Davlat talablari asosida umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi matematika darslarida olimlar ilmiy merosidan foydalanish Reja: 1. O'rta Osiyolik qomusiy olimlarning tug'ilgan sanalari haqida. 2. 5-11 sinflarda matematika, algebra va geometriya fanlari bo'yicha olimlar merosidan foydalanish. Barcha fanlardan malaka oshirish kursi tinglovchilariga qo'yilgan davlat talablari kabi, matematika fani o'g'ituvchilarining ham malaka oshirish kursi tinglovchilariga qator davlat talablari qo'yilgan. biz malaka oshirish kursi davomida mazkur talablarning bajarilishini, tub mohiyatini tinglovchilarga etkazishimiz kerak. Malaka oshirish kursiga qo'yilgan davlat talablarini asosan ikki guruhga: a) umumiy talab b) ixtisos metodikasiga oid talablarga ajratish mumkin. Ixtisos metodichasiga oid talablardan biri «Maktab matematika kursida O'rta Osiyolik qomusiy olimlar ilmiy merosidan foydalanish» ni tasavvur etishdir. Bu talabni bajarish orqali o'tmishda qanday mashhur olimlar bo'lgani, ularning ishlari bilan tanishib olamiz. Vatanimizning tarixi bilan tanishamiz, o'tmish odatlarimiz orasida dunyoga mashhur olimlar bo'lganligi bilan faxrlanamiz. O'quvchilarga ular haqida ma'lumot, qilgan ishlaridan namuna keltirish uchun olimlar ishini tahlil qilib tushuchalarini sinflarga, mavzularga ajratamiz va foydalanish, o'rganish haqida ma'lumot to'playmiz. Quyida bajarilgan ishlar haqida tushuncha va ma'lumotlarni keltirmoqchimiz. mustaqil O'zbekistonimizda umumiy o'rta ta'lim maktablarida matematika darslarini o'qitish orqali ularga fakat hisoblash, matematik tushunchalarni berish bilan chegaralanib kolmay balki, ularga o'z vatanini xurmat qilish, o'tmishda yashagan mashxur ajdodlarimizning matematika sohasiga qo'shgan xissalarini tushintirish, ma'lumotlar berish orqali kelajakka bo'lgan kizikishlarini orttirishdan iboratdir. Kupchilikka malumki, o'rta Osiyoda juda ko'p mashxur kishilar yashab utganlar. Ulardan talayginalari boshqa sohalar kabi matematika fanini rivojiga ulkan xissa qo'shganlardan hisoblanishadi. Biz o'quvchilarga Ona-Vatanimizning tarixi juda kadimiy ekanligini, bundan ko'p asrlar oldin Vatanimizda fan va madaniyat katta taraqqiyotga ega bo'lganligini, ayniqsa, VII asrdan XV asrgacha o'rta Osiyo matematiklari usha davr matematikasining xamma sohalarida juda ko'p yutuklarga erishganliklarini aytib utishimiz maqsadga muvofikdir. o'rta Osiyolik olimlardan: Abu Nasr Muhammad ibn Uzlug ibn Tarxon Farobiy (873-950 ) Abdu Abdullox Al-Xorazmiy (783-850) Abul Vafo (940-998) Abu Rayxon Muhammad ibn Axmad Beruniy (973-1048) Abu Ali ibn Sino (980-1037) Umar Xayom (1049-1131) Nasriddin Tusiy (1201-1274) Saloxiddin Muso ibn Kozizoda Rumiy (1360-1447) Giyosiddin Jamshid Koshiy (1385-1457) Ulugbek (1394-1447) Aloviddin ibn Muhammad Ali-Kushchi (1402-1474) kabilar hozirgi zamon hisoblash tizimini kashf etdilar, manfiy va irratsional sonlar bilan ishlash yo'lini, ildiz chiqarish, kator tenglamalarni yechish metodlarini, Nyuton binomining umumiy formulasini topdilar, mana shularni aytib utishimiz foydadan xoli bulmaydi. Biz dars jarayonida yoki fakultativ mashg'ulotda shu mavzuga bog'liq bo'lgan matematik tushunchalarning paydo bo'lishi, funksiyalar va matematik ekskursiyalarida bu olimlar ijodidan foydalanishimiz va matematik gazetalarda ularning hayoti va ijod yo'lini yoritib borishimiz juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Biz matematika o'qitish jarayonida o'quvchilarga notanish bo'lgan matematik ...

Joylangan
04 May 2024 | 08:05:39
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.8 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 12:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 08:05 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.8 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 12:43 ]
Arxiv ichida: doc