Birikmalar - rasmi

Material tavsifi

Birikmalar Reja: Boltli birikma Shpilkali birikma Vintli birikma Fitingli birikma Shponkali va shlitsali birikma Shponkali birikma Shlitsa (tish) li birikma Payvand birikma Parchin mixli birikma Birikmalar ikkiga bo'linadi: ajraladigan va ajralmaydigan. Birikma tarkibidagi detallarni sindirmasdan, yormasdan, qayirmasdan ya'ni shikast yetkazmasdan bo'laklarga ajratilsa, ajraladigan birikma deyiladi. Birikmani tarkibidagi detallarni shikast yetkazmasdan bo'laklarga ajratish imkoni bo'lmasa, ajralmaydigan birikma deb ataladi. Ajraladigan birikma o'z navbatida ikkiga bo'linadi: qo'zg'almaydigan birikma va qo'zg'aladigan birikma. qo'zg'almaydigan birikmaga barcha rezbali birikmalar (boltli, shpilkali, vintli, fitingli birikmalar) kiradi. Qo'zg'aladigan birikma esa shponkali, shlitsali va shtiftli birikma turlariga bolinadi. Ajralmaydigan birikmaga payvand birikma mix parchin birikma va kavsharlash, kleylash yordamida hosil qilingan birikmalar kiradi. Boltli birikma Boltli birikmada birikuvchi detallar, bolt, shayba, gayka zaruriyat bo'lganda shplintdan foydalaniladi. Bolt va gaykalar bosh ko'rinishda ularning uchta yoklari ko'rinadigan qilib joylashtiriladi. GOST 2305-96 bo'yicha bolt, vint, shpilkalar bo'ylama qirqimda kesilmagan holda tasvirlanadi. Gayka va shaybalar ham yig'ma chizmada kesilmagan holda tasvirlanadi. Bitta detalning barcha tasvirlarda qirqim shtirixovkasi qiyaligi bir tomonga bo'lishi kerak. Boltli birikmada mahkamlash detallari 3.1-shakl, a da ko'rsatilgandek shartli ravishda chiziladi. Bolt uzunligi uning oxirini gaykadan chiqib turgan qismi (K)ni hisobga olgan holda tanlanadi. Boltning uzunligini hisoblash formulasi: ℓb =a+b+Ssh+H+K; bu yerda a va b birikuvchi detallar qalinligi; H bolt kallagi balandligi, rezbaning uzunligi esa birikmani mustahkamlik shartidan kelib chiqib tanlanadi. Ehtiyoj chorasi hisobga olingan rezba N≥2Ssh. Boltli birikma chizmasiga faqat uchta o'lcham qo'yiladi: rezba diametri, bolt uzunligi va birikadigan detallar teshigining diametri. GOST 2315-96 bo'yicha yig'ma chizmada mahkamlash detallari soddalashtirib yoki sterjen diametri 2 mm va undan kichik bo'lsa shartli tasvirlash mumkin. Soddalashtirib tasvirlaganda faska, yumaloqlashlar, bolt sterjeni bilan teshik orasidagi oraliq ko'rsatilmaydi. Shpilkali birikma Shpilka yordamida detallarni biriktirish uchun detallardan biri to'liq teshilmaydi va unga rezba chiqarilgan bo'ladi. Unga shpilkaning o'tkazuvchi uchi burab qotiriladi. Ikkinchi birikuvchi detalga to'liq silindrik teshik o'yilgan bo'lib, bu detal shpilkaning siquvchi uchidan kiygiziladi. So'ngra shayba kiygizilib, undan keyin gaykani burab, birinchi detalga ikkinchisi qisiladi. Shpilkaning o'lchamlari orasidagi o'zaro munosabat va shpilkali birikmaning tasviri 3.1-shakl, b da berilgan. Shpilkaning uzunligini hisoblash formulasi: ℓshP=a+S+H+K. GOST 2315-96 bo'yicha shpilka yordamida detallarni biriktirishni soddalashtirib tasvirlash mumkin. Boltli va shpilkali birikmaga oid amaliy ish 3.1-shaklda ko'rsatilgandek bajariladi. Bu ishga oid topshiriq variantlari 2.4, 3.1-jadvallardan olinadi. Vintli birikma Vint yordamida detallarni biriktirish uchun detallardan biri (1) to'liq teshilmaydi va unga rezba chiqarilgan bo'ladi (3.2-jadval, a, b). Ikkinchi birikuvchi detal (2) to'liq silindrik teshik o'yilgan bo'ladi (3.2-shakl, v). Bu teshik diametri l,ld ga teng bo'ladi. Vint birinchi detal teshigidan erkin ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 278.75 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 12:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 278.75 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga