Maktab matematika kursida tenglamalar mavzusini o'rganishga multimediya yordamida elektron ishlanma yaratish

Maktab matematika kursida tenglamalar mavzusini o'rganishga multimediya yordamida elektron ishlanma yaratish

O'quvchilarga / Matematika
Maktab matematika kursida tenglamalar mavzusini o'rganishga multimediya yordamida elektron ishlanma yaratish - rasmi

Material tavsifi

Maktablari matematika kursida tenglamalar mavzusini o'rganishga multimediya yordamida elektron ishlanma yaratish Reja: 1. Kirish 2. Masalaning qo'yilishi 3. Asosiy qism a) Tenglama va uning yechimlari mavzusini o'qitish b) Bir noma'lumli tenglamalarni yechish mavzusini o'qitish c) Masalalarni tenglamalar yordamida yechish mavzusini o'qitish 4. Xulosa KIRISH Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida chuqur islohotlar amalga oshirildi, shu qatori ta'lim sohasida ham islohatlor amalga oshirilda. Ta'lim sohasidagi o'zgarishlar asosini O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida yaqqol ko'rishimiz mumkin. Zero, O'zbekistonni buyuk davlat qilishdek orzu-istaklarni hayotga tadbiq etishda yosh avlod tarbiyasi orqali barcha tizimni rivojlantirish zarur, bu esa tizimning hamma yo'nalishlarini qamrab olgan xalq ta'limining islohoti orqali amalga oshiriladi. O'qituvchi kadrlar tayyorlashning sifatini oshirish bilan umumta'lim maktablaridagi ta'lim-tarbiya ishlarining sifati yana ham oshishi hech kimga sir emas. Ma'lumki, hozir o'rta maktablar yangi o'quv reja va dastur asosida ishlashga to'la o'tdi. Bular asosida yaratilayotgan yangi darsliklarda yangi termin, atamalar ko'zga tashlanmoqda. Hozirgi kunda esa ko'proq axborot asri to'g'risida gapirilmoqda. Axborot texnologiyasi, Yangi axborot texnologiyasi kabi tushunchalar paydo bo'lmoqda. Shuningdek, multimediya, elektron darslik tushunchalari ham shular jumlasidandir. Mamlakatimizda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining birinchi bosqichi sarhisob qilinib, ikkinchi sifat bosqichiga o'tildi. O'tilgan davr mobaynida yaratilgan ma'muriy-huquqiy hujjatlar fanlar bo'yicha o'quv adabiyotlarini yaratishga asos bo'lib, o'quv jarayonining sifatini oshirishga xizmat qiladi. O'quv adabiyotlarining yangi avlodlarini yaratish, ularni tayyorlash bo'yicha ilmiy-uslubiy, tashkiliy, iqtisodiy masalalarni hal etish uzluksiz ta'lim tizimida Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ikkinchi bosqichida ko'zda tutilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan bir qator tadbirlar ishlab chiqishni taqozo qiladi. Ana shunday muhim tadbirlardan biri multimediya muhitida fanlar bo'yisha elektron darsliklar yaratishdir. Elektron darslik zamonaviy o'quv jarayonining eng asosiy elementi bo'lib, u o'quv fani yoki uning ma'lum bir bo'limini mustaqil o'rganishni ta'minlovchi va odatdagi darslik, ma'lumotnoma, mashqlar to'plami, laboratoriya ishi xususiyatlarini birlashtiruvchi dasturiy-uslubiy majmuadir. Elektron darslik an'anaviy darsliklarning alternativ(muqobil) varianti bo'lmasdan, balki uning to'ldiruvchisi bo'lib, ularda an'anaviy darsliklarning barcha afzalliklari saqlanib qolishi bilan bir qatorda, multimediya muhitidan foydalanib o'qishni o'rgatish yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish demakdir. A.Qodiriy nomli Jizzax Davlat Pedagogika Instituti Multimediya va masofaviy ta'lim markazida ham matematika va informatika fanlari bo'yicha elektron darsliklar yaratish borasida ham muayyan tajribalar to'planmoqda va ushbu ma'ruzada umumta'lim maktablari matematika kursining Funksiyalar mavzusini multimediya muhitidan foydalanib o'qitishni o'rgatish, ya'ni 7-sinf Algebra kursining Bir noma'lumli tenglamalar bobi bo'yicha elektron darslik yaratish tajribasi haqida fikr yuritiladi. Elektron darslik loyihalash va ilmiy ishlab chiqarishda ma'lumotlarni tasvirlanishini chegirmali texnologiyasiga asoslangan maxsus uskunaviy vositalardan foydalanishdir. Bu texnologiya darslikning o'zida faqat matnli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.25 MB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 13:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.25 MB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga