CAM tizimlarida texnologik operatsiyalarni loyihalash va dastur hosil qilish Reja: Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish tizimining boshqa avtomatlashtirilgan tizimlar bilan o'zaro ta'siri CAM tizimlarida texnologik operatsiyalarni loyihalash Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish tizimining boshqa avtomatlashtirilgan tizimlar bilan o'zaro ta'siri Real ishlab chiqarish sharoitida avtomatlashtirish tizimlarining (AT) hamma turlari u yoki bu darajada bir-biri bilan o'zaro ta'sirda bo'lishi lozim, Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish tizimi esa- bevosita ilmiy-tadqiqotlarning avtomatlashtirilgan tizimlari (ITAT), ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning avtomatlashgan tizimlari (IChTT AT), ishlab chiqarishni boshqarishning avtomatlashgan tizimlari (IChBAT) bilan muloqotda bo'ladi. Ko'rsatilgan tizimlarning o'zaro ta'siri oddiy hujjatlar va mashina kodlari yoki mashinali olib yuruvchilarga yozilgan ko'rinishdagi axborotlarni almashtirish yo'li bilan amalga oshadi. Avtomatlashtirilgan loyihalash rivojlanishining boshqa ahamiyatli yo'nalishlari: optimallashgan loyihalash metodlarini rivojlantirish va takomillashtirish; xususan konstruksiyalashni o'zini avtomatlashtirishni rivojlantirish; Avtomatlashtirilgan loyihalash texnologiyasini takomillashtirish. Optimallashtirilgan loyihalash metodlarini rivojlantirish va takomillashtirish yangi matematik metodlarni ishlab chiqishni, mos ADTni va ALT hisoblash kompleksi unumdorligini oshirishni talab qiladi. Avtomatlashtirilganloyihalashtexnologiyasiningtakomillashishiloyi halashni bosqichlarga bo'lishningo'zgarishiga va loyihaviyishlarning bosqichlar orasida qayta taqsimlanishiga olib keladi. Shuningdek, texnikaviy vositarining tarkibi, dasturiy va tashkiliy ta'minotini sezilarli o'zgartirishni talab qiladi. Tizim prinsiplari va strukturasi Loyihalash-loyihalash uchun topshiriq bo'lgan holda bajariladi. Topshiriq jamiyatning qandaydir texnikaviy buyumni olishga bo'lgan ehtiyojini aks ettiradi. Bu topshiriq u yoki bu hujjatlar ko'rinishida bo'ladi va obyektning birlamchi bayoni vazifasini bajaradi. Loyihalash natijasini, odatda, obyektni berilgan sharoitlarda tayyorlash uchun etarli ma'lumotlarni jamlagan hujjatlarning to'liq komplekti o'taydi. Bu hujjatlar obyektning natijaziy bayoni bo'ladi. Loyihaviy yechimlarning hammasi yoki bir qismi inson va EHMlarning o'zaro ta'siri yo'li bilan olinadigan loyihalash avtomatlashtirilgan deb, EHMdan foydalanilmaydigan loyihalash esa, avtomatlashtirilmagan loyihalash deb ataladi. Loyihalash-bu obyektning birlamchi bayoni va uni mavjud qiladigan algoritm asosida berilgan sharoitda ham mavjud bo'lmagan obyektni yaratish uchun zarur bo'lgan bayonini tuzish jarayonidir. Loyihalash berilgan talablarga javob beradigan, yangi buyumni yaratish yoki yangi jarayonni amalga oshirish uchun zarur va etarli bo'lgan loyihalanadigan predmet bayonini olish maqsadidagi izlanish, tadqiqot, hisob va konstruksiyalash bo'yicha ishlar majmuini o'z ichiga oladi. Loyihalash-bu chuqur ilmiy bilimlarga va ijodiy izlanishlarga hamda malum sohada to'plangan tajriba va ko'nikmalardan foydalanishga asoslangan, lekin sermashaqqat oddiy ishlarni bajarish zarurati bo'lgan inson bunyodkorlik faoliyatining murakkab, o'ziga xos turidir. Loyihalashni avtomatlashtirish deganda loyihani ishlab chiqish jarayonini bajarishning shunday usuli tushuniladiki, bunda loyihalash protseduralari va operatsiyalari loyihalovchining EHMbilan chambarchas muloqotida amalga oshadi. Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish hisoblash texnikasi vositalaridan muntazam ravishda foydalanishni nazarda tutadi; bunda loyihalovchi va EHM orasidagi funksiyalarni samarali taqsimlash va masalalarni mashinada yechish metodlarini asosli tanlash lozim. Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish tizimini yaratish uchun: − matematik usullar hamda hisoblash texnikasi vositalarini qo'llash asosida loyihalashni ...

Joylangan
04 May 2024 | 08:09:18
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
207.43 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 12:28
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 May 2024 [ 08:09 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
207.43 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 12:28 ]
Arxiv ichida: docx