O'rta asr va uyg'onish davrida Yevropamatematikasi. Matematika rivojlanishining uchinchi davri Reja: XVI-XVII asrlardagi ilmiy revolyutsiya. O'zgaruvchi miqdorlar matematikasi. Analitik geometriyani vujudga kelishi. Matematikaning boshqa sohalarini rivojlanishi. O'rta asr va uyg'onish davrida Yevropamatematikasi; Rus matematikasi; Algebraning yetakchilik roli; Son tushunchasini kengayishi. Kompleks sonlar; Hisoblashlar va ularning metodlari. Dastlab shuni eslatish kerakki Yevropada matematika tarixi Sharq va Rimdagi kabi uzoq tarixga ega emas. Yevropada matematikaning shakllanishi va rivojdanishi o'rta asrlari va uyg'onish davriga to'²ri keladi. 11 asrga qadar matematik bilimlar darajasi juda past bo'lgan. (100 y - oyna ixtiro qilinadi, 14-asrga kelib uni ko'zoynak, tosh oyna, durbinda ishlatilish topildi; 1100 y - ²ildirakli soat, keyinroq - prujinali, 1200 yili esa bongli soat; 12-asrda qo²oz,15-asrda esa kitob ixtiro qilindi. 12-asrda magnitzm va magnit strelkasining xususiyatlari topildi). Yevropada matematikaning rivojlanishining asosiy momentlaridan biri o'quv yurtlarining ochilishi bo'ldi. Dastlabki bunday maktablar Fransiyaning Reyms shahrida Gerbert (940-1003) tashkil etdi. Keyinchalik Stlvestr II nomi bilan Rim papasi bo'ldi. Gilbert maktabida boshqa fanlar qatori hisob taxtasida abjad usulida hisob o'qitilgan. Bunda 12lik asosda Rim numeratsiyasi asos qilib olingan. Bazi joylarda hind usulidan foydalanilgan. XII asrda matematikada birmuncha uyg'onish bo'ldi. Bunga sabablar: 1-si Rodjer Bekon (1214-1294)ning diniy ta'limot va sxolastikaga qarshi kurash bo'ldi. U tajriba ilmiy dunyoqarashni tushunishning birdan-bir asosi deb qaradi va o'zining tabiiy filosofiya konsepsiyasini yaratish bilan matematikaning rolini oshirdi, 2-si. Leonardo Pizanskiy. Asli savdogar oilasidan bo'lib, matematik bilimlarni Jazoirda olgan. Shunga ko'ra arabcha nomi Fibonachcho (Banachcho o'²li) deb yuritilgan. Savdo ishlari bilan Shimoliy Afrika, Misr, Ispaniya, Sitsiliya va boshqa erlarda ko'p bo'lib matematika bilan qiziqadi. Buning natijasida 1202 yili Abjad kitobini yozadi. Bu haqiyqiy ensiklopedik asar bo'lib, 200 yil davomida Yevropada asosiy kitob bo'lib keldi. Shundan so'ng to XV asrgacha Yevropada matematikaning rivoji to'xtab qoldi, lekin matematik bilimlarni to'plash, sistemaga tushirish borasida etarlicha ishlar bo'ldi. XV asr oxirida Parij universitetining bakalavri N.Shyuke manfiy va nol ko'rsatkichli daraja va manfiy son tushunchasini kiritadi. sImvolikani takomillashtiradi. XV asrga kelib fandagi sxolastik tasavvurlar tez emirila boshladi. Bunga sabab 1492 yil Amerikaning ochilishi, 1498 yil Afrikani aylanib o'tish, 1519 yil birinchi marta dunyoni aylanib o'tish, Kopernikning (1473-1543) geliotsentrik nazariyasining ochilishi va isbotlanishi va boshqalar. Trigonometriya sohasida 1461 yili nemis matematigi Iogann Myuller (14361476) yoki boshqa nomi Regiomontanning «Turli Uchburchaklar haqida besh kitob» asarining yozilishi, bu fanning mustaqillik darajasiga ko'tardi. Bu asarda avtor sistemali ravishda tekis va sferik uchburchani berilgan elementlariga ko'ra yechishni bayon etadi. Bunda u irratsional son tushunchasini kiritib, algebrani geometrik masalalarni yechishga tadbiq etadi. Trigonometrik tablitsalarni ...

Joylangan
04 May 2024 | 08:01:46
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.19 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 08:01 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.19 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:57 ]
Arxiv ichida: doc