iqtisodiyotda matematik modellar Reja: Iqtisodiy-matematik model va modellashtirish 2. Modellarni sinflashtirish 3. Modellashtirish bosqichlari 4. Asosiy mavzular 5. Tayanch iboralar, formulalar 6. Savollar 1 Iqtisodiy matematik model va modellashtirish Modellashtirishdan ilmiy-tadqiqot ishlarida ancha ilgari vaqtlardan beri foydalana boshlangan. U texnik konstruksiya, qurilish va arxitektura, astronomiya, fizika, ximiya, biologiya va ijtimoiy fanlarda o'z ifodasini topgan. Angliyalik iqtisodchi Vilyam Petti XVII asrda Siyosiy arifmetika nomli asarida modellashtirish masalalariga to'xtalgan edi. XX asrdagi modellashtirish usullari hozirgi zamon fanlarining hamma sohalariga muvaffaqiyat keltirdi. Model so'zi lotincha bo'lib (modulus), o'lchov, namuna, norma kabi manolarni bildiradi. Model sifatida uyning, shahardagi qurilishlarning, raketaning va hoka'zolarning loyihasi yoki maketini olish mumkin . Modellarni turli xil usullar yordamida hosil qilinadi. Masalan, biror obyektning formasini-predmetli model (maket) shaklida, informatsion aloqalar -informatsion model, matematik formulalar yordamida aniqlangan funksional bog'lanishlar-matematik model shaklida ifodalanadi. Matematik modellar-o'rganilayotgan obyekt yoki jarayonlarning asosiy xossalarini matematik formulalar, tenglamalar va tenglamalar sistemasi, tengsizliklar va tengsizliklar sistemasi orqali ifodasidir. obyekt yoki hodisa modelini hosil qilish va uni model ostida tahlil etish jarayoni modellashtirish deyiladi. Matematik modellarni iqtisodiy qonuniyatlarni o'rganishga tadbiq etishni - iqtisodiy matematik modellashtirish, bu modellarni amaliyotga qo'llashni esa iqtisodiy-matematik usullar deyiladi. Matematik modellar ko'p narsani o'z ichiga olish xususiyatiga ega. Buni quyidagi tenglamalar sistemasi misolida ko'rish mumkin: Bu shartlar nimani ifodalaydi? Turli soha mutaxassislari turli xil izohlaydilar. Masalan, fizikada bu munosabat elektr zanjiridagi aktiv qarshilik, kuchlanish yoki tok kuchi tenglamasini yoki stanokning yuk ortish tenglamasini ifodalaydi. Shuningdek, bu sistema tovarlarni taqsimlash, oziq-ovqat ratsionini hisoblash va boshqa birqancha sohalardagi shartlarni ifodalashi mumkin. Iqtisodiy tadqiqotlarda ham modellashtirish usullari muhim rol uynaydi. 2. Modellarni sinflashtirish Modellashtirish va modellar o'zining turli sohalardagi tadbiqlariga qarab moddiy va abstrakt deb ataluvchi sinflarga bo'linadi. Moddiy modellar asosan o'rganilayotgan obyekt va jarayonni geometrik, fizik, dinamik yoki funksional xarakteristikalarini ifodalaydi. Masalan, obyektning kichiklashtirilgan maketi (masalan, litsey, kollej, universitet) va turli xil fizik, ximik va boshqa xildagi maketlar bunga misol bula oladi. Bu modellar yordamida turli xil texnologik jarayonlarni optimal boshqarish, ularni joylashtirish va foydalanish yo'llari o'rganiladi. Umuman olganda, moddiy modellar tajribaviy xarakterga ega bo'lib, texnika fanlarida keng qo'llaniladi. Ammo moddiy modellashtirishdan iqtisodiy masalalarni yechish uchun foydalanishda malum chegaralanishlar mavjud. Masalan, xalq xo'jaligini biror sohasini o'rganish bilan butun iqtisodiy obyekt haqida xulosa chiqarib bo'lmaydi. Ko'pgina iqtisodiy masalalar uchun esa moddiy modellar yaratish qiyin bo'ladi va ko'p xarajat talab etadi. Abstrakt (ideal) modellar inson tafakkurining mahsuli bo'lib, ular tushunchalar, gipotezalar va turli xil qarashlar sistemasidan iborat. Iqtisodiy tadqiqotlarda, boshqarish sohalarida asosan abstrakt modellashtirishdan foydalaniladi. Ilmiy bilishda abstrakt modellar ...

Joylangan
04 May 2024 | 08:05:39
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.58 KB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 08:05 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.58 KB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:21 ]
Arxiv ichida: doc