XVIII-asr oxiri va XIX-asr boshlarida matematika

XVIII-asr oxiri va XIX-asr boshlarida matematika

O'quvchilarga / Matematika
XVIII-asr oxiri va XIX-asr boshlarida matematika - rasmi

Material tavsifi

XVII asr oxiri va XIX asr boshlarida matematika Reja: XVII asr matematikasi: Parij, London, Berlin F.A; Peterburg F.A. matematika: L.Eyler hayoti va ijodi, Rossiya matematikasining rivojidagi roli; Funksiya tushunchasining rivojlanishi; XVII asr oxiri va XIX asr boshlarida matematika. XVII asrga Yevropada kapitalistik ishlab chiqarish usuli karor topadi. Jamiyatning va ekonomikaning rivoji, yani kapitalistik jamiyatning shakllanishi, ideologik konsepsiyalarning: sotsial masalalarni, fanni, madaniyatni va boshqa sohalarni qayta ko'rib chiqishga olib keladi. Sanoat revolyutsiyasi, jahon bozorining vujudga kelishi va biz bilan bog'lik bo'lgan dengizda suzish, kemalar ko'rish, harbiy texnika, issiqlik texnikasi, gidroenergetika va shunga o'xshash boshqa jamiyatning amaliy ehtiyojlari uchun zarur bo'lgan fanlar jadal suratlar bilan rivojlana boshladi. Ilmiy tekshirishlarni yulga kuyish uchun katta shaharda maxsus tashkilotlar - fanlar akademiyalari tashkil eta boshlandi. Davlat karamog'idagi bu FA lariga kirollar xomiylik kiladilar (eslang! O'rta asr sharq). Frantso'zlar: Dalamber, Lagranj, Laplas, Monj, Lejandr, Klero. Inlglizlar: Teylor, Makloren, Stirling. Nemislar: Lambert, Gauss, Leybnits. Shvetsariyalik (Bazel): Bernullilar denastiyasi, L.Eyler. Asr boshida matematika ahvoli kuyidagicha edi: Matematik analiz - differensial va integral hisobi rivojlanishi bilan uning yuqori bosqichi differensial tenglamalar nazariyasi va variatsion hisobi shakllana bordi. Hali o'zini tasdig'ini topmagan cheksiz kichiklar analizi metodi bilan echiladigan masalalar doirasi kengayib boradi. Algebra - mukammal harfiy-simvolik apparat yaratilgan bo'lib, algebraik tenglamalar nazariyasi va determinantlar nazariyasining yaratilishi. Istalgan darajali algebraik tenglamani yechishning umumiy usulini yaratish borasidagi urinishlar bilan bog'lik. Arifmetik hisoblashlar metodi - logarifmlar va ular bilan bilan bog'lik kuplab jadvallardan foydalanishlar, hisoblash qurilmalaridan Shikkarda, Paskal, Leybnits arifmolitlari, logarifmik shkala va boshqalarning yaratilishidir. Manfiy sonlar va unli kasrlarning ommaviylashmagani bu boradagi kamchikdir. Geometriya - elementar kismi va trigonometriya bo'limi biron bir katorda hali yangi bo'lgan analitik geometriyada foydalanish (Dekart, Ferma). differensial hisobining geometrik tadbiqi differensial geometriyaga asos soldi (Kavaliri, Vallis, Leybnits). Ehtimollar nazariyasi - Paskal, Ferma, Ya.Bernulli ishlari natijasida tasodifiy hodisalar ichida malum miqdoriy qonuniyatlarning ko'rinishini echilishi, katta sonlar qonunining kashf etilishi buldi. Kombinatorika qonuniyatlarini ochilishi. Konkret masalalarning kamligi (kimar o'yinlar, bazi jadvallar va kuzatish natijalari) va metodning elementarligi bu sohani rivoji uchun tulik bo'lib turadi. Bulardan shu narsa kurinadiki, XVII asrga kelib matematika etarli faktlarni tupladi. Shu boshdan bundan keyingi taraqqiyotni ta'minlash uchun FA lari, universitetlar va bular koshida davriy nashriyotlar zarurati kuchaydi. Shu bilan birga matematik bilimlar sistemalashuvi dolzarb davrga kirdi. 1661 yil - Varkburgda K. Shottning «Matematika kursi yoki barcha matematika fanlarning tulik ensiklopetsiyasi» kuptomligi, 1674 yili Lionda De Shalning «Matematika dunyosi yoki kursi» uchtomligi, 1693 yili Parijda Ozanamning «Matematika kursi» beshtomligi chikdi. Matematikaning bundan keyingi rivojini taxmin ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 50.83 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 14:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 50.83 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga