Ko'p yoqlilar, ularning turlari, kesimlarini tasvirlashga oid masalalar yechish

Ko'p yoqlilar, ularning turlari, kesimlarini tasvirlashga oid masalalar yechish

O'quvchilarga / Matematika
Ko'p yoqlilar, ularning turlari, kesimlarini tasvirlashga oid masalalar yechish - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Ko'p yoqlilar ularning turlari 2. Kesimlarini tasvirlashga oid masalalar 3. Fazoviy geometrik shakllar Mavzu: Ko'p yoqlilar ularning turlari kesimlarini tasvirlashga oid masalalar yechish Fazoviy geometrik shaklga ega bo'lgan jismlardan biri ko'pyoqlik bo'lib, u hamma tomonidan tekis ko'pburchaklar, ya'ni yoqlar bilan chegaralanadi Uch va undan ortiq tekisliklarning o'zaro kesishish chizig'i ko'pyoqlikning qirrasi deyiladi. Ko'pyoqlikning ikki qo'shni qirralari orasidagi tekislikning (AED) qismi esa ko'pyoqlikning yonlari deyiladi. Bizga ma'lumki, uchta tekislik o'zaro bitta nuqtada kesishadi. Bitta nuqtada kesishuvchi uchta va undan ortiq sondagi tekisliklar bilan chegaralangan ko'pyoqlik piramida deyiladi (1-shakl), AB, AC, va AE lar piramidaning yon qirralari, A nuqta piramidaning uchi va Δ BAC, Δ CAD va Δ EAB lar piramidaning yon yoqlari deyiladi. Chizmalarni o'qishni osonlashtirish maqsadida ko'pyoqliklar asos deyiluvchi tekislik bilan chegaralanib tasvirlanadi. 1-shakl Agar ko'pyoqlikni hosil qiluvchi tekisliklarning kesishish chiziqlari o'zaro parallel bo'lsa, bunday ko'pyoqlik prizma deyiladi (2-shakl). Ko'pyoqliklar qirralarining kesishgan nuqtalari uning uchlari deyiladi. Prizma yon qirralarining asos tekisligiga nisbatan holatiga qarab og'ma yoki to'g'ri prizma deyiladi Ko'pyoqlik o'zini chegaralovchi istalgan yoqqa (tekislikka) nisbatan bir tomonda joylashsa, qavariq ko'pyoqlik, aks holda, ya'ni tekislikdan turli tomonda joylashsa botiq ko'pyoqlik deyiladi. 2-shakl Asoslari o'zaro parallel tekisliklarda yotgan ikkita ko'pburchakdan va yon yoqlari esa ikkala asos uchlaridan iborat uchburchaklar va trapetsiyalardan iborat bo'lgan ko'pyoqlik prizmatoid deyiladi 3-shakl Agar asoslari teng muntazam qavariq ko'pburchaklardan iborat bo'lib, ulardan birini ikkinchisiga nisbatan umumiy normal atrofida burchakka (n - ko'pburchak tomonining soni) burilsa, prizmatoid antiprizmaga aylanad 4-shakl Bir jinsli qavariq ko'pyoqliklar muntazam va yarim muntazam ko'pyoqliklarga ajraladi. Muntazam qavariq ko'pyoqliklar o'zaro teng bir xil muntazam ko'p burchaklardan iborat yoqlarga, o'zaro teng ikki yoqli burchaklarga va o'zaro teng qirralarga ega bo'ladi. Bu ko'pyoqliklar asosan besh xil bo'lib, Platon jismlari deyiladi (5-shakl, a-tetroedr, b-geksaedr, c-oktaedr, d-dodekaedr, e-ikosaedr). Ko'pyoqliklarning muhim hossalaridan birini Eyler quyidagicha bayon qiladi. E'TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT! ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 677.87 KB
Ko'rishlar soni 290 marta
Ko'chirishlar soni 88 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 13:27 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 677.87 KB
Ko'rishlar soni 290 marta
Ko'chirishlar soni 88 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga