Sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyati samaradorligini oshirishning shart - sharoitlari

Sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyati samaradorligini oshirishning shart - sharoitlari

O'quvchilarga / Matematika
Sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyati samaradorligini oshirishning shart - sharoitlari - rasmi

Material tavsifi

Sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyati samaradorligini oshirishning shart-sharoitlari Reja: Sinf rahbari obro'si, odobi, yuksak ongliligi. Sinf rahbarining vazifalari. Tarbiyada rag'batlantirish va jazolash. Tayanch iboralar: Faoliyat, samaradorlik, sinf, rahbar, ta'lim-tarbiya, boshqaruv, jazo, rag'batlantirish. Sinf rahbari o'quv-tarbiyaviy jarayonning tashkilotchisi pedagogik mahoratning yuksak namunalarini o'rnak qilib ko'rsatuvchi ustoz demakdir. Shunday ekan, sinf rahbarining muhim fazilatlaridan biri uning yaxshi o'qituvchi bo'lishidadir. O'z ishida asosiy narsani ko'ra bilishi mahorati har qanday rahbar uchun muhimdir. Biroq sinf rahbariga bunday qobiliyat va fazilat g'oyat yuksak darajada xos bo'lishi zarur. Chunki uning mas'uliyatli lavozimi o'zida bir emas, balki ko'plab ixtisosni birlashtiradi. Sinf rahbari, dars olib borishi, o'quv-tarbiya va xo'jalik ishlarini yurituvchi, talabchan bo'lishi hamda o'quvchilarning dilkash murabbiysi bo'lishi kerak. Bunday ko'p qirrali fazilatni tarbiyalashga hech qanday oliy o'quv yurti qodir emas. Rahbarlik istedod va fazilati hayotning o'zida, maktabdagi ish amaliyotida shakllanib kishidan keng ko'lamdagi bilim va tajribani, muallimlikka xos fidokorlikni, tanlangan ishga cheksiz sodiqlikni talab qiladi. Hozirgi sharoitda o'quv yurtlari rahbarlarining roli yanada ortadi. Hozirgi sharoitda sinf rahbarining fazilati qanday bo'lishi kerak? Bizningcha, hozirgi sinf rahbari dadil, tashabbuskor, bilimdon, madaniyatli, halol va vadasiga vafodor bo'lishi kerak. Bunday oqil rahbar har qanday vaziyat va sharoitga to'g'ri yondosha oladi, voqealarga va turmush hodisalariga dadil, odil baho bera oladi, haqiqiy talab va adolatli ish uslubini vijudga keltira oladi, mehribon inson sifatida katta mavqega ega bo'la oladi. Obro'-etibor xodim xarakterining ichki belgilariga bog'liq bo'ladi. Tashqi vaziyatlar uning rivojlanishiga ko'maklashishi va uni rag'batlantirishi mumkin. Agar rahbarning amaliy va siyosiy xususiyatlari o'zi egallab turgan lavozimga mos kelmasa, u oqibat natijada o'ziga tophirilgan ish sohasini uzoq vaqt, malakali va samarali idora qila olmaydi. Har bir kishi o'z obro'-etiborini o'z mehnati bilan yaratadi. Sinf rahbari esa o'z obro'-etiborining birinchi va asosiy ijodkoridir. Sinf rahbari mavqeini uning egallab turgan lavozimi va boshliqlarning qo'llab-quvvatlashi emas, balki uning o'z ishiga munosabati, bo'ysinuvchilar va mehnatkashlarning unga munosabati belgilaydi. Obro'-etiborli rahbar sinfning g'oyat hurmatli rahbari, jon-tani va aql idroki, ustozi va murabbiysidir. Jamiyatdagi boshqaruv tizimni malum boshqarish vazifalari asosida tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga ko'ra uni alohida ko'rsatib o'tish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. O'quv jarayonini optimal tashkil qilish vazifasini bajaradi; Mustaqil davlatimizga munosib o'quvchilar tayyorlashda asosiy javobgarlardan biri va undagi o'z o'rnini aniqlab olish; O'z faoliyati rejalarini aniq, o'z vaqtida va izchillik bilan bajarishga erishish; Vazifani o'ta mas'uliyatli bo'lishini sezish bilan birga unga mos ilmli madaniyatli, oqil, adolatli, tadbirkor, tashabbuskor bo'lishga doimo harakatda bo'lish; O'z ishini bilish, mas'uliyatni va javobgarlikni his qilish lozim; Yoshlarni milliy-ma'naviy qadriyatlar asosida tarbiyalashga muntazam ravishda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.58 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 14:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.58 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga