MAVZU: Qo'shish va ayirish, ko'paytirish va bo'lish amali ma'nosini ochib berish hamda uni bosqichlab kontsentrlarda bajarilishini o'rgatish. Reja: 1O'nlik mavzusida arifmetik amallarni o'rganish. 2.Yuzlik mavzusida arifmetik amallarni o'rganish. 3. Minglik mavzusida arifmetik amallarni o'rganish. 4Ko'p xonali sonlar mavzusida arifmetik amallarni o'rganish. 1.2.O'nlik mavzusida arifmetik amallarni o'rganish Mavzuni o'rganishda o'qituvchi oldida turgan asosiy maqsadlar quyidagilardan iborat: qo'shish va ayirish amallarining mazmuni bilan tanishtirish; hisoblash usullaridan ongli foydalanishni ta'minlash; sonni qismlari bo'yicha (bittalab yoki gruppalab) qo'shish va ayirish usuli; yig'indining o'rni almashtirish xossasidan foydalanib qo'shish usuli; v) sonlarni ayirishda qo'shish amalidan ya'ni noma'lum komponentni topishdan foydalanish. 3) 10 ichida qo'shish va ayirishni avtomatizmga yetkazish; Mavzuni o'zaro bog'langan bir nechta bosqichlarga bo'lib o'rganamiz. 1-bosqich. Tayyorgarlik bosqichi: qo'shish va ayirish amalining aniq mazmunini ochish; a+1 ko'rinishdagi qo'shish va ayirish hollari. Bu ish 1-10 ichida sonlarni o'rganishga bag'ishlangan boshlanadi. Bunda ikki to'plamning birlashmasiga doir va to'la qismini ajratishga doir yetarli mashq bajaradilar. Nomerlashni o'rganish jarayonida 1-o'rindagi keyingi son dan 1 ni ayirishdan hosil bo'lishi, shu bilan sonlar ko'rinishdagi hollar uchun jadval tuziladsi. Birinchi darsdanoq 1-1=0, 0+1=1 ko'rinishdagi amallarga to'xtaladi. 2-bosqich.a+2, a+3, a+4 ko'rinishdagi hollar uchun hisoblash usullari bilan tanishish. Bu hollarning har biri uchun taxminan bir xil quyidagi reja tuziladi. 1)tayyorgarlik sifatida sonlarni 2 qo'shiluvchiga ajratish va qo'shish hamda ayirish jadvallari takrorlanadi; 2)sonni qismlar bo'yicha qo'shish va ayirish usullari bilan tanishish; 3)yangi bilimlarni mustahkamlash va uni qo'llash; 4)qo'shish va ayirish jadvallarini ongli eslab qolishga doir ishlar. 3-bosqich.a+6, a+7, a+9 ko'rinishdagi hollar uchun hisoblash usullari bilan tanishish. Bu ishlarni bajarish jarayonida ham oldingilardek bajarilib, qo'shiluvchi, yig'indi so'zlari bilan tanishadilar. Bunda hisoblash usullari yig'indi bilan qo'shiluvchilar orasidagi bog'lanishlarni bilishga asoslangan. Bunda yig'indi va qo'shiluvchilardan biri orqali ikkinchi qo'shiluvchini topishga asoslangan. Qo'shishning o'rin almashtirish xossasini o'qitish. Qo'shiluvchilarning o'rnini almashtirish usullari bolalar tushunib olishlari uchun dastlab ularga qo'shishining o'rin almashtirish xossasi mohiyati ochib berish maqsadga muvofiqdir. Qo'shishning o'rin almashtirish xossasi bilan bolalarni quyidagicha tanishtirish mumkin. O'quvchilarga masalan, 4 ta yashil va 3 ta qizil uchburchak olish buyuriladi. O'qituvchi 3 ta uchburchakni 4 ta uchburchakka qo'shib qo'ying. Uchburchaklar nechta bo'ladiq Buni qanday bildingiz? O'quvchi: 4 ga 3 qo'shilsa 7 hosil bo'ladi (yozadi:4+3=7) O'qituvchi endi uchburchakning rangiga qarab ajrating va 4 ta uchburchakni 3 ta uchburchakka qo'shib qo'ying. Uchburchaklar nechta bo'ladiq O'quvchi: bu gal ham 7 ta (yozadi 4+3=7). O'qituvchi: bu misollarni sonlarni qo'shishdagi parametr nomlari bilan aytib bering. O'quvchi: birinchi qo'shiluvchi 4, ikkinchi qo'shiluvchi 3, yig'indi 7. Birinchi qo'shiluvchi 3, ikkinchi qo'shiluvchi 4 yig'indi 7. O'qituvchi: bu misollar nimasi bilan ...

Joylangan
04 May 2024 | 08:09:18
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.54 MB
Ko'rishlar soni
162 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 14:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
04 May 2024 [ 08:09 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.54 MB
Ko'rishlar soni
162 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 14:05 ]
Arxiv ichida: pptx