Dasturlash tillari va klassifikatsiyasi Reja: 1. Dasturlash tillarining sinflari. 2. Beysik dasturlash tili. 3. Beysik tilining buyruklari. Algoritmlarni ifodalash uchun dasturlash tillari deb ataluvchi sun'iy tillar kullaniladi. Buning uchun ishlab chiqilgan algoritm shu tillar yordamida bir manoli va EXM tushina oladigan ko'rinishda tavsiflanishi zarur. Zamonaviy dasturlash tillari EXM ning ichki mashina tilidan keskin farq qiladi va EXM bevosita ana shu tilda ishlay olmaydi.Buning uchun dasturlash tilidan mashina tushunadigan tilga tarjima qiluvchi maxsus dastur translyatordan foydalaniladi. Dasturni translyatsiya qilish va bajarish jarayonlari vaqtlarga ajraladi. Avval barcha dastur translyatsiya kilinib, sungra bajarish uslubida ishlaydigan translyatorlar kompilyatorlar deb ataladi. Dastlabki tilning xar bir operatorini uzgartirish va bajarishni ketma-ket amalga oshiriladigan translyatorlar interpretatorlar deb ataladi. Dasturlashning ixtiyoriy tili belgilar majmuini va algoritmlarni yozish uchun ushbu belgilarni qo'llash qoidalarini o'z ichiga oladi. Dasturlash tillari bir-biridan alifbosi, sintaksisi va semantikasi bilan ajralib turadi. Alifbo-tilda qo'llaniladigan kuplab turli ramziy belgilar (xarflar, rakamlar maxsus belgilar)dir. Tilning sintaksisi jumlalar tuzishda belgilarning bog'lanish qoidalarini belgilaydi, semantikasi esa ushbu jumlalarning mazmuniy izoxini belgilaydi. hozirgi kunda dasturlash tillarining u yoki bu belgisi bo'yicha sinflash mumkin. Belgiga karab, dasturlash tillari mashinaga bog'liq va mashiniga bog'liq bo'lmagan tillarga bulinadi. Mashinaga bog'liq tillar, o'z navbatida, mashina tillari va mashinaga murjallangan tillarga ajratiladi. Dasturlash tilining mashina tiliga yaqinligi darajasini ta'riflash uchun til darajasi tushunchasi kullaniladi. Mashina tili 0-daraja deb kabul qilingan bo'lib, sanoq boshi hisoblanadi. Odamning tili eng yuqori darajadagi til deb karaladi. Mashinaga bog'liq bo'lmagan tillar xam 2 turga bulinadi: protseduraga mo'ljallangan tillar 2. muammoga mo'ljallangan tillar. Protseduraga mo'ljallangan tillar turli masalalarni yechish algoritmlarini (protseduralarni) tavsiflashga mo'ljallangan, shuning uchun ular kupincha oddiy qilib algoritmik tillar deb ataladi. Ushbu tillar echilayotgan masalalar xususiyatlarini tula hisobga oladi va EXMning turiga deyarli bog'liq emas. Bu xildagi tillar tarkibi mashina tiliga karaganda tabiiy tilga, masalan, ingliz tiliga yaqinrok. hozirgi kunda hisoblash, muhandis-texnik, iqtisodiy, matnli va sonli axborotlarni tahlil qilishva boshqa masalalarni yechish tillari malum. Masalan, FORTRAN tili 1954 yilda ishlab chiqilgan bo'lib, FORmula TRANslator-formulalar translyatori degan manoni anglatadi va ilmiy hamda muhandis-texnik masalalarni hisoblashlarda ishlatiladi. ALGOL tili 1960 yili yaratilgan bo'lib, ALGOritmic Langauge algoritmik til degan manoni anglatadi va ilmiy-texnik masalalarni hisoblashlarda ishlatiladi. KOBOL tili 1959 yilda yaratilgan bo'lib, u savdo-sotik masalalariga mo'ljallangan tildir. Korxona va tarmoqning moddiy boyligini, moliyasini, ishlab chiqilgan mahsulotini hisobga olish bilan bog'liq iqtisodiy masalalarni yechish uchun ishlatiladi. PASKAL tili 1971 yilda elon qilingan bo'lib, fransuz olimi Blez Paskal nomi bilan atalgan. U turli xildagi masalalar yechimini olishda tartiblangan dasturlar tuzishda ishlatiladi. BYeYSIK-boshlovchilar uchun ko'p ...

Joylangan
04 May 2024 | 08:05:39
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.7 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 12:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 08:05 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.7 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 12:43 ]
Arxiv ichida: doc