriyat ishlab chiqarishda xavfsiz texnika vositalarini tadbiq qilish, sanitar-gigiyenik sharoitlarini yaratish, turli kasbiy kasalliklarni oldini olish choralarini ko'rishlari zarur. Shu bilan birga ishchi xodimlar o'rtasida texnika xavfsizligi va yongin xavfsizligi bo'yicha instruktajlar o'tkazib turish ma'muriyatga yuklanadi. ma'muriyat kasaba uyushmasi qo'mitasi hamda boshqa davlat organlari bilan birgalikda baxtsiz hodisalarni o'z vaqtida ko'rib chiqishlari shart. ...

Joylangan
04 May 2024 | 08:01:46
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.89 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 08:01 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.89 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:47 ]
Arxiv ichida: doc