Oliy matematika fani haqida

Oliy matematika fani haqida

O'quvchilarga / Matematika
Oliy matematika fani haqida - rasmi

Material tavsifi

Oliy matematika fani haqida Reja: 1. Kirish. 2. Matematika va modellar hamda modellashtirish tushunchalari. 3. O'rganiladigan asosiy matematik tushunchalar haqida. Matematika g'oyat bir yuksak fanki,unda bir olam mo'jiza yotadi. Mirzo Ulugbek Respublikamiz Prezidentining 2006 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2007 yilda iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustivor yo'nalishlariga bagishlangan Vazirlar Maxkamasi majlisidagi ma'ruzasi mustaqil davlatimizning 2007 yilga mo'ljallangan rivojlanish dasturini belgilab berdi. Unda, birinchi navbatdagi xal qiluvchi asosiy vazifa- bu iqtisodiyotning barqaror va mutanosib suratlarda o'sishi hamda tarkibiy o'zgarishlar va modernizatsiyalashni ta'minlash, eng muhim tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan yangilashdan iborat ekanligini ko'rsatib berildi. hozirgi zamonda iqtisodga, ishlab chiqarishga ko'yilayotgan yuksak talablarni bajarishda kadrlarning umumiy malakasi oldingi o'ringa ko'yilmokda. Bu yuksak talablar xamma mutaxassislarga tegishlidir. Bunday yuksak vazifalarni xar tomonlama kamol topgan, yuksak malakali mutaxassislar amalga oshiradi. Yuksak malakali mutaxassislar tayyorlashda «Oliy matematika» fanining katta axќamiyatga ega ekanligi xech kimda shubxa tugdirmasa kerak. Xamma sohalarda matematik qonuniyatlarga asoslangan zamonaviy kompyuterlarning muvaffakiyat bilan tatbik etilishi hamda uning kundan-kunga rivojlanib borayotganligi, yosh mutaxassislarning tegishli sohalar, masalalarining matematik modellarini tuza bilishi va unda hisoblash texnikasini joriy etish vazifalarini ko'ymokda. Bu masalalarni modellashtirish matematik amallar va usullar yordamida amalga oshiriladi. Malumki, matematikadagi mavjud, natural sonlar, arifmetik amallardan boshlab, hozirgi zamonaviy, chiziqli algebra va analitik geometriya, differensial va integral hisob hamda differensial tenglamalargacha tushunchalar real dunyoning modellaridir. Bu tushunchalarning xammasi insoniyat ehtiyojlaridan-narsalarni sanash, xo'jalik hisobi kabi tirikchilik uchun zarur masalalardan kelib chikkan va rivojlanib bormokda. Matematika o'z rivojlanish tarixida mexanika, fizika, biologiya kabi fanlardan tashqari ijtimoiy fanlarga xam jadal kirib, rivojlanib bormokda. Matematikani insoniyat taraqqiyotida vujudga kelgan va uning rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo'lgan fanlarning yetakchilaridan desak xato kilmagan bo'lamiz. Bu fikrimizning isbotini matematika iborasi yunoncha matema - bilim, ilm, fan deyilishi bilan xam izoxlasa bo'ladi. Malumki, matematik tushuncha va modellar universallik xususiyatiga ega, yani aynan bitta model fizikada o'z manosiga, biologiyada xam, iqtisodiyotda xam malum manolarga ega. Bunday modellar tabiiy fanlarda bir necha asrlardan beri ko'llanib rivojlanib kelmokda. Lekin, ijtimoiy (iqtisodiyot, psixologiya, jamiyatshunoslik va boshqalar) fanlarda ko'llash XIX-XX asrlarda intensiv rivojlanishi bilan xarakterlanadi. XX asrda ijtimoiy fanlar muammolarini echadigan matematikaning sohalari vujudga kela boshladi. Keyingi o'n yilliklarda matematika usullari, kishilik jamiyatining jarayonlarini va munosabatlarini o'rganishda yanada chuqurrok kirib bormokda. Matematika, shunday universal qurolki, real borliqdagi mavjud bog'lanish va munosabatlarni aniklashda, hamda ulardan hodisa va jarayonlarni ilmiy baholab bashorat qilishda foydalanish imkoniyatlari rivojlanib bormokda. Shunday qilib, Mirzo Ulugbek bobomiz takidlagan qoida (tezis) ijtimoiy fanlarida xam o'z ifodasini topib, rivojlanmokda. Matematikani o'rganishning bevosita amaliy tatbiklaridan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 72.17 KB
Ko'rishlar soni 144 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 14:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 72.17 KB
Ko'rishlar soni 144 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga