Miqdoriy ma'lumotlarni matematik statistik analiz qilish metodlari Reja: Psixologik tadqiqot natijalarini miqdoriy tahlil qilishning zarurligi. O'lchov shkalasi tiplari. Nomlash (nominativ) shkalasi. Tartib (ordinar) shkalasi. Interval (oralik) shkalasi. Munosabatlar shkalasi. 3. Dastlabki natijalarni taqsimlash. 4. Tadqiqot natijalarini guruhlarga ajratish 5. Markaziy an'analar o'lchovi. O'zgaruvchanlik o'lchovlari. O'zaro aloqalar o'lchovi. Psixologik kuzatish va tajriba natijalarini so'z orqali ifodalaganda subyektivlik holatlari bo'lishi muqarrar, bunday subyektivlik holatlari muddatidan avval xulosa chiqarishda, asoslanmagan umumlashtirishlarda namoyon bo'ladi. Sifat jihatdan o'rganilayotgan psixik hodisa va jarayonlarni tavsiflashda ular o'rtasidagi farq va o'ziga xos rivojlanish xususiyatlarini to'la holda ta'riflashda qiyinchilik tug'diradi. Bunday tahlil kuzatish va tajriba natijalarida qay darajadagi xatolar bo'lishi mumkinligini aniq ko'rsatib bera olmaydi. SHuning uchun hamma vaqt miqdoriy tahlil sifat tahlil bilan birgalikda qo'llaniladi. Ana shunda subyektivlik holatlariga barham berilib, shakllantirilgan hukm va xulosalar tadqiqotchi shaxsiyatiga bog'liqlikdan xalos bo'ladi, natijalarni tekshirish imkoniyati vujudga keladi. Psixolog uchun kuzatish va tajriba natijalarini statistik metodlar yordamida aniqlashni bilish juda muhimdir. Tadqiqot metodikasini tanlashdan avval eksperimentator nimani o'rganayotgani, olingan natija amaliy va tadqiqotchilik vazifasi talablariga mos kela olishini tasavvur qila olishi kerak bo'ladi. Birinchi navbatda bu metodning validligi, ishonchliligi va obyektivligini isbotlash uchun zarur bo'ladi. Metodikaning validligi deganda uning tadqiqot predmetiga adekvatligi (mosligi) tushuniladi. Miqdoriy validlik ushbu metodika natijalari bilan tashqi o'lchovlarning o'zaro aloqasini aniqlashda namoyon bo'ladi. Masalan, ta'limning muvaffakiyati -o'quvchining intellektual taraqqiyoti bilan bog'liq bo'ladi. SHuning uchun ham tashqi o'lchov sifatida uning o'zlashtirishini olish mumkin. Aytaylik, talabalarning aqliy rivojlanishini o'rganish uchun test topshiriqlari va o'zlashtirish bahosi o'rtasida ijobiy aloqa mavjud bo'lsa, qo'llanilgan metodika validlikka ega bo'ladi. Metodikaning yana bir muhim xususiyati uning ishonchliligi bo'lib, ushbu metodikaning o'lchov vositasi sifatida loyiqligida namoyon bo'ladi. Metodikaning obyektivligi o'lchash natijalarining undan foydalanuvchi shaxsga bog'liq emasligida aks etadi. Metodikaning validligi va ishonchliligini tekshirish maqsadida turli statistik o'lchovlardan foydalanish mumkin bo'ladi. O'lchov nazariyasi fikricha psixologiyada qo'llaniladigan barcha o'lchov usullari psixologik o'lchov shkalalarini tuzishdan iboratdir. Ko'pchilik psixologlar fikricha shkalalashtirish-psixik jarayon va holatlarni o'lchash uchun qo'llaniladigan eksperimental va matematik usullar yig'indisidan iboratdir. Ko'pincha shkalalashtirishga o'lchash so'zi sinonim qilib quyiladi. Psixologik jarayon, xususiyat, obyekt va hodisalarni shkalalashtirish deganda muayyan qoidalar asosida ularni sonlarga tenglashtirish tushuniladi. Bunda sonlarning o'zaro nisbati bu hodisalar o'rtasidagi nisbatni aks ettirishi kerak bo'ladi. Sonlar u yoki bu xususiyatning modeli vazifasini bajaradi. SHu yo'l bilan shkalalashtirish psixologiyani faktlarni tasvirlovchi fandan ayrim faktlarni oldindan aytish imkonini beradigan fanga aylantiradi. Tadqiqot xususiyatiga qarab turli o'lchov shkalalarining tiplarini qo'llash mumkin. Nomlash shkalasi (nominativ shkala) bir xil qiymatdagi empirik tizimni sonli tizimda aks ettirishdir. Nomlash shkalasi mazmunidan ko'rinib turibdiki, turli ...

Joylangan
04 May 2024 | 08:09:18
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.88 KB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 08:09 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.88 KB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:48 ]
Arxiv ichida: doc