Kasr tushunchasi bilan tanishtirish

Kasr tushunchasi bilan tanishtirish

O'quvchilarga / Matematika
Kasr tushunchasi bilan tanishtirish - rasmi

Material tavsifi

Kasr tushunchasi bilan tanishtirish Mundarija: Kirish Asosiy qism I BOB KASRLAR BILAN TANISHTIRISHNING MOHIYATI 1.1 Miqdorlarning ulushlari bilan tanishtirish metodikasi 1.2 Boshlang'ich sinflarda kasr tushunchasi elementlarini o'rgatish metodikasi II BOB BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKA O'QITISH METODLARI 1.1 Uslub (metod) tushunchasi uni turlari. O'quv-bilish faoliyatini tashkil qilish uslubi 2.2 Boshlang'ich sinflarida matematika o'qitishni zamonaviy tarzda amalga oshirish imkoniyatlari va kasr elementalarini o'rgatish metodikasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi: Kasrlar bilan tanishtirishning mohiyati. O'quvchilarni kasrlar bilan tanishtirish dasturga binoan 3-sinfdan boshlanadi. Kasrlarning hosil bo'lishi, ularni taqqoslash, sonning ulushini topish va berilgan ulushga ko'ra sonning o'zini topish bilan tanishadilar. 4-sinfda 1ning ulushi, bir necha ulushi va uning yozma ko'rinishi tasavvurlariga ega bo'ladilar. Kasr tushunchasi geometriyada kesma ulushi, miqdorlarning ulushi va boshqa geometrik shakllarning ulushlari bilan bevosita bog'langan. Kasr tushunchasini hosil qilish har xil narsalarni teng bo'laklarga bo'lish, kesish, sindirish, maydalashdan kelib chiqadi deyiladi. Boshlang'ich sinfdan oldin, ya'ni maktabgacha yoshdayoq kasr tushunchasining boshlang'ich tushunchalari berilgan. Masalan, olma, tarvuz, bodring, non va boshqalarni bir necha bo'laklarga bo'lib ko'rgan va boshlang'ich tushunchalarni olgan. Shu maqsadda bolalarni ulushlar bilan, ularning yozilishi bilan tanishtirish, taqqoslashni o'rganish, sonning ulushlari va ulush bo'yicha sonni topishda doir masalalarni yechish ko'zda tutiladi, aytib o'tilgan barcha masalalar ko'rgazmali qilib ochib beriladi. Miqdorlarning ulushlari bilan tanishtirish metodikasi. Yuqorida ko'rdikki, 3-sinfda birning ulushlari, ya'ni 12, 13, 14 va hokazo ulushlarga oid tasavvurlarni hosil qilishdan iborat. Kasrlarni o'rgatish deyarli ko'rgazma asosida tushuntiriladi. Bu ko'rgazmalarga meva qovun, tarvuz, geometrik shakl, chup, qog'oz va boshqa atrofdagi narsalarni olish mumkin. Ko'rgazmali tushuntirishda, masalan, olmani teng ikkiga bo'lish, ba'zan teng bo'lmagan 2 bo'lakka bo'lish, u yarim olma emasligini, demak, kasrni hosil qilmaslikni tushuntirish kerak. Faqat teng bo'lakka bo'lgandagina kasr son yoki butunning ulushi hosil bo'lishini mustahkamlash, sindirish lozim. Kurs ishining maqsadi: Boshlang'ich ta'lim metodikasining xususan, matematikadan boshlang'ich ta'lim metodikasining vazifalaridan biri o'qitishning yetarlicha yuqori rivojlantiruvchi samaradorligini oshirishni ta'minlashda o'qitishni aqliy rivojlanishlariga ta'sirini jadallashtiradi. Matematikadan boshlang'ich ta'lim-tarbiyaviy vazifalarni nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etish mumkin. O'qitishning ma'lum mazmuni va o'qituvchilarning aqliy faoliyati bilan ta'sirlanadigan u yoki bu o'quv yo'nalishi ucnun eng samarali usullarni qo'lay bilish darsga tayyorlanishda yoki darsning o'zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni hal etishi zarur. Kurs ishining vazifasi: Bashlang'ich sinflarda o'quvchilarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli boshlang'ich sinf o'qituvchisi uchun o'quvchilarning aqliy faoliyatlati darajasini va imkoniyatlarini bilish va hisobga olish muhimdir. Dars o'tish jaroyonida o'qituvchi ko'rsatmalilik va ko'rgazmali qurollardan foydalanib yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish juda muhim hisoblanadi. Kurs ishining pridmeti: O'quvchilarni kasrlar bilan tanishtirish dasturga binoan 4-sinfdan boshlanadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 50.77 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 13:23 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 50.77 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga