Mustaqil-nazorat ishni bajarish bo'yicha usuliy ko'rsatmalar Reja: 1. Nomanfiy butun sonlar to'plamini to'plamlar nazariyasi asosida qurish. 2. Nomanfiy butun sonlar to'plamini aksiomatik asosda qurish. Matematik induksiya prinsipi. 3. Natural son miqdorlarni o'lchash natijasi sifatida. 4. Pozitsion sanoq sistemalarida sonlar ustida amallar. 5. Sonlarning bo'linishi. 6. Natural sonlar bo'linishini matematik induksiya metodi yordamida isbotlash. 7. Tub va murakkab sonlar. Ikki yoki bir necha sonlarning EKUB va EKUK larini topish 8. Butun sonlar va ular ustida amallar. 9. Ratsional sonlar. Haqiqiy va kompleks sonlar. 10. Son tushunchasini kengaytirish. Mustaqil-nazorat ishni bajarish bo'yicha usuliy ko'rsatmalar. Bajariladigan nazorat ish daftarining yuzi quyidagicha to'ldiriladi(misol tariqasida): Boshlang'ich ta'lim va sport, tarbiyaviy ish yo'nalishi bo'yicha o'qiyotgan maxsus sirtqu bo'lim 2-bosqich a guruh talabasi Karimova Muyassarning matematika fanidan yozgan nazorat ishi. Talaba uy adresi; Ish joyi, staji; Nazorat ish daftarining birinchi betida: Variant nomeri, topshiriq nomerlari, hamda topshiriq berilishi. Daftarning keyingi betlarida har bir topshiriqning bajarilishi qayd etib boriladi. 1. Nomanfiy butun sonlar to'plamini to'plamlar nazariyasi asosida qurish. 1-topshiriq: Butun nomanfiy sonlarning yig'indisi ta'rifidan foydalanib, quyidagiarni tushuntiring: a) 4+3=7 b) 2+5=7 c) 5+0=5 yechish: Nomanfiy sonlar yig'indisining kesishmaydigan to'plamlar birlashmasi orqali ta'rifini keltiramiz. Ta'rif: Butun nomanfiy a va b sonlarning yig'indisi deb, n(A)=a, n(B)=b bo'lib, kesishmaydigan A va B to'plamlar birlashmasidagi elementlar soniga aytiladi: , bu yerda n(A)=a, n(B)=b va . Ushbu ta'rifdan foydalanib, yuqoridagi ta'riflarni tushuntiramiz. a) 4+3=7 4 - bu biror A to'plamning elementlar soni, 3 - biror B to'plamning elementlar soni, bunda ular kesishmasi bo'sh to'plam bo'lishi kerak. Masalan, A=a,b,c,d, B=x,y,z to'plamlarni olamiz. Ularni birlashtiramiz: . Sanash yo'li bilan ekanini aniqlaymiz. Demak, 4+3=7. Bu o'rinda shuni ta'kidlash joizki, to'plam elementlarini tanlash ixtiyoriy bo'lishi mumkin. b) 2+5=7 2 - bu biror C to'plam elementlari soni, 5 - bu biror D to'plam elementlari soni bo'lsin. C va D to'plamlar umumiy elementlarga ega bo'lmasligi kerak. Masalan, C - birinchi tokchadagi kitoblar. Shartga ko'ra n(C)=2, ya'ni 1-tokchada 2 ta kitob bor. D - ikkinchi tokchadagi kitoblar. Bu to'plam elementlar soni n(D)=5, ya'ni 2-tokchada 5 ta kitob bor. Haqiqatda ikkala tokchada umumiy bo'lgan kitob yo'q. Ya'ni . 7 - bu C va D to'plamlar birlashmasidagi kitoblar soni, ya'ni . Demak 2+5=7. Ushbu tenglik boshlang'ich sinflarda yechiladigan quyidagi ko'rinishdagi masala yechimi bo'ladi: Birinchi tokchada 2ta, ikkinchi tokchada 5ta kitob bor. Ikkala tokchada nechta kitob bor? c) 5+0=5 Ushbu tenglikni nazariy to'plam nuqtai nazarida tushuntirish uchun shu tenglik yechim hisoblangan quyidagi masalani keltiramiz: Birinchi likopchada 5 ta olma bor. Ikkinchi likopchada olma ...

Joylangan
04 May 2024 | 08:09:18
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
50.32 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 08:09 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
50.32 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:50 ]
Arxiv ichida: doc