Qadimgi qo′lyozma asarlardan o′quv jarayonida foydalanish bo′yicha uslubiy qo′llanma Reja: 1. Ali qushchi hisob ilmi risolasi (o'quv qo'llanmasi) 2. Muhammad Kalon al-Muftiy Samarqandiyning (xvi asr) hisob ilmiga oid risolasi 3. Xatirchigiy - miyonkoliy risolalari 4. Yana boshqa qo'lyozmalardan ma'lumot 5. 391143 - inventarizatsion raqamli kitobdan Alouddin Abu-l-Hasan Ali ibn Muhammad Samarqandiy Qushchi 1404 yilda Samarqandda tug'ilgan. Uning otasi Mullo Muhammad temuriylar xonadoniga yaqin bo'lib, o'p vaqt saroyda xizmat qilgan. U ov qushlariga qaraydigan xizmatchilarga boshliq edi. Ali Qushchi otasi singari yoshligidan ovga qiziqqan, Ulug,bekning qarchig'aylarini tarbiya qilgan. Uning Ulug'bek saroyida halol mehnat qilishi, ilm-fanga ixlosi Ulug'bekda unga nisbatan muhabbat uyg'otgan. Alini o'g'lim deb atagan, uning ilm olishida va olim bo'lib yetishshida otalik vazifasini bajargan. Ali Qushchi Ulug'bek madrasasida tolibi ilmlik davridayoq al-Xorazmiy, al-Farg'oniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy kabi ulug' allomolarning asarlarini, riyoziyot , astronomiya, tibbiyot va boshqa fanlarga oid kitoblarni qunt bilan o'qib o'rgandi. U Qozizoda Ro'miy, al-Koshiy, Ulug'bek, Muhammad Havofiy kabi mashhur olimlardan dars oldi. - 39 - Ali Qushchi madrasanu bitirgach, Ulug'bekning ruxsati bilan bir necha yil Eroonning Kirmon viloyatida yashadi va ijod etdi, undagi olimlarning ilmiy majlislarida qatnashdi. Nas raddin Tusiyning Tajrid asariga sharh, Risolai ashkoli-l-qamar (Oy shakllari haqida risola) ni yozdi. Ali Qushchi tabib ham edi, al-Mu'jiz fit-t-tibb (Tabobatning qisqa bayoni) asarini yozgan. Ulug'bek rasadxonasini qurish ishlarida va unda keyingi kuzatish ishlarini olib borishda Ali Qushchi faol ishtirok etgan. Rasdxonaning tomi yopilmasdanoq Qozizoda Rumiy, ko'p o'tmay al-Koshiy vafot etadi. Bu hol Ali Qushchi va uning ustozi Ulug'bek uchun og'ir judolik bo'ldi. Ishning barca og'irligi Ulug'bek zimmasiga tushadi. Ali Qushchi uning sodiq yordamchisi edi. Rasadxona ilm-fan o'chog'iga, tajriba maydoniga aylandi. 100 ortiq ilm ahli astronomiya va matematika sohasida ish olib bordilar, rasadxonaga va Ulug'bekning o'ziga tegishli kutubxonalardan bemalol foydalandilar. 1451 yili Samarqand taxtini bir vaqtlar Ulug'bek tarbiyasida bo'lgan temurid Sulton Abu Said egallaydi. U Ulug'bekning yaqinlariga, shu jumladan Ali Qushchiga ham homiylik qildi. Ali Qushchi ilgari yoza boshlagan Nasruddin Tusiyning Tajrid nomli kitobiga sharhni tugatib, Abu Saidga taqdim qiladi. 1469 yilda Abu Said vafot etadi. Ali Qushchi 1471 yilda Tabrizga yo'l oladi. Yo'lda Oyquyunlilar sulolasidan bo'lgan Uzun Hasan (8571453-8831479) huzuriga boradi. Olimni zo'r hurmat bilan kutib oladilar. Ali Qushchi ikki yil chamasi Uzun Hasan huzurida qoladi. Uni Turkiya sultoni Muhammad Fotih (8551457-8861481) Istambulga taklif qiladi. Olim Uzun Hasanning roziligi bilan 1472 yili Istambuga boradi va Oyo-So'fiya madrasasda bosh mudarrislik qiladi. Ali Qushchi Istambulda uch yilcha yashab, 1474 yilda 71 yoshida vafot etadi Ali ...

Joylangan
04 May 2024 | 08:05:39
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
103.66 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 14:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 08:05 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
103.66 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 14:04 ]
Arxiv ichida: doc