Boshlang'ich sinflarda asosiy miqdorlar va ularni o'lchov birliklarini o'rgatish metodikasi

Boshlang'ich sinflarda asosiy miqdorlar va ularni o'lchov birliklarini o'rgatish metodikasi

O'quvchilarga / Matematika
Boshlang'ich sinflarda asosiy miqdorlar va ularni o'lchov birliklarini o'rgatish metodikasi - rasmi

Material tavsifi

Boshlang'ich sinflarda asosiy miqdorlar va ularni o'lchov birliklarini o'rgatish metodikasi Reja: Asosiy miqdorlar haqida tushuncha. Miqdorlar o'lchov birliklarining turlari, ular orasidagi bog'liqlik. Miqdorlarni taqqoslash, miqdorlar ustida amallar bajarishga o'rgatish metodikasi. Asosiy miqdorlar haqida tushuncha. Biz o'quvchilarga uzunlik, jismning massasi (og'irlik), hajmi, vaqt, figuraning yuzi kabi miqdorlar to'g'risida tushuncha berishimiz kerak. Bu tushunchalarni o'rganish arifmetik material bilan qo'shib o'qitiladi. Masalan: o'lchashni o'rganish, sanashni o'rganish bilan, o'lchov birliklari sanoq sistemasi bilan, ismli sonlar abstrakt sonlarni nomerlash bilan miqdorlar ustida amallar arifmetik amallar bilan parallel o'qitiladi. Miqdorlarni o'qitish matematikani hayot, sharoit bilan bog'liq holda o'qitib, politexnik bilimlar berish demakdir. Hisoblash va yasash ishlarini bajarilishini, mehnat tarbiyasini, estetik ta'lim berishni kuchaytiradi. Ayniqsa miqdorlarni ko'rgazmali, aynan o'zini va laboratoriyalarda tushuntirish imkoni mavjud. Atrof-muhitdagi mavjud miqdorlar va ularni o'lchashni amaliyotda ko'radilar, kuzatadilar, haqiqatligiga isxonadilar. Hisoblash ishlarini yakka bajaradilar. Miqdorlarni tushuntirishda figuralar modellar, chizmachilik va o'lchash asboblaridan keng foydalanish kerak. Miqdorlarni o'rganish metodikasiga umumiy tavsifnoma. Miqdorlar, xuddi raqamlar kabi boshlang'ich sinflarda matematika mashg'ulotlarinig asosiy tushunchasi bo'lib, bolalarda miqdor haqida predmetlar va voqeylikka aloqador va o'lchov bilan bog'liq sifat tasavvur uchun foydalaniladi. 1-2-sinflarda o'quvchilar uzunlik, massa, (og'irlik) hajm, vaqt haqida va ularning o'lchov birliklari haqida tasavvurga ega bo'ladilar. Misollarni yechish jarayonida ular baho, qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari bilan tanishadilar. Miqdorlarni o'rgatish bo'yicha metodik sxema. Bolalarda mavjud mazkur miqdorlar haqidagi tushunchalarni aniqlash (bolalarning hayotiy tajribasiga murojaat etish). Bir xil nomli miqdorlarni solishtirish (chamalab ko'rinish, solishtirish, taqqoslash, o'lchash va boshqa xil usullar bilan). Mazkur miqdorning o'lchov birligi va o'lchov asboblari bilan tanishtirish. O'quvchilarda o'lchash ko'nikmalari hosil qilish. Bir xil nomdagi miqdorlarni qo'shish va ayirish. (Masalalarni yechish jarayonida). Miqdorlarning yangi o'lchov birliklari bilan tanishtirish, bir nomdagi miqdorlarni boshqa o'lchov birliklariga aylantirish. Ikki bir xil nomli o'lchov birliklarini bitta ikki nomli o'lchov birligiga aylantirish va aksincha. 7.Ikki xil nomli miqdorni qo'shish va ayrish. 8.Miqdorlarni sonlarga ko'paytirish va bo'lish. 2.Miqdorlar o'lchov birliklarining turlari, ular orasidagi bog'liqlik. Kesma uzunligini eng avvalo taqqoslash bilan kesmalarning teng, katta, uzun, qisqa, kalta kabi tushunchalarini beramiz. Amaliy ishlar bilan bir-birining ustiga qo'yib taqqoslaydigan uzunliklarni tayoqcha yoki metallar yordamida solishtiradilar. Turli xil o'lchov birliklarini tanlash mumkin. Masalan: sanoq cho'pini uzunlik birligi qilib, u bilan boshqa uzunliklarni o'lchab taqqoslaydilar. Bularga daftarning uzunligi, qarich, qadam kabi birliklarni ham tushuntirish kerak. Shundan keyin sanoq cho'pining uzunligini sm bilan o'lchash va u bilan boshqa uzunliklarni sm bilan aniqlash imkoni tug'iladi. Sm moduli orqali o'quvchilar: 1. Berilgan kesmani o'lchash. 2.Berilgan uzunlik masalasini hal qiladi. 1 smli kesmani ketma-ket 10 marta qo'yish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 592.59 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 12:27 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 592.59 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga