Modellashtirish nazariyasini umumiy masalalari

Modellashtirish nazariyasini umumiy masalalari

O'quvchilarga / Matematika
Modellashtirish nazariyasini umumiy masalalari - rasmi

Material tavsifi

Modellashtirish nazariyasini umumiy masalalari Reja: 1.Modellashtirish nazariyasini predmeti. 2.Tizimlarni tarkok qilishda modellashtirishni o'rni va ahamiyati. 3.Modellarni sinflari. 4.Bilish va boshqarish jarayonlarida modellashtirish. 5.Modellashtirish obyektlarini sinflari. 6.Modellvshtirishni asosiy bosqichlari. 1.Modellashtirish nazariyasini predmeti Xayoliy modellar haqiqiy dunyoni nazariy tushunish va aks ettirish shakli bo'lib, uni fizik bilish uchun katta urin egallaydi. Shuning uchun nazariy bilish va uslubiy jihatdan modellarni shakillantirish masalasi, ularni bilishda qo'llash va boshqa modellar, xayoliy va real tajribalar, gipoteza, nazariyalar bilan aloqasi katta ahamiyat kasb etadi. Modellar-ilmiy gipoteza bo'lib, fanni rivojlantirish shakli sifatida ko'rib kelgusidagi takomillashgan nazariya modellari ko'rinishida urganiladi. Xayoliy va material modellarni kuyidagicha ta'riflash mumkin: Modellashtirish - bu biror bir obyektni (orginalni) boshqasi (model bilan) almashtirish va orginalni xususiyatlarini modelni xususiyatlarini tadqiq etish yo'li bilan o'rganishdan iborat. Almashtirishdan asosiy maqsad orginal xususiyatlarini o'rganishni aniklashni tezlashtirish, soddalashtirish, narxini kamaytirish imkonini beradi. Umuman obyekt-original sifatida ixtiyoriy tabiy yoki sun'iy, real (haqiqiy) yoki xayoliy tizm bo'lishi mumkin. Modellashtirish usuli hozirgi zamonda kupdan ko'p olimlar tomonidan tadbiq etilmokda. Misol sifatida mexanika, fizika (qattiq jismlar) ximiya, biologiya, meditsina, iqtisodiyot va boshqa sohalarni ko'rish mumkin. Modellashtirish konsepsiyasidan maqsad asosan modellarni nazariya yaratish jarayoniga kiritishdan iboratdir, chunki ideal modellar nazariyani boshlang'ich bosqichi bo'lishi mumkin yoki nazariyani interpretatsiya qilish modeli xam bo'lishi mumkin. Gipotezalar nazariyaning ideallashtirilgan obyektlardan farqli bo'lib, nazariyani interpretatsiya qilish modeli yoki dastlabki pogonadagi model ko'rinishida tasvirlash mumkin. Gipotezalar shakillantirilayotgan modellarni dastlabki kadamlari (pogonalari) sifatida qurilishi mumkin. Dastlabki modelni ishlab chiqishda tadqiqotchi intuitsiyasi katta rol uynaydi. boshlang'ich vaqtlarda kata miqdordagi modellar oldinga surilishi mumkin. Ammo tadqiq etish jarayonida ularning soni kamayadi. Model bilan ishlash shakli sifatida xayoliy tajriba kuriladi. Ayrim xollarda xayoliy tajribalarni ideallashtirilgan deyiladi, chunki ular real tajribalar bilan bog'liqdir. Malum mikiyosda xayoliy tajriba real tajribani malum tomonlarini (xususiyatlarini) xayoliy obrazli rekonstruksiya qilishdan iboratdir. Chunki, aytiladiki «fikirlash ongda tajriba o'tkazish maxsulidir». Xayoliy tajriba shartsiz ravishda haqiqiy tajribaga karaganda kulaydir. Fikrlar bizda xar doim mavjud va xakikatga nisbatan ongda tajribalarni yigish (to'plash) onsondir. (Engelmayer so'zlari bo'yicha) Tajriba obyekt orginalni malum tomonlarini (xususiyatlarini) modelda aks ettirishni adekvatlik kriteriyasi bo'lib kelmokda. Tajriba xakam rolida bo'lib, model yordamida olingan tasavurlarni olib qolish yoki tashlab yuborish to'g'risida yechimini kabul qiladi. Urganilayotgan hodisa, jarayon yoki obyektni matematik ifodalar (munosabatlar) va formulalar yordamida tasavvur etish jarayoni matematik model deyiladi. tadqiq etilayotgan obyektni modellashtirish obyektni shakillashtirishdan boshlanadi, yani mos matematik modelni tuzishdan iborat. Buning uchun uning ahamiyati kasb etgan tomonlari (xususiyatlari) ajratib olinadi (tanlanadi) va matematik munosabatlar yordamida yoziladi. Matematik model tashkil etilgandan sung, yani masalaga matematik shakl berilgandan sung ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.72 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 13:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.72 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga