Algoritm tushunchasi. Algoritm xossalari, turlari Reja: 1. Algoritm va uning xossalari 2. Algoritm turlari. 3. Blok-sxema tushunchasi, uning elementlari. Algoritm hozirgi zamon matematikasining eng keng tushunchalaridan biridir. Algoritm (algorifm) so'zi o'rta asrlarda paydo bo'lib, buyuk o'zbek mutafakkiri Al-Xorazmiyning (783-855) ishlari bilan evropaliklarning birinchi bor tanishishi bilan bog'liqdir. Bu ishlar ularda juda chuqur taassurot koldirib, algoritm (algorithmi) so'zining kelib chiqishiga sabab buldiki, u Al-Xorazmiy ismining lotincha aytilishidir. U paytlarda bu so'z arablarda qo'llaniladigan unlik sanoq sistemasi va bu sanoq sistemasida hisoblash usulini bildirar edi. Shuni takidlash lozimki, evropaliklar tomonidan arab sanoq sistemasining Al-Xorazmiy ishlari orqali uzlashtirishga keyinchalik hisoblash usullarining rivojlanishiga katta turtki bo'lgan. Dastlab algoritm deyilganda unlik sanoq sistemasidagi sonlar ustida turli arifmetik amallar bajarish qoidalari tushunib kelgan. Algoritm deganda-biror maqsadga erishishga yoki qandaydir masalani yechishga qaratilgan ko'rsatmalarning (buyruklarning) aniq, tushunarli, chekli hamda tulik tizimi tushuniladi. hozirgi zamon nuqtai nazaridan algoritm tushunchasi nimani ifodalaydi? Malumki, inson kundalik turmushida turli-tuman ishlarni bajaradi. Xar bir ishni bajarishda esa bir kancha elementar (mayda) ishlarni ketma-ket amalga oshirishga to'g'ri keladi. Mana shu ketma-ketlikning o'zi bajariladigan ishning algoritmidir. Ammo bu ketma-ketlikka etibor bersak, biz ijro etayotgan elementar ishlar malum qoida bo'yicha bajarilishi kerak bo'lgan ketma-ketlikda iborat ekanligi kuramiz. Agar biz bu ketma-ketlikdagi qoidani buzsak, maqsadga erishmasligimiz mumkin. Masalan shaxmat o'yinini boshlashda shoxni yura olmaymiz, chunki bu o'yin algoritmida yurishni boshqa bir shaxmat donalaridan boshlash kerak yoki palov pishirish algoritmida birinchi navbatda kozonga suv solib kuringchi osh qanday bular ekan. Berilgan matematik ifodani soddalashtirishda amallarning ketma-ketligiga etibor bermaslik noto'g'ri natijaga olib kelishi barchaga malum. Demak, ishni yani qo'yilgan masalani bajarishga mayda elementar ishlarni malum ketma-ketlikda ijro etish orqali erishiladi. Bundan kurinib turibdiki, xar bir ish qandaydir algoritmning bajarilishidan iboratdir. Algoritmni bajaruvchi algoritm ijrochisidir. Algoritmning ijrochisi masalaning qanday kuyilishiga etibor bermay, natijaga erishishi mumkin. Buning uchun u fakat avvaldan malum qoida va ko'rsatmalarni katiy bajarishi shart. Bu esa algoritmning juda muhim xususiyatlaridan biridir. Umuman algoritmlarni ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh algoritmlarining ijrochisi fakat inson bo'lishi mumkin (masalan,palovni fakat inson pishira oladi), ikkinchi guruh algoritmlarining ijrochisi xam inson, xam EXM bo'lishi mumkin (fakat aqliy mehnat bilan bog'liq bo'lgan masalalar). Ikkinchi guruh algoritmlarining ijrochisini EXM zimmasiga yuklash mumkin. Buning uchun algoritmni biror EXM tushunadigan biror dasturlash tilida yozib, uni mashina xotirasiga kiritish kifoya. Shunday qilib biz algoritm deganda, berilgan masalani yechish uchun malum tartib bilan bajarilishi kerak bo'lgan chekli sondagi buyruklar ketma-ketligini tushunamiz. Biror masalani kompyuterda yechishda eng muhim va mas'uliyatli ishlardan biri masalani yechish algoritmini yaratish bo'lib, bu ...

Joylangan
04 May 2024 | 08:05:39
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.03 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 12:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 08:05 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.03 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 12:09 ]
Arxiv ichida: doc