Isitgichlаrni mоdеllаshtirish Reja: Bug' qobig'i bor gidravlik idishni mоdеllаshtirish. Birinchi elementar jarayonning matematik ifodasi Ikkinchi elementar jarayonning matematik ifodasi Bug' qobig'i bor gidravlik idish Odatda ko'p texnologik jarayonlari isitish bilan olib boriladi. Buning uchun har xil konstruksiyali isitgichlardan foydalaniladi. Kimyo-texnologiyada ishlatiladigan isitgichlardan biri, bug' qobig'i bor gidravlik idishdir. Texnologik jarayonlarni modellashtirishda odatda kimyoviy kibernetikaning tizimli tahlil qilish usulidan foydalaniladi. Bug' qobig'i bor gidravlik idishni modellashtirishda ham tizimli tahlil qilish usulini qo'llab, avval uning «elementar» jarayonlarini aniqlab olish kerak. Ularni chuqur o'rganib, oqimlarni gidrodinamik tuzilishini hisobga olgan holda, bu «elementar jarayonlarning matematik ifodalari tuziladi, so'ngra ularni bir tenglamalar tizimsiga birlashtirib, butun texnologik jarayonning matematik modeli tuziladi. Matematik modeldagi tenglamalarni ko'rinishiga qarab hisoblash usuli tanlanadi va kompyuterda yechish uchun dastur tayyorlanadi. Isitgichga (7.1-rasm. Bug' qobig'i bor gidravlik idish) modda G1 sarf va T1 temperatura bilan beriladi va G2 sarf va T2 temperatura bilan chiqib ketadi. G1, T1 G2, T2 7.1-rasm Chiqishdagi temperatura T2, butun apparat xajmidagi temperatura bilan bir xil bo'ladi, chunki, idishdagi oqimlarning gidrodinamik tuzilishini ideal aralashtirish modelidagidek deb qabul qilish mumkin (bunda, modda temperaturasi, idishning har bir nuqtasida bir xil bo'ladi.) Bug' qobig'idagi bosim Rp va bug' temperaturasi Tp. Bug' qobig'i bor gidravlik idishda ketayotgan jarayonlarni modellashtirishda, quyidagi elementar jarayonlarni ajratish mumkin: 1. Idishda moddaning yig'ilash jarayoni. 2. Bug'ning agregat holatini o'zgarish (isitgich devorida kondensat xosil bo'lish) jarayoni. 3. Gidravlik idish devorini isish jarayoni. 4. Idishdagi moddaning isish jarayoni. Birinchi elementar jarayonning matematik ifodasi Moddaning yig'ilish jarayoni, idishga kelayotgan va ketayotgan moddalar sarfiga bog'liq (moddiy balans), ya'ni yoki, va larni hisobga olib birinchi «elementar» jarayon matematik ifodasini olamiz, bu yerda - moddaning solishtirma og'irligi; g - erkin tushish tezlanishi. Ikkinchi elementar jarayonning matematik ifodasi Gidravlik idish bug' qobig'i devorida (Tk) temperaturali kondensat xosil bo'ladi. Bu temperatura (Tk ), bug' qobig'idagi bug'ning temperaturasi Tb va bosimiga Rb bog'liq bo'lib, bog'liqlikni umumiy ko'rinishda quyidagicha yozish mumkin Bu bog'liqlikni aniq ko'rinishini, ushbu parametrlar orasidagi bog'liqlikning jadval qiymatlaridan foydalanib, eksperimental statistik modellashtirish usulini qo'llab olish mumkin. Yoki modellashtirishda Rb va Tb larinng katta bo'lmagan o'zgarish intervali uchun kondensat temperaturasining (T k) o'rtacha qiymatini olish mumkin. Uchinchielementar jarayon matematik ifodasi Idish devori issiqligini yig'ilish jarayoni (ya'ni, devor issiqligini o'zgarishi), devorga kelayotgan va ketayotgan issiqliklar farqiga bog'liq (issiqlik balansi tenglamasi), ya'ni bunda Qd - devor issiqligi, Qd = d. Vd. Cd. Td (d; Vd; Cd; Td - devor solishtirma og'irligi, xajmi, issiqlik sig'imi va temperaturasi). Qkel - devorga kelayotgan issiqlik, Qkel = 1 F1 (Tk -Td) ...

Joylangan
04 May 2024 | 08:09:18
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
47.37 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:22
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 May 2024 [ 08:09 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
47.37 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:22 ]
Arxiv ichida: docx