to'plamosti. to'plamlar ustida amallar va ularning xossalari Reja: to'plamlar haqida tushunchalar. Kism to'plam (to'plamosti). to'plamlar ustida amallar va ularning xossalari. Matematikada eng muhim tushunchalardan biri to'plam tushunchasidir. Bu tushunchaga birinchi marta nemis matematigi Georg Kantor (1845-1918) asos soldi. to'plamga ta'rif berib bulmaydi, uni bazi bir narsalar,buyumlar, obyektlarning majmui deb karaladi. to'plamni lotin yoki grek alifbosining bosh xarflari orqali belgilanadi. ta'rif. to'plamni tashkil etuvchi obyektlar shu to'plamning elementlari deyiladi. to'plamning elementlari lotin yoki grek alifbosining kichik xarflari orqali belgilanadi. Elementlari a,v,s, bo'lgan A to'plamni A=a,v,s, ko'rinishda yoziladi. ta'rif. Elementlari soni chekli bo'lgan to'plamni chekli to'plam, elementlarining soni cheksiz ko'p bo'lgan to'plamni cheksiz to'plam deyiladi. Masalan, A=0,B=0,1,C=1,2,,n- to'plamlar chekli, N=1,2,,n, to'plam cheksiz to'plam bo'ladi. Bazi to'plamlarni o'z elementlari orqali yozish mumkin emas. Bunday vaqtda u to'plamlar o'z elementlarining xarakteristik xossalari orqali beriladi. Agar A to'plamning barcha elementlari biror R xossaga ega bulsa, u holda A to'plamni A=xR(x) ko'rinishda yoziladi. Masalan, x2+2x-3=0 tenglamaning ildizlari to'plami A=xx2+2x-3=0, barcha ratsional sonlar to'plami esa Q= p va q0 ixtiyoriy butun son ko'rinishda yoziladi. Agar a element A to'plamga tegishli bulsa, u holda uni aA, agar a element A to'plamga tegishli bulmasa, u holda uni aA yoki aA ko'rinishlarda belgilanadi. Masalan, 1N,0N bo'ladi. ta'rif. Agar A to'plamning ixtiyoriy elementi B to'plamda mavjud bulsa va aksincha, V to'plamning ixtiyoriy elementi A to'plamda mavjud bulsa, u holda A va V to'plamlarni teng deyiladi va uni A=V ko'rinishda belgilanadi. Masalan, A=xx2+2x-3=0 va B=1,-3 to'plamlar teng, yani A=V bo'ladi. ta'rif. Agar V to'plamning ixtiyoriy elementi A to'plamda mavjud bulsa, u holda V to'plam A to'plamning kism to'plami (to'plam osti) deyiladi va uni VA belgilanadi. belgi saqlanish belgisi deyiladi. Masalan, N =1,2,,n,- barcha natural sonlar to'plami Z=,-n,,-2,-1,0,1,2,,n,- barcha butun sonlar to'plamining to'plamostisi bo'ladi. ta'rif. V to'plamning barcha elementlari A to'plamda mavjud bo'lib, A da yana V ga tegishli bo'lmagan elementlar xam mavjud bulsa, u holda V to'plam A to'plamning xos kism to'plami (xos to'plamosti) deyiladi va uni VA orqali belgilanadi. Masalan, N Z bo'ladi. ta'rif. Bitta xam elementga ega bo'lmagan to'plam bush to'plam deyiladi va uni yoki ko'rinishda belgilanadi. Masalan, x2 +4=0 tenglamaning haqiqiy yechimlari to'plami bush to'plam bo'ladi. ta'rif. A to'plamning o'zi va to'plam shu A to'plamning xosmas kism to'plami deyiladi. to'plam xar qanday to'plamning to'plamostisi bo'ladi. Istalgan n ta elementli to'plamning barcha kism to'plamlari soni 2n ga teng (Bu mulohazaning isboti [1] da keltirilgan). to'plamlar ustida birlashma, kesishma, ayirma amallari mavjud. ta'rif. A va V to'plamlarning birlashmasi deb ...

Joylangan
04 May 2024 | 08:01:46
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.35 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 14:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 08:01 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.35 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 14:25 ]
Arxiv ichida: doc