WINDOWS operatsion sistemasi haqida umumiy ma'lumot Reja: 1.WINDOWS muhiti haqidagi boshlang'ich ma'lumotlar. 2. WINDOWSning ishlash shartlari. 3. WINDOWSning yordamchi dasturlari. Operatsion sistemalarining rivojlanishi foydalanuvchining turli talablari asosida xotirada kam joy egallaydigan, kompyuter ichki resurslarini optimal boshqaradigan va bir necha xil dasturlarning ishlashini ta'minlaydigan sistemalarning yaratilishiga olib keldi. Shunday sistemalardan biri WINDOWSdir. (WINDOWS - inglizcha - oyna, lavxa bo'lib, oynalar , lavxalar deb tarjima kilinadi). Mazkur sistemaning boshqalardan farqli tomoni shundan iboratki, uning yordamida bir vaqtda xam matnli, xam grafik, xam hisob kitobli, xam turli boshqaruv dasturlarini ishlatish imkoniyati mavjud. Shu bois uni goxida integrallashgan sistema deb xam aytiladi. WINDOWS tarkibiga kiruvchi matn muharriri WORD yordamida matnni ixtiyoriy ko'rinishga o'tkazish, uning tarkibidagi PAINT BRUSH shakl muharriri yordamida tayyorlangan shakllarni kiritish yoki EXCEL dasturi yordamida hisob - kitob natijalarini jadval ko'rinishida ifodalash mumkin. WINDOWSdagi EXCEL dasturi elektron jadval bo'lib, uning yordamida jadval ko'rinishidagi ma'lumotlar ustida amallar bajarish va ularning grafik ko'rinishidagi shaklini yaratish imkoniyati mavjud. Shu sistema tarkibiga kirgan PAINT BRUSH dasturi yordamida grafik shakldagi ma'lumotlarni tayyorlash mumkin. hosil bo'lgan grafik shaklni matn orasida ishlatish imkoniyati mavjud. Mazkur integrallashgan sistemaning kulayligi bois uning yordamida bugungi kunda gazeta va jurnallarning maketlari tayyorlanadi. Foydalanuvchining ixtiyoriga ko'ra WINDOWS sistemasi tarkibiga boshqa dasturlar o'rtasida ma'lumot almashinishi mumkinligini va uning sifatli bo'lishini ta'minlaydi. Buni taqqoslash uchun misol tarikasidi, Lexicon matn muharriri yordamida biror shriftda tayyorlangan ma'lumotni Super Calc elektron jadvaliga bevosita o'tkazish mumkin emasligini yoki Super Calcda tayyorlangan grafik shakllarni biror matn muharririga bevosita o'tkazish mumkin emasligini keltirish mumkin. WINDOWS muhiti foydalanuvchilar uchun MS DOS imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. WINDOWS muhitida ishlash davomida foydalanuvchi juda ko'p kulayliklarga ega bo'ladi. Bu muhitda fayl va papkalarning nusxasini olish, kuchirish, qayta nomlash, uchirish va boshqa amallar tez va yakkol bajariladi. Bu muhit bir paytning uzida bir necha printer va displeylar bilan, MS DOS dasturlari bilan ishlash qobiliyatiga ega . Yana u Yagona interfeysga ega, yani WINDOWS va shu muhitda ishlovchi dasturlarda buyruk berishning standart qoidalari mavjud. hozirgi kunda WINDOWS millionlab foydalanuvchilarning etiborini uziga tortdi. Dunyodagi barcha kompyuterlarning 90 dan ortigi shu muhitda ishlamokda. Microsoft firmasi WINDOWSni takomillashtirish borasida tinimsiz ish olib bormokda. Shu bilan birga turli amaliy dasturlarning WINDOWS muhitiga moslab yaratilishi WINDOWSning imkoniyatlarini yanada oshirmokda. Bular jumlasiga Microsoft Office, Page Maker, Corel Draw, Borland kompaniyasi mahsulotlarini misol qilib keltirish mumkin. WINDOWS 1983 yilda yaratilgan, lekin u ilk bor 1985 yilda sotila boshlandi. WINDOWS dastlab turli kamchiliklaridan xoli emas edi. Lekin uning 3.1 versiyasi tamomila yangi imkoniyatlarni taklif kildi va ...

Joylangan
04 May 2024 | 08:05:39
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.25 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 14:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 08:05 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.25 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 14:34 ]
Arxiv ichida: doc