Oz komplektli maktablarda matematika o'qitish xususiyatlari

Oz komplektli maktablarda matematika o'qitish xususiyatlari

O'quvchilarga / Matematika
Oz komplektli maktablarda matematika o'qitish xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Oz komplektli maktablarda matematika o'qitish xususiyatlari. Oz komplektli maktablarda matematika o'qitishni tashkil qilishning o'ziga xos xususiyatlari I bob. Oz komplektli maktablarda matematika o'qitish xususiyatlari. 1.1. To'la jamlanmagan maktablar haqida va u yerda o'quv ishini tashkil etishning xususiyatlari. Mamlakatimizda, xususan bizning Respublikamizda qishloq joylarida kichik va uzoq aholi yashaydigan punktlar mavjud bo'lib, bu joylarga bir sinfga belgilangan me'yordan anchagina kam bo'lgan 7 yoshli bolalar bo'lganda To'la jamlanmagan maktablar ochiladi. Bu shunday maktabki, unda bir o'qituvchi bir vaqtda bir necha sinfda ishlaydi. Bu sinflarda soni 3 tadan 30 tagacha o'quvchi bo'lishi mumkin. Bir o'qituvchi hamma (I-IV) sinflar bilan bir vaqtda ishlaydigan maktab bir komplektli maktab deyiladi. Ikkita o'qituvchi, uchta (ba'zan to'rtta) sinf bilan ishlaydigan maktab ikki komplektli maktab deyiladi. Ikki komplektli maktablarda uch sinfni ikki komplektga birlashtirishning ushbu variantlarini amalga oshirish mumkin: 1- va 2 - sinflarni bir komplektli qilib birlashtirish (bu holda birinchi sinf bilan uchinchi sinf o'qituvchisi ishlaydi), 1- va 3-sinflarni 2- va 4- sinflarni bir komplektga birlashtirishning mos variantlarini tanlanadi. To'la jamlanmagan maktablarda ishlash o'qituvchi va o'quvchilar uchun bir qator qiyinchiliklar va to'siqlar bilan bog'liq: 1. O'qituvchi har kuni darsga tayyorlanishi va turli fanlardan eng kamida 8 soat dars o'tishi kerak. To'la jamlanmagan maktablarda darslar bo'yicha reja tuzish oddiy maktabda bir sinf bilan ishlashdagiga qaraganda ko'p vaqt talab qilishi bilan ishlash darajasi qiyin. Har kuni 8 yoki 12 ta reja ustida ishlash qiyingina bo'lmay, balki bularni o'zaro koordinatsiyalash anchagina vaqt talab qilishi bilan, ularga optimal pedagogik samara beradigan ularni bir butun birlashtirish zarurligi bilan ham qiyindir. Bularning hammasi o'qituvchidan tegishli bilimlarni bilishdan tashqari, maksimal darajada kuch, sabot, uyushqoqlik, matonat, qat'iyatlikni talab qiladi. 2. O'quvchilarning bir necha sinfga diqqat e'tiborini taqsimlashi juda qiyin. 3. O'qituvchi bir sinf bilan darsning yarmi yoki 13 qismi davomida shug'ullanishga, darsning qolgan vaqtida o'quvchilar mustaqil ishlashiga to'g'ri keladi. 4. O'quvchilar mustaqil ish bajarayotganida darhol o'qituvchidan yordam olish niyatidan mahrumdirlar, chunki bu vaqtda o'qituvchi boshqa sinf bilan band bo'ladi. 5. Bir sinf o'quvchilari, ayni vaqtda o'qituvchi rahbarligida ishlayotgan boshqa sinf o'quvchilarining xalaqit berishiga qaramay, mustaqil ishlayverishlari kerak. Shunga qaramay to'la jamlanmagan maktab o'quvchilari uchun bir qator afzalliklari ham mavjud. 1.Sinf o'quvchilari sonining kamligi (ba'zan 2-3 ta o'quvchi). Bu o'qituvchiga tez-tez so'rab turish, o'quvchilar bilimlaridagi kamchilliklarni topish va ularni tuzatish imkoniyatlarini beradi. 2. To'la jamlanmagan maktablarda o'quvchi daftarlarini tekshirishga oz vaqt sarflaydi, u budaftarlar orqali o'quvchi qanday va nimadan qiynalayotganini oson aniqlaydi. 3.To'la jamlanmagan maktablar maktab xususiyatiga ko'ra o'quvchi darsning taxminan 13 qismida mustaqil ishlashga to'g'ri keladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 68.16 KB
Ko'rishlar soni 167 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 14:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 68.16 KB
Ko'rishlar soni 167 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga