Diskret tasodifiy miqdorlar. Taqsimot qonuni. Diskret taqsimotlarning turlari Reja: Tasodifiy miqdor tushunchasi va uning turlari. Diskret tasodifiy miqdorning taqsimot qonuni. Ayrim diskret taqsimotlar. Oldingi mavzularda u yoki bu sonning chiqishidan iborat bo'lgan hodisalar bir necha marta keltirildi. Masalan, shashqol-tosh tashlanganda 1, 2, 3, 4, 5 va 6 sonlari chiqishi mumkin edi. Chiqqan ochkolar sonini oldindan aniqlab bo'lmaydi, chunki u to'-laligicha hisobga olishning imkoni bo'lmagan ko'pgina tasodifiy sabablarga bog'liq. Shu manoda ochkolar soni tasodifiy katta-likdir; 1, 2, 3, 4, 5 va 6 sonlari shu kattalikning mumkin bo'lgan qiymatlaridir. Tasodifiy miqdor deb dastlab malum bo'lmagan, oldindan hisobga olinishi mumkin bo'lmagan tasodifiy sabablarga bog'liq bo'lgan bitta va faqat bitta mumkin bo'lgan qiymatni tajriba na-tijasida qabul qiladigan kattalikka aytiladi. 1-misol. Yuzta chaqaloq ichida o'g'il bolalar soni 0, 1, 2, , 100 qiymatlarni qabul qilishi mumkin bo'lgan tasodifiy miq-dordir. 2-misol. Zambarakdan otilgan snaryadning uchib o'tgan maso-fasi tasodifiy miqdordir. Bu miqdorning mumkin bo'lgan qiy-matlari biror oraliqqa tegishlidir. Tajribalar natijasida elementar hodisalar ro'y bergani uchun tasodifiy miqdor va elementar hodisa tushunchalarini bog'lab, tasodifiy miqdorning boshqa ta'rifini berish mumkin. Tasodifiy miqdor deb elementar hodisalar fazosida aniqlangan () funksiyaga aytiladi. 3-misol. Ikkita tanga tashlanganda chiqqan gerblar soni X 0, 1 va 2 qiymatlarni qabul qilishi mumkin bo'lgan tasodifiy miqdordir. Elementar hodisalar fazosi quyidagi elementar ho-disalardan iborat: , , , . U holda X quyidagi qiymatlarni qabul qiladi: , , , . Tasodifiy miqdorlar bosh lotin harflari, ular-ning mumkin bo'lgan qiymatlari esa mos kichik harflar bilan belgilanadi. Masalan, X tasodifiy miqdor uchta qiymatga ega bo'lishi mumkin bo'lsa, ular orqali belgilanadi. Diskret (uzlukli) tasodifiy miqdor deb ayrim, ajralgan mumkin bo'lgan qiymatlarni malum ehtimolliklar bilan qabul qiluvchi tasodifiy miqdorga aytiladi. Diskret tasodifiy miq-dorning mumkin bo'lgan qiymatlarining soni chekli yoki cheksiz bo'lishi mumkin. Bunga misol sifatida 1-misoldagi tasodifiy miqdorni olish mumkin. Uzluksiz tasodifiy miqdor deb biror chekli yoki cheksiz oraliqdagi barcha qiymatlarni qabul qilishi mumkin bo'lgan ta-sodifiy miqdorga aytiladi. Uzluksiz tasodifiy miqdorning mumkin bo'lgan qiymatlarining soni cheksizdir. Bunday tasodi-fiy miqdorga misol sifatida 2-misoldagi tasodifiy miqdorni olish mumkin. Diskret tasodifiy miqdorning berilishi uchun uning mum-kin bo'lgan qiymatlarini sanab chiqish etarli emas, yana ularning ehtimolliklarini ham ko'rsatish lozim. Ikkinchi tomondan, ko'p masalalarda tasodifiy miqdorlarni elementar hodisalarning funksiyalari sifatida qarashning zarurati yo'q, faqat tasodi-fiy miqdorning mumkin bo'lgan qiymatlarining ehtimollikla-rini, yani tasodifiy miqdorning taqsimot qonunini bilish etarli. Diskret tasodifiy miqdor ehtimolliklarining taqsimot qonuni yoki soddagina taqsimot qonuni deb mumkin bo'lgan qiy-matlar bilan ularning ehtimolliklari orasidagi moslikka ay-tiladi; uni jadval, grafik va formula ko'rinishda berish mum-kin. Ehtimolliklar ...

Joylangan
04 May 2024 | 08:05:39
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.55 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 12:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 08:05 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.55 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 12:50 ]
Arxiv ichida: doc