Obyektga yo'naltirilgan programmalash (OYP). Obyektlarni aniqlash

Obyektga yo'naltirilgan programmalash (OYP). Obyektlarni aniqlash

O'quvchilarga / Matematika
Obyektga yo'naltirilgan programmalash (OYP). Obyektlarni aniqlash - rasmi

Material tavsifi

obyektga yo'naltirilgan programmalash (OYP). obyektlarni aniqlash Reja: obyektga yo'naltirilgan programmalash (OYP). obyektlarni aniqlash. OYP asosida bitta struktura (tuzilishda) da ma'lumotlarni va ular ustida bajariladigan amallarni birlashtirish g'oyasi yotadi. OYP uchta asosiy tushunchaga tayanadi: inkapsulyatsiya, vorislik va polimorfizm. Inkapsulatsiya - ma'lumotlar va shu ma'lumotlar bilan ishlaydigan protsedura va funksiyalar aralashmasini hosil qilishdir. Natijada ma'lumotlarning yangi turi-obyekt hosil bo'ladi. Vorislik-aniqlangan obyektlardan foydalangan holda ulardan kelib chiquvchi obyektlar iyerarxiyasini hosil qilish. Har bir «voris» o'z «ajdodi» dagi ma'lumotlar tavsifi va ulrni qayta ishlovchi usullar (metodlar) ni o'zlashtiradi. Polimorfizm-vorislik iyerarxiyasidagi barcha obyektlarga bir vaqtda qo'llanadigan, bir xil nomdagi amallarni (protsedura va funksiyalar) aniqlash imkoniyatidir. Bunda har bir obyekt bu amalni o'z ustida bajarilishida o'ziga xosliklarini buyurtma berishi mumkin. OYP murakkab programmalarni yozishni soddalashtiradi va bu jarayonga ixchamlik xususiyatini beradi. OYP ning asosiy afzalligi shundaki programma qo'llash sohasini o'zgartirishga dastruni o'zgartirmasdan, faqat obyektlar iyerarxiyasiga yangi o'zgartirishlar (satxlar qo'shish) orqali erishish mumkin. obyektlarni aniqlash. obyekt-tarkibida o'zaro bog'langan har xil turdagi o'zgaruvchilar (ma'lumotlar maydoni) va ularni qayta ishlaydigan protsedura va funksiyalardan (metodlar) tashkil topgan tuzilmadir. obyekt turini aniqlash uchun Object maxsus so'z aniqlangan va u quyidagicha e'lon qilinadi. Type Object ; ; End; bilan aniqlangan har bir o'zgaruvchi shu tur nusxasi (namunasi) deyiladi. Misol. Belgi va matn ma'lumotlar bilan ishlaydigan obyekt. Type ObjPos Object Line, Col : Word; Procedure Init (InitLine,InitCol : Word); Function GetLine: Word; Line qiymatini qabul qilish Function GetCol: Word; Col qiymatini qabul qilish Procedure Print; End; Procedure ObjPos.Init(InitLine, InitCol : Word); Begin Line : InitLine; Col : InitCol; End; Function ObjPos.GetLine : Word; Begin GetLine : Line End; Function ObjPos.GetCol : Word; Begin GetCol : Col End; Procedure ObjPos.Print; Begin Write(#7); End; Var ObjPosVar : ObjPos; obyekt nusxasini e'lon qilish Begin ObjPosVar.Init(5,15); obyekt uchun boshlang'ich qiymatlar berish End; obyektni e'lon qilishda metodlarning sarlavxalarigina yoziladi. Protsedura va funksiyalar e'loni programma e'lon qismining boshqa bo'lagida bo'lishi mumkin. obyekt maydonlariga murojaat yozuv (Record) maydonlariga murojaat bilan bir xil («.» -nuqta va With operatori orqali). Lekin obyekt ma'lumotlariga quyidagicha murojaat ijobiy baholanmaydi. ObjPosVar.Line :5; ObjPosVar.Col :15; Umuman, OYPda obyekt ma'lumotlariga murojaat faqat metodlar orqali amalga oshiriladi. obyektlarni e'lon qilishda ma'lum bir talablar bajarilishi kerak: - obyekt turi asosiy daturning (modullarining) Type bo'limida e'lon qilinishi mumkin. Qism-programmalarda lokal obyektlarni e'lon qilish mumkin emas; - obyekt turini aniqlashda ma'lumotlar maydoni metodlar maydonidan oldin kelishi kerak; - obyekt komponentasi sifatida fayl kelishi mumkin emas, va aksincha, fayl obyekt ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.97 KB
Ko'rishlar soni 146 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 13:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.97 KB
Ko'rishlar soni 146 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga