Barkamol avlodni ma'naviy - axloqiy va intellektual tarbiyalashda ommaviy axborot vositalarining ahamiyati

Barkamol avlodni ma'naviy - axloqiy va intellektual tarbiyalashda ommaviy axborot vositalarining ahamiyati

O'quvchilarga / Matematika
Barkamol avlodni ma'naviy - axloqiy va intellektual tarbiyalashda ommaviy axborot vositalarining ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Barkamol avlodni ma'naviy-axloqiy va intellektual tarbiyalashda ommaviy axborot vositalarining ahamiyati Barkamol avlodning ma'naviyatli, ma'rifatli, odob-axloqli, ochiq ko'ngil, sofdil, mehribon, g'ururli, vataniga sodiq, mard va jasur mehr-muhabbatli bo'lib tarbiyalanishida ommaviy axborot vositalarining roli juda katta. Chunki bu insonning ushbu xislatlarini tarbiyalashda unga ta'sir o'tkazadi va uning ongini o'stirishda muhim o'rinni egallaydi. Yurtboshimiz I.A.Karimov o'zining «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» asarida: «xalqimiz doimo ma'naviy jasorat hissi bilan yashagan va bu ulug' tuyg'u uning hayotida yillar, asrlar o'tgani sayin tobora kuchayib, yuksalib bormoqda. Chunki xalq ma'naviyati shunday bir buyuk ummonki, har qaysi av- lod undan kuch-qudrat, g'ayrat va ilhom olib, o'zining naqadar ulkan ishlarga qodir ekanligi namoyon bo'ladi»,2 - deb takidlagan edi. Zero, xalqning ma- naviyatini shakllantirish ajdodlar merosi asosida namoyon bo'lar ekan, yosh avlodning ma'naviy-axloqiy va intellektual tarbiyalanishida manan komil va aqlan sog'lom, ijtimoiy va insonparvarlik xislatlarga ega bo'lishiga xiz- mat qiladi. Jahon standartlariga mos keladigan o'quv maskanlarimiz har bir yosh avlodning ta'lim olishiga bo'lgan ishtiyoqini yanada oshiradi. Bu esa Yurt- boshimizning yosh avlodlarga ko'rsatayotgan g'amxo'rliklari, ularning ta'lim tarbiya olishlari, ommaviy axborot vositalaridan foydalanib dunyoni ko'rib bilib borishi va barkamol avlod bo'lib etishishlari uchun keng yo'l ochib ber- ganliklarining yorqin namunasidir. Jamiyatga puxta va chuqur bilimli, yuqori malakali kadrlarni etishtirib berish ta'lim islohatlarining asosiy yo'nalishidir. ta'lim va tarbiya ja- rayonini sifat samaradorligiga erishishda ommaviy axborot vositalarining o'rni beqiyosdir. Prezidentimizning «Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch» asarida «Bugungi kunda ta'lim tarbiya sohasidan boshlab , matbuot, televideniye, internet va boshqa ommaviy axborot vositalari teatr, kino, adabiyot, musiqa, rassomlik 2 I.A.Karimov. «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch». -T.; «ma'naviyat», 2008 170b. 53 va haykaltoroshlik san'atigacha, bir so'z bilan aytganda insonning qalbi va tafakkuriga bevosita ta'sir o'tkazadigan barcha sohalardagi faoliyatimizni xalqning ma'naviy ehtiyojlari, zamon talablari asosida yanada kuchaytiri- shimiz, yangi bosqichga ko'tarishimiz zarur» - deb ko'rsatilgan. O'quvchilarimiz uchun berib borilayotgan teleko'rsatuvlarda multfil- mlar orqali, kinofilmlar orqali milliy qadriyatlarimizni, udumlarimiz- ni ularning ongiga singdirib Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab borishda ommaviy axborot vositalarining o'rni beqiyos. O'qituvchilar tarbiya soatla- rida o'quvchilarimizning teleko'rsatuvlar orqali ko'proq qaysi dasturlar- ni tomosha qilishlarini aytib turishlarimiz, shuningdek uyda ota onalar o'z farzandlarining uydagi kompyuter texnikalarida nimalar ishlayotgani va ko'rayotgani va ularning tomosha qilayotgan teleko'rsatuvlarini nazorat qilishlari maqsadga muvofiqdir. Urf-odat dasturlarimizni o'z o'rniga qo'yib qadrlashimiz va yoshlarimizni ayrim bo'lmog'ir kinofilmlar ta'siridan saqlashimiz kerak. Bularga amal qilinganda ularning ko'z qarashlari salbiydan ijobiy tomonga sekin-asta o'zgarib boradi. O'quvchilarimiz uchun O'zbekiston teleradiokompaniyasi tomonidan berib borilayotgan teleko'rsatuvlarda tabiat go'zalliklarini, davlat mulkini as- rashni va qadrlashni, milliy qadriyatlarimizni, udumlarimizni o'rgatib borish haqida va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.79 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 12:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.79 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga