Statistik baho. Statistik bahoga qo'yiladigan talablar. Tanlanma o'rtacha va tanlanma dispersiya Reja: Taqsimot parametrlarining statistik baholari. Siljimagan, effektiv va asosli baholar. Bosh o'rtacha qiymat va o'rtacha tanlanma qiymat. Bosh dispersiya va tanlanma dispersiyalar. Statistik baholash nazariyasi masalaning qo'yilishi nuqtai nazaridan parametrik va noparametrik hollarga bo'linadi. Agar bosh to'plamning miqdoriy belgisini o'rganish talab etilgan bo'lsa, bu belgining taqsimotini aniqlaydigan parametr-larni baholash masalasi yuzaga keladi. Masalan, o'rganilayotgan belgi bosh to'plamda normal taqsimlanganligi oldindan malum bo'lsa, u holda matematik kutilmani va o'rtacha kvadratik chetla-nishni baholash (taqribiy hisoblash) zarur, chunki bu ikki para-metr normal taqsimotni to'liq aniqlaydi. Odatda tanlamadagi ma'lumotlargina, masalan, miqdoriy belgining o'zaro bog'liqmas deb faraz qilinuvchi ta kuzatuv nati-jasida olingan , , , qiymatlari ixtiyorda bo'ladi. Baho-lanayotgan belgi xuddi shu ma'lumotlar orqali ifodalanadi. , , , larni bog'liqmas , , , tasodifiy miqdorlar deb qarab, nazariy taqsimot nomalum parametrining statistik ba-hosini topish kuzatilayotgan tasodifiy miqdorlarning bahola-nayotgan parametr taqribiy qiymatini beruvchi funksiyasini to-pishga teng kuchlidir deyish mumkin. Masalan, normal taqsimot-ning matematik kutilmasini baholash uchun belgining kuzatila-digan qiymatlarining o'rta arifmetik qiymati bo'ladigan funksiya xizmat qiladi. Shunday qilib, nazariy taqsimot nomalum parametri-ning statistik bahosi deb kuzatiladigan tasodifiy miqdor-larning malum statistik manoda shu parametr haqiqiy qiyma-tiga yaqin funksiyasiga aytiladi. Statistik bahoning baholanayotgan parametr haqiqiy qiy-matiga yaqinligini aniqlaydigan eng muhim xossalari siljima-ganlik, asoslilik va effektivlik xossalaridir. nazariy taqsimotning nomalum parametrining sta-tistik bahosi bo'lsin. Bosh to'plamdan ko'p marotalab hajmli tanlanmalar olib, umuman olganda, bir-biridan farq qiluvchi , , , baholarni olish mumkin. Shunday qilib, bahoni tasodifiy miqdor sifatida, , , , sonlarni esa uning mumkin bo'lgan qiymatlari sifatida qarash mumkin. Agar baho ning taqribiy qiymatini ortig'i bilan ber-sa, u holda tanlanmadagi ma'lumotlar bo'yicha topilgan har bir () son ning haqiqiy qiymatidan katta bo'ladi. Bu holda tasodifiy miqdorning matematik kutilmasi (o'rtacha qiymati) ham dan katta, yani bo'lishi ravshan. Agar bahoni kami bilan bersa, u holda bo'lishi muqarrar. Bu yerdan matematik kutilmasi baholanayotgan parametrga teng bo'lmagan statistik bahodan foydalanish o'lchashlar natija-larini tayinli bitta tomonga buzib ko'rsatuvchi tasodifiy bo'l-magan xatolar bo'lmish tizimli xatolarga olib kelishi ko'rinib turibdi. Shu sababga ko'ra, baho matematik kutilmasining ba-holanayotgan parametrga tengligi ning bazi qiymatlari dan katta, boshqalari esa kichik ekanligi tufayli xatolarni yo'-qotmasa ham, lekin tizimli xatolarga yo'l qo'yilmasligini kafo-latlaydi, chunki har xil ishorali xatolar deyarli teng miqdorda uchraydi. Agar statistik bahoning matematik kutilmasi baholana-yotgan parametrga ixtiyoriy hajmdagi tanlanmada teng, yani (12.1) bo'lsa, bunday baho siljimagan baho deb ataladi. Siljigan baho deb matematik kutilmasi baholanayotgan pa-rametrga teng bo'lmagan bahoga aytiladi. Biroq ...

Joylangan
04 May 2024 | 08:01:46
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
64.31 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 14:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 08:01 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
64.31 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 14:14 ]
Arxiv ichida: doc