Akademik litseylarda talabalarnichg matematikani o'zlashtirish xususiyatlarini o'rganish

Akademik litseylarda talabalarnichg matematikani o'zlashtirish xususiyatlarini o'rganish

O'quvchilarga / Matematika
Akademik litseylarda talabalarnichg matematikani o'zlashtirish xususiyatlarini o'rganish - rasmi

Material tavsifi

Akademik litseylarda talabalarnichg matematikani o'zlashtirish xususiyatlarini o'rganish haqida Bugungi kunda ta'lim sohasini tubdan isloh qilish uchun yaratilgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning II bosqichida ko'zda tutilgan vazifalarni hal etish jadal suratlar bilan olib borilmokda. Bu boradagi eng asosiy vazifalardan biri ta'lim-tarbiya va o'quv jarayonining eng muhim bo'g'ini bo'lgan nazariy va amaliy mashg'ulotlarni yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida samarali va yuqori saviyada tashkil etish orqali ta'lim sohasida, shu jumladan, o'quvchining fanlar bo'yicha bilim asoslarini o'zlashtirishida ijobiy yutuqlarga erishishdir. Malumki, ta'limning uzluksizligi, uzviyligi, izchilligi masalasi ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplaridan ekanligi «ta'lim to'g'risida»gi Qonunda alohida takidlangan. Bu esa boshqa fanlar qatorida matematika fanini o'qitishni yanada takomillashtirishni taqozo qilmoqda. O'qitishdagi uzluksizlik va uzviylik ta'lim mazmunini ifodalovchi o'quv rejalar, dasturlarda o'quv materiallarining bir-biri bilan mantiqiy bog'liq bo'lishini, oldin o'zlashtirilgan bilimlarga tayangan holda keyingilarini o'zlashtirishga tayyorlashni, o'quvchilarda ta'limning har bir bosqichida malum darajada bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishni talab etadi. O'quv dasturidagi uzviylikni ta'minlash uchun fan mazmunini, o'qitish ketma-ketligini, izchilligini, yani har bir bosqichda bitta mavzuni murakkablashtirib, rivojlantirib borish ketma-ketligini aniqlab olish lozim. Hozirgi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida har bir fanning umumiy tasavvurlari, boshlang'ich tushunchalar va hodisalar o'rgatilib, o'rta maxsus ta'limda har bir fanning asosiy vazifalari, bosqichlari hamda fundamental bilimlari berilsa, asosiy vazifalar, bosqichlar hamda fundamental bilimlar oliy ta'limda chuqurlashtirib rivojlantiriladi. Bu vazifaning muvaffaqiyatli yechimi esa barcha ta'lim muassasalarida, shu jumladan, akademik litseylarda o'quv jarayonini tahsil oluvchilarning boshqariladigan va boshqarilmaydigan, subyektiv va obyektiv omillarga nisbatan paydo bo'ladigan munosabatlarini inobatga olgan holda optimal tashkil etishni taqozo etadi. Chunki, yangicha ma'naviy mafkuraga ega bo'lgan dunyoni yangicha ko'z bilan tasavvur eta oladigan, yangicha fikrlaydigan, hisob-kitobli, maqsad qo'yishda adashmaydigan avlodni voyaga yetkazish barcha ta'lim muassasalari kabi akademik litseylar oldiga ham katta vazifalar qo'ymoqda. Bugungi kunda matematika jamiyat taraqqiyoti rivojini belgilaydigan omillardan biriga aylanib qoldi. Matematik madaniyat nafaqat ilmiy-tadqiqot olib boruvchilarga, balki jamiyat taraqqiyoti rivojiga o'z hissasini ko'shayotgan barcha fidoiy insonlarga zarur bo'lmokda. Chunki, har qanday og'ir va murakkab sharoitda to'g'ri qarorga kelish, masalani to'liq va to'g'ri hal etish uchun matematik madaniyat zarur. Shu boisdan ham matematikani o'rganish, uni eng qiziqarli va dolzarb fanlar qatoriga qo'shish barcha ta'lim muassasalari oldidagi dolzarb muammolardan biridir. Lekin, barcha ta'lim muassasalarida, shu jumladan, akademik litseylarda bu muammoni hal qilishdagi ijobiy yutuqlar etarli emas. Akademik litseylarda ijtimoiy-gumanitar fanlar va tabiiy (ximiya, biologiya, fizika) fanlar yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar bir qismining matematikaga kiziqishi sust ekanligi kun yillik kuzatuvlar davomida aniqlandi. Bir guruhda 25-30 ta talaba tahsil olsa, ularning ko'pi bilan 7-8 tasi alo, 9-10 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.19 KB
Ko'rishlar soni 125 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 12:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.19 KB
Ko'rishlar soni 125 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga