Boshlang'ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni nomerlashga o'rgatish metodikasi Reja: Nomerlashni o'rganishning umumiy masalalari. Turli xil konsentrlarda sonlarni nomerlash. O'quvchilarda natural son tushunchasini shakllantirish. Tayanch so'zlar: nomerlash, nomanfiy butun sonlar, konsentr, metodika, natural son. Nomerlashni o'rganishning umumiy masalalari. Birinchi o'nlik nomerlashda 1-10 sonlarini sanash, nomerlashni aytish, ketma - ketlikning katta-kichikligini o'zlashtirish nazarda tutiladi. 1-o'nlik bilan 0 soni ham birga o'rgatiladi. Uni bo'sh to'plamning xarakteristikasi sifatida berilgan. Nomerlash davomida 11-20, keyin, 21-100 ichida sonlarni nomerlash qaraladi. 1, 2 . . . o'nliklarni hosil qilish birgalikda o'nliklarni ya'ni o'nlik sanoq sistemasining mohiyati tushuntiriladi. Keyingi sinflarda 100 ichida, 100 ichida va ko'p xonali sonlar yozma va og'zaki nomerlash, arifmetik amallar bajarish komponentlarining nomlarini o'rgatishlar amalga oshiriladi. Boshlang'ich matematikaning dasturida, oldingidek arifmetik materialda asosiy o'rinni egallaydi. Bunda arifmetika nazariyasi (amallar va ularning xossalari, komponentlar va natijalar orasidagi o'zaro bog'lanish, miqdor, son, o'lchash, hisoblash, masalalar yechish, sanoq sistemasi) ni shakllantirishning mukammal sistemasi ko'zda tutilgan. Shunga mos boshlang'ich matematika o'qitish metodikasi ham bir muncha rivojlantirilgan. Kichik yoshdagi o'quvchilarni o'qitishning barcha bosqichlarida ularning fikrlash faoliyatlarini faollashtirishga tayin faktlar va kuzatishlarni o'z vaqtida umumlashtirishga, ayrim masalalar orasidagi o'zaro bog'lanishni tayinlashga, bolalarda mustaqil ishlash, o'quvchilarni paydo qilishga qaratilgan ya'ni asoslangan usul va uslublar maktab dasturiga kiritilgan. Butun nomanfiy sonlarni nomerlash va ular ustida amallar bajarish matematika kursining asosini tashkil qilib, unga algebra va geometriyaning boshlang'ich elementlarini kiritish, buning natijasida son, arifmetik amallar va arifmetik munosabatlar kabi arifmetik tushunchalar yuqoriroq darajada qarash ko'zda tutilgan. Butun nomanfiy sonlarni og'zaki va yozma nomerlash, boshlang'ich matematikaning asosiy masalalaridan biri. Og'zaki nomerlash bilan o'quvchilarni sanashga o'rgatish, ularda 1, 2, 3 . . . so'zlar bilan sonlarni ifodalash katta o'rin egallaydi. Sonlarni yozma nomerlashda 10 ta raqam (0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9) boshlang'ich tushunchalarni kiritish ham bosh vazifalardan biridir. Sonlar yozma nomerlashda faqat 10 raqami ishlatilishini, lekin og'zaki nomerlashda yangi so'zlarni paydo bo'lishini qayta-qayta tushuntirish lozim, masalan, nol, bir, ikki o'n, yigirma, o'ttiz, qirq, ellik,…yuz, ming … so'zlar yangi konsentrlarni o'qitish jarayonida kelib qo'shilaveradi. O'qitishning boshidanoq bolalarda ba'zi muhim umumlashtirishlar shakllanadi. Masalan, natural qatordagi har bir navbatdagi son qanday hosil bo'lishi aniqlanadi. Qatorning ixtiyoriy soni bilan undan oldingi keladigan va keyin keladigan sonlar orasidagi munosabatlar o'rnatiladi. (a sonidan olingan a-1, keyin a+1 son kelishi, 1 dan boshqa). Turli xil konsentrlarda sonlarni nomerlash. O'quv materialini o'quv yillari bo'yicha taqsimlanishida o'rganilayotgan sonlar sohasining asta-sekin kengayib borishi ko'zda tutiladi: 1-sinf 1 dan 100 gacha sonlar, 2-sinf,1 dan 100 gacha sonlar 3-sinf ,,1 dan o'n ...

Joylangan
04 May 2024 | 08:09:18
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.83 KB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 12:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 May 2024 [ 08:09 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.83 KB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 12:27 ]
Arxiv ichida: docx