Statistik to'plam. Varianta. Bosh va tanlanma to'plam. Variantlarni guruppalash Reja: 1. Statistik to'plam. Variantalar. 2. Bosh va tanlanma to'plam. Tanlanma turlari. 3. Variantalarni guruhlash. Variatsion qator. 4. Sifat va son bo'yicha variatsiyada berilganlarni guruhlash 5. Yig'ilgan va nisbiy chastotalar. 1.Statistik to'plam. Variantlar. Biologiyada tadqiqotchi,asosan, sifat tarkibi bir jinsli bo'lgan to'plam bilan ish ko'radi. Jonli organizmning rivojlanishi juda ko'p va deyarli turlicha bo'lgan ichki va tashqi sharoitlar bilan beligilanadi; biror ikkita individ uchun bu shart-sharoitlar bir xil bo'lmaydi. Shu sababli individlarning son yoki sifat belgilari o'rganilayotganda bir emas, balki bir qator qiymatlar hosil bo'ladi. Misol. 1-jadvalda M. Ulug'bek nomidagi Milliy universiteti darvinizm va genetika kafedrasining tajriba stansiyasida malum nav g'o'za ustida o'tkazilgan 10 ta tajribada olingan hosil (harbir g'o'zada g hisobida) keltirilgan. 1-jadval Bu misolda tajribadan tajribaga o'tganda turli qiymatga ega bo'lgan miqdorni ko'ramiz. Agar har bir tajribaning barcha shart-sharoitlari bir xil bo'lganda bu miqdor o'zgarmasligi kerak edi. Haqiqatda esa tajriba sharoitlarining bir-biriga mumkin qadar o'xshashligi saqlangan bo'lsa ham, tekshirilayotgan miqdorga ta'sir etuvchi turli tasodifiy faktorlar natijasida hosil tajribadan tajribaga o'tkanda o'zgaradi. Sifat tarkibi nisbatan bir jinsli bo'lib, bir belgiga tegishli bo'lgan o'zgaruvchi qiymatlar to'plami statistik to'plam deyiladi. Statistik to'plamining har bir elementi varianta deyiladi. To'plamdagi variantlar soni esa to'plamning hajmi deyiladi. Masalan,1-jadvaldagi to'plamning hajmi 10 ga teng. Odatda, variantlar X1,X2, , Xn harflar bilan belgilanadi: bu yerda variantdagi K indeks variantning tartib nomeri (raqami)ni bildiradi. Ko'p tasodifiy sababalar ta'sirida o'zgarib, turli qiymatlar qabul qilishi mumkin bo'lgan X miqdor tasodifiy miqdor deb ataladi. Variantlar X tasodifiy miqdorning son qiymatlaridan iboratdir. Belgilar ikki xil-sifat va son belgilariga ajraladi. Bir-birdan sifati bilan farq qiladigan variantlar sifat variantlari deyiladi. Masalan, uy hayvonlari to'plamini tusi bo'yicha xarakterlayotgan bo'lsak, u vaqtda har bir varianta oldindan qabul qilingan: qora, malla, qora-chipor, qora-malla va xo kazo tuslarga mos sifat xarakteristikasini qabul qilishi kerak. Variantlar orasidagi farq son bilan ham ifodalanishi mumkin. Masalan, urug'ning og'irligi, sutdagi yog' miqdori-foyizi, bug'doy donlari uzunligi, bog'dagi daraxtlar soni va boshqalar son variantlarga misol bo'ladi. Son variantlar ikki xil-diskret (uzlukli) va uzliksiz bo'ladi. Disket holda variantlar orasidagi farq butun sonlar bilan ifodalanadi. Masalan, bog'dagi daraxtlar soni, guldagi barglar soni, turli hayvonlar umurtqa pog'onalari soni va xo kazo. Uzluksiz holda variantlar orasidagi farq istalgancha kichik songa teng bo'lishi mumkin. Masalan, 1-jadvalda berilgan har bir g'o'zadan olingan paxta hosili uzliksiz variantga misol bo'ladi. 2. Bosh va tanlanma to'plam. Tanlanma turilari. Aytaylik, paxtazordagi hali ochilmagan ko'saklarning o'rtacha og'irligini aniqlash kerak bo'lsin. Talab etilgan o'rtacha og'irligini bilash uchun ...

Joylangan
04 May 2024 | 08:01:46
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.92 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 14:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 08:01 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.92 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 14:15 ]
Arxiv ichida: doc