Nomanfiy sonlar ustida arifmetik amallarni o'rgatish metodikasi

Nomanfiy sonlar ustida arifmetik amallarni o'rgatish metodikasi

O'quvchilarga / Matematika
Nomanfiy sonlar ustida arifmetik amallarni o'rgatish metodikasi - rasmi

Material tavsifi

Nomanfiy sonlar ustida arifmetik amallarni o'rgatish metodikasi Reja: Nomanfiy sonlar ustida arifmetik amallarni o'rgatish metodikasi. Arifmetik amallarni o'rgatishning umumiy masalalari. O'nlik, yuzlik, minglik va ko'p xonaii sonlar konsentrida arifmetik amallarni o'rgatish metodikasi. Arifmetik amallarni o'rgatishning umumiy masalalari. Boshlang'ich sinfo'quvchilarida og'zaki va yozma hisoblash ko'nikmalarini tarkib toptirish matematika dasturining asosiy yo'nalishlaridan biri. Arifmetik amallarni o'rganishda oldin bolalar ongiga uning ma'nosini, ma'zmunini yetkazish kerak.Bu ish predmetlarning har xil to'plamlari bilan amaliy ishlar bajarish asosida o'tkaziladi. O'quvchilarni qo'shish va ayirish amallarining ma'nosi bilan tanishtirish (bu o'nlik mavzusi ustida ishlashda bajariladi.) ikki to'plam elementlarini birlashtirishga oid va berilgan to'plamdan uning qismlarini ajratish kabi amaliy operatsiyalar asosida olib boriladi. Ko'paytirish amalini o'ganishda ish biroz boshqacha bo'ladi. Ko'paytirish tushinchasini shakillantirishda tayanch sifatida ,--deb yozishadi M. I. Moro va A.M.Pishkalo, - bir nechta teng sonli to'plamlarni amalda birlashtirish bilan cheklanish to'g'ri bo'lmas edi. Shu vaqtga qadar yaxshi o'zlashtirilgan sonlarni qo'shish operatsiyasi bolalar uchun yangi bo'lib, bundan oldin ish tajribalarida uchramagan amal - ko'paytirish uchun asos bo'lib xizmat qilishi kerak. Ko'paytirishni, uning komponentlari bilan natijasi orasidagi bog'lanishlarni o'rganish o'z navbatida bo'lish amalini o'rganish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Bu misollarda biz shu narsalarni ko'rib turibmizki, o'qitishning bir bosqichida abstrakt bo'lgan narsa navbatdagi bosqichda yanada abstraktroq bilimlarni shakillantirish uchun konkret asos bo'lib xizmat qilmoqda. Bundayyangilanish o'quvchilarning ham abstrakt ham konkret tafakkurlarini rivojlantiradi, bu esa o'qitish protsesida bolalarning faoliyatlarini rivojlantirishda katta ahamyatga ega. Har xil (og'zaki va yozma) hisoblash usullarining ongli o'zlashtirilishi uchun dastur arifmetik amallarini ba'zi muhim xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalar bilan tanishtirishni nazarda tutadi. I sinfda 10 ichida qo'shish va ayirishni o'rganishda bolalar qo'shishning o'rin almashtirish xossasi bilan tanishdilar; 100 ichida qo'shish va ayirishni o'rganishda (I sinfda) sonni yig'indiga qo'shish vayig'indini songa qo'shish, shuningdek, ayirmaning asosiy xossalarida chiqadigan natijalar bo'lmish yig'indidan sonni ayirish va yig'indini sondan ayirish bilan tanishadilar o'rganilgan xossa va qoidalar hisoblashlarni soddalashtirish imkonini beradi. Qo'shiluvchilar o'rinlarini almashtirish usuli 3+6, 2+8 va h.k ko'rinishidagi hisoblashlarni yengillashtiradi. O'nlik, yuzlik, minglik va ko'p xonali sonlar konsentrida arifmetik amallarni o'rgatish metodikasi. 1.Yangi hisoblash usulini kiritishga tayyorgarlik. Bu bosqichda hisoblash usulini egallashga tayyorlik ta'minlanadi. O'quvchilar hisoblash hisoblash usuli asoslanadigan nazariy qoidalarni tushunib olishlari kerak, shuningdek, tashkil etuvchi operatsiyalarni(amallarni) ham bilib olishi kerak. Kerakli tayyorgarlikni ta'minlash uchun hisoblash usulni (yo'lni) tahlil etish va o'quvchi qanday bilimlarni egallashi hamda u qanday hisoblash ko'nikmalarini bilib olganini aniqlash kerak. Masalan, o'quvchilar qo'shish va ayirish amallarining aniq ma'nosini, 2 sonining tarkibini bilsa va a±1 shakldagi (ko'rinishdagi) holatlar uchun qo'shish va ayirishni ko'nikmalarini egallagan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.87 KB
Ko'rishlar soni 146 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 13:52 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.87 KB
Ko'rishlar soni 146 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga