Matematikaning rivojlanish davrlari Reja: 1.Matematikaning rivojlanish davrlari 2. O'rta asr sharq allomalarining matematikaga qo'shgan hissalari 3. L.eyler j.venn r.dekart hayoti va ilmiy faoliyatini o'rganish Ma'lumki, 8 asrda Yaqin Sharqda Arab xalifaligi shakllandi va rivoj topdi. 8 asr oxiri - 9 asrning o'rtalariga kelib Arab xalifaligi Sharqda yirik imperiyaga aylandi. Bu davrda Bog'dodda birinchi akademiya - Donolik uyi tashkil topdi. Bu yerda turli ilmiy, diniy muzoqaralar uyushtirilib, turli millatlarga xos olimlar bilan birgalikda, ilmiy muhokamalar avj oldi. Yaqin va O'rta Sharqda yangi-yangi ilm maskanlari vujudga keldi, asarlar yozish, kitob ko'chirish, arab tiliga tarjima qilish uchun maxsus tarjimonlar maktabi tuzildi. Akademiya faoliyatida O'rta Osiyodan kelgan ko'pgina olimlar ham muhim o'rin egalladilar.9-10 asrlarda tabiatshunoslik fanlarning rivojlanishida aniq va fundamental fanlar sohasida ijod etgan musulmon olami vakillarining alohida hissalari bor.Bu o'rinda: Abu Abdullo Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy (780-880), Abu Kasr Al-Farobiy (873-950), Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy (973-1050), Ahmad Farg'oniy, Abu Ali Xusayn ibn Sino (980-1037), Umar Xayyom (1048-1123), Mirzo Tarag'ay Ulug'bek (1394-1449) va boshqalarni aytib o'tish joizdir. O'rta asrlarda Sharqda ilm-fanda erishilgan yutuqlarning ayrimlarini ko'rib chiqaylik. Katta savdo-sotiq matematika masalalari uchun boy material bersa, uzoq yurtlarga sayohatlar esa astronomik bilimlarining rivojlanishini rag'batlantiradi, kasb-hunarning rivojlanishi esa amaliy san'antning rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun amaliy masalalarni hal qilishga qulay bo'lgan yangi matematika Sharqda paydo bo'ldi. Xalif al Mamun podsholigi davrida ijod etgan xorazmlik al-Xorazmiy Arifmetikava Algebra bo'yicha traktat asarning muallifi edi. Yevropaliklar Arifmetika asari orqali arab sonlari, butun sonlar va kasrlar bilan o'tkaziladigan arifmetik amallar bilan tanishdilar. Al-Xorazmiyning arifmetik traktati matematikaning yangi yo'nalishi - algebra (Al Jabr) nomini berdi. Al-Xorazmiyning ishlarida birinchi marta chiziqli va kvadrat tenglamalar yechilgan. Xorazmiyning mashhur asari Kitob suratil arz (Yer yuzining xaritasi) musulmon Sharqida geografiya ilmini boshlab bergan. Asarda, o'sha vaqtda insonlarga ma'lum bo'lgan geografik obyektlar tasvirlanadi. Osiyoni sxematik xaritasi beriladi. Ahmad al-Farg'oniy (797-865 yillar) astronomiya, matematika, geografiya va boshqa ilmiy yo'nalishlarda faoliyat ko'rsatgan qomusiy olim. Sharqda al-Farg'oniy, Yevropada Alfraganus tahalluslari bilan mashhur bo'lgan. Uning astronomiya, geografiya va matematika sohasidagi asarlari bu fanlar taraqqiyotiga qo'shilgan salmoqli hissa bo'lgan va keyingi davrlarda o'tgan olimlar uchun amaliy qo'llanma bo'lib xizmat qilgan.Arab xalifaligi davrida Xorun ar-Rashid (786-809) va uning o'g'li al-Ma'mun davrida ikki rasadxona: biri Bog'dodda Shammosiya degan joyda, ikkinchisi Damashqda yaqin Kasiyun nomli tog'da qurildi. Al-Farg'oniy Bog'dod rasadxonasida ko'pgina kashfiyotlar qilgan. Jumladan, 812 yilgi Quyosh tutilishini oldindan bilgan va bu haqda ilmiy kuzatish olib borgan. Al-Farg'oniy Yerning dumaloqligini shunday dalillar bilan isbotlaydiki, ular o'z ilmiy qiymatini hali ham yo'qotgani emas. U ...

Joylangan
04 May 2024 | 08:09:18
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.04 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:44
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 May 2024 [ 08:09 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.04 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:44 ]
Arxiv ichida: docx