Matematika ta'limi jarayonida tarbiya muammolari

Matematika ta'limi jarayonida tarbiya muammolari

O'quvchilarga / Matematika
Matematika ta'limi jarayonida tarbiya muammolari - rasmi

Material tavsifi

Matematika ta'limi jarayonida tarbiya muammolari Mundarija Kirish Ta'lim jarayonida tarbiya masalalarining huquqiy asoslari Uzluksiz ta'limda barkamol shaxsni tarbiyalash Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Kirish Insonni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, halqimizning azaliy orzusi bo'lib ajdodlarimiz ma'rifat, ma'naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o'rgatish - ularni komillikka etaklash yo'llari, qonun - qoidalarni muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanini maydonga kelishiga sabab bo'lgan. Chunki, insonni ma'rifatli va ma'naviy komillikka erishishi pedagogika fanining etakchiligida amalga oshiriladi. Pedagogika tarbiya haqidagi fandir. Pedagogika - grekcha so'z bo'lib paydogogos - bola etaklovchi ma'nosini anglatadi. Insonlarning ma'rifiy va ma'naviy barkamollikka munosabatlarini o'zgarib borishi natijasida pedagogika (bolani to'g'ri hayotga boshlash san'ati) fani halq orasida o'z mavqeiga ega bo'ldi. Shu tariqa insonni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o'rin egalladi. Uning bosh masalasi tarbiyadir. Tarbiyadagi keng ma'no ta'lim, rivojlanish, ma'lumot bilan bog'langan holda barkamol insonni voyaga etkazishni o'zida mujassamlashtiradi. Insonni tarbiyasi haqidagi g'oyalar, qoidalar, yozma yodgorliklarda, halq og'zaki ijodida asoslab berilgan bo'lsa, keyinchalik mustaqil fan tarzida o'z mavqeini mustahkamlaydi. Zotan, ota-bobolarimiz azal-azaldan bola tarbiyasiga alohida e'tibor qaratganlar. Imom al-Buhoriy, Iso at-Termiziy, Beruniy, Az-Zamahshariy, Navoiy, Bobur, Ogahiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid CHo'lpon singari ulug'' olimu adiblar, fozilu fuzolalar ta'lim-tarbiya borasida ko'p asarlar bitganlar. Sharq pedagogikasining asoschilari hisoblanmish Forobiyning Fozil odamlar shahri, Yusuf Hos Xojibning qutadg'u bilig asari Alisher Navoiyning Mahbub ul-qulubi, Kaykovusning Qobusnomasi, Voiz Koshfiyning Futuvvatnomai Sultoniy asari kabilar bunga dalilldir. Tarixdan ma'lumki, bir vaqtlar SHarq pedagogikasi gullab-yashnagan. Olmon olimi Herler SHarq Еvropaning muallimidir deganda ana shu rivojlanish davrini ko'zda tutgandir, ehtimol. Bugun respublikamizdagi barcha oliy o'quv yurtlarida pedagogika fanini kiritilishi, ya'ni har qanday kasb-ixtissoslik egasi pedagogika asoslaridan habardor bo'lishini ta'minlash zamirida inson kamoloti yotadi. Qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi' ning milliy modelidagi bosh muddaosi komil inson tarbiyasi, mustaqil fikrlovchi ijodkor shahsni tarbiyalash masalalaridir. Bu vazifani esa pedagogika asoslaridan habarsiz kishi me'yoriga etkazishi amrimaholdir. Ushbu ma'noda bo'lajak o'qituvchilar oldiga qo'yiladigan yangi pedagogik tafakkurni shakllantirish vazifasi bugungi pedagogika fanining mohiyatini tashkil etadi shuningdek, jamiyat oldiga ko'ndalang turgan milliy maktab modelini yaratish milliy ta'lim tizimini uning mazmunini jahon tajribasi mezonlariga mos davlat standartlari asosida yaratish vazifasini hal etish o'zbek pedagogikasi fanining ham oldiga qo'yilgan. O'zbekiston Respublikasidagi pedagogik oliy o'quv yurtlarida o'rganiladigan pedagogika fani o'qituvchilik kasbiga tayyorlash tizimida alohida o'rin tutadi va ihtisosga yo'naltiruvchi fan hisoblanadi. Mazkur o'quv fani o'zbek halqining milliy qadriyatlari, urf-odat va an'analari, halq pedagogikasi aqidalariga asoslanib, bo'lajak o'qituvchini milliy mustaqillik sharoitida yosh avlodni tarbiyalash, shahsini kamol toptirish, e'tiqod va maslaklarini shakllantirish, ma'naviy- ahloqiy yuksaltirish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.19 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 13:44 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.19 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga