Ulush. Butunning ulushini topish. Ulushga ko'ra butunni topish

Ulush. Butunning ulushini topish. Ulushga ko'ra butunni topish

O'quvchilarga / Matematika
Ulush. Butunning ulushini topish. Ulushga ko'ra butunni topish - rasmi

Material tavsifi

Ulush. Butunning ulushini topish. Ulushga ko'ra butunni topish Reja: 1. Ulush va kasr tushunchasi bilan tanishtirish metodikasi. 2.O'nli kasrlarning yozilishi va o'qilishi. Kasrlar bilan tanishtirishning mohiyati. O'quvchilarni kasrlar bilan tanishtirish dasturiga binoan 3-sinfdan boshlanadi. Kasrlarning hosil bo'lishi, ularni taqqoslash, nonning ulushini topish va berilgan ulushga ko'ra sonning o'zini topish bilan tanishadilar. 4-sinfda 1 ning ulushi va bir necha ulushi va uning yozma ko'rinishi tasavvurlariga ega bo'ladilar. Kasr tushunchasi geometriyada kesma ulushi, miqdorlarning ulushi va boshqa geometrik shakllarning ulushlari bilan bevosita bog'langan. Kasr tushunchasini hosil qilish har xil narsalarni teng bo'laklarga bo'lish, kesish, sindirish, maydalashdan kelib chiqadi deyiladi. Boshlang'ich sinfdan oldin, ya'ni maktabacha yoshdayoq kasr tushunchasining boshlang'ich tushunchalari berilgan. Masalan, olma, tarvuz, bodring, non va boshqalarni bir necha bo'laklarga bo'lib ko'rgan va boshlang'ich tushunchalar berilgan. Aytib o'tilgan barcha masalalar ko'razmali qilib ochib beriladi. Miqdorlarning ulushlari bilan tanishtirish metodikasi Yuqorida ko'rdikki, 3-sinfda birning ulushlari, ya'ni 12, 13, 14 va hokazo ulushlarga oid tasavvurlarni hosil qilishdan iborat. Kasrlarni o'rgatish deyarli ko'rgazma asosida tushuntiriladi. Bu ko'rgazmalarga meva, qovun, tarvuz, geometrik shakl, cho'p, qog'oz va boshqa atrofdagi narsalarni olish mumkin. Ko'rgazmali tushuntirishda, masalan, olmani teng ikkiga bo'lish, yordamida kasr hosil qilinadi. SHunga mos olmani teng bo'lmagan 2 bo'lakka bo'lib, u yarim olma emasligini, demak, kasrni hosil qilmaslikni tushuntirish kerak. Faqat teng bo'lakka bo'lgandagina kasr son yoki butunning ulushi hosil bo'lishini mustahkam singdirish lozim. Turli xil geometrik shakllar bilan ishlayotganda bu shakl yordamida ulushlarni hosil qiladilar, hamda uning ba'zi xossalarini keltirib chiqaradilar. Masalan, kvadratni teng 4 bo'lakka bo'lishda, uni ikkita yo'l bilan bo'lib, burchaklarining o'zaro tengligiga, hamda tomonlarining ham o'zaro tengligiga asoslanib, shuningdek kvadrat simmetriyasi haqida tasavvurlarga ega bo'ladilar. Shuningdek, boshqa o'quvchilarga doirani, ba'zilariga to'g'ri to'rtburchakni 4 bo'lakka bo'lish topshiriladi. Bundan keyingi ish teng bo'laklarga bo'lingan ulushlardan bittasini, ikkitasini, uchtasini olib ularni qanday sonlar bilan yozish mumkinligi o'qitiladi. Kasrlarni ikkidan bir, uchdan bir, to'rtdan bir kabi o'qish va 12, 13, 14 larga narsalarni qanday bo'lib, qancha qismi olinayotanligi orasidagi bog'lanishni hosil qilish lozim. SHu asosda surat va maxraj hamda kasr kabi yangi terminlar kiritmasdan o'qiladi. Lekin chiziq chizish, chiziqning pastida butunni nechaga bo'lgan son, yuqorisiga necha ulushni olgan son yozilishi tushuntiriladi. Ulushlar mavzusida figuralarni teng bo'laklarga bo'lish asosida ulushlarni taqqoslash ham tushuntiriladi. Masalan, o'qituvchi 5 ta bir xil to'g'ri to'rtburchakli qog'ozdan yo'lakchali qilib qirqishni taklif qiladi. Bu yo'lakchaning birinchisini teng ikkiga, ikkinchisini teng to'rtga, bo'lib, ularni ustma-ust qo'yish asosida har bir teng bo'laklarni taqqoslaydi. Unda 12 14, 14 18, 13 16 kabi ekanligiga ishonch hosil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.13 MB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 14:29 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.13 MB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga