Mehnat muxofazasi predmetining vazifasi

Mehnat muxofazasi predmetining vazifasi

O'quvchilarga / Matematika
Mehnat muxofazasi predmetining vazifasi - rasmi

Material tavsifi

Umumiy ma'lumotlar va ta'riflar RYeJA: mehnat muhofazasi predmetining vazifasi. Xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi. Yongin xafvsizligi. O'zbekiston Respublikasida mehnat xavfsizligi standartlari. Talabalarni mehnat muhofazasi to'g'risida umumiy tushunchalar va ta'riflar bilan hamda O'zbekiston Respublikasi mehnat qonunlari bo'yicha ma'lumotlar berish. mehnat muhofazasi-mehnat jarayonida insonning xavfsizlik sogligi va ish qobiliyatini saklab qolishni ta'minlaydigan qonunlar akti va ularga tegishli sotsial-iqtisodiy, texnikaviy va tashkiliy tadbirlar majmuidir. Xavfsizlik texnikasi-xavfli ishlab chiqarish omillarning, yani xavfsizlik qoidalari buzilgandagi baxtsiz hodisalar, shikastlanishlarni keltirib chikaradigan omillarning insonga ta'sir etishning oldini oladigan tashkiliy va texnikaviy tadbirlar majmuidir. Ishlab chiqarish sanitariyasi-zararli ishlab chiqarish omillarning, yani kasalliklar keltirib chikaradigan omillarning ishlovchiga ta'sirining oldini oladigan tashkiliy, gigiyenik va sanitariya-texnikaviy tadbirlar va vositalar mavjud. mehnat muhofazasi bilan yongin xavfsizligi va yashindan himoya qilish chambarchas bog'liqdir. Chunki yonginlar va yashinlar moddiy boyliklarga zarar keltiradi, hamda kishilar hayotiga xavf tugdiradi. O'zbekiston Respublikasida eng muhim sotsial va siyosiy muammo bulmish odamlarning turmush faoliyatini yaxshilash sohasida mehnatda chuqur o'zgarishlarni amalga oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va engillashtirish kabi masalalar ustida katta ishlar olib borilmokda. Respublikada ta'lim to'g'risidagi qonunni amalga oshirishda yangidan-yangi kasb-hunar kollejlari ishga tushirilayotir. Ular eng zamonaviy texnik jihozlar va uskunalar bilan jihozlangan. Ularda Respublikamiz uchun yetuk yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi. Ularda ta'lim olayotgan talaba va o'quvchilar o'quv ustaxonalarida va mexanik ustaxonalarda mehnat muhofazasi qonunlarni yaxshi o'rganishlari va ishlab chiqarish amaliyotlarida shikastlanishlarini oldini olish ushbu predmetning asosiy maqsadlardan biridir. Shu sababli o'qish jarayonida hamda ishlab chiqarish amaliyotlarida o'quvchilarni texnika xavfsizligi qoidalri, instruksiyalari, ishlab chiqarish sanitariyasi, yongin xavfsizligi, yashindan saqlanish qoidalari bilan hamda ish uchastkalarida mehnatni to'g'ri tashkil qilishlar bilan tanishtirish lozim. Yongin xavfsizligi deb obyektning shunday holatiga aytiladiki, bunda yonginning kelib chiqishiga yul kuymaydi, yongin paydo bo'lgan taqdirda zararli omillarni kishilarga ta'sir qilishi yul kuyilmaydi hamda moddiy boyliklar saqlanib koladi. Respublikada mehnat xavfsizligi standartlari sistemasi ishlab chiqilgan bo'lib, ularda insonning mehnat jarayonida sogligini saqlash , xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, turli kasalliklardan saqlash kabi qonun qoidalar norma talablari bo'yicha hujjatlar keltirilgan. Respublikamizda mehnat muhofazasi masalallari davlat organlari nazoratidadir. O'zbekiston Respublikasining mehnat qonunlari kodeksi 1971 yil 17 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashida kabul qilingan bo'lib, 1994 yil 1 martgacha bo'lgan uzgirishlar va kushimchalarni hisobga olgan holda nashrda chop etilgan. Bu mehnat kodeksi bozor iqtisodiyoti sharoitlarini hisobga olgan holda mulkchilikning kaysi shaklidagi korxonalarda bo'lishiga qaramay ishchi va xodimlarning mehnatga doir huquqlarini himoya qilishni, ularning mehnatga doir munosabatlarini tartibga soladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.1 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 13:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.1 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga