Buyumlarning tasviri

Buyumlarning tasviri

O'quvchilarga / Matematika
Buyumlarning tasviri - rasmi

Material tavsifi

Buyumlarning tasviri Reja: Jismlarning texnik chizmalarini tasvirlash - ko'rinishlar, kesimlar, qirqimlar. Chetga chiqarish elementlari. Mashinasozlik chizmachiligidagi ayrim soddalashtirishlar. Qirqim va kesimning amalda qo'llanilishi. Tayanch iboralar: Detalning konstruksiyasi - har qanday buyum (detal) turli oddiy geometrik shakllardan tashkil topgan birikma. Ko'rinish - buyum yoki detalning ko'rinib turgan tashqi qiyofasining tasviri. Proyeksion bog'lanish - ko'rinishlarning chizma maydonida joylashishi. Qo'shimcha ko'rinish - buyumning asosiy proyeksiyalar tekisliklaridaga nisbatan parallel bo'lmagan tekislikdagi tasviri. Qirqim - buyumning bitta yoki bir nechta fazoviy tekisliklar bilan fikran kesilishidan hosil bo'lgan tasviriy qism. Kesim - buyumning bitta yoki bir necha tekisliklar bilan fikran kesilishidan ana shu kesishgan joyning chizmada tasvirlanishi. 1. Jismlarning texnik chizmalarini tasvirlash - ko'rinishlar, kesimlar, qirqimlar. To'g'ri burchakli tasvirlar. Har qanday buyum (detal) turli oddiy geometrik shakllardan tashkil topgan bo'lib, ularning birikmalari biror detalning konstruksiyasini hosil qiladi. Ana shunday buyumning geometrik shakli va xususiyatlari to'g'risida mukammalroq tasavvurga ega bo'lish uchun uning tekislikdagi tasvirini (chizmasini) tuzishga to'g'ri keladi. Bu tasvir buyumning fazodagi haqiqiy shaklini tuzish imkonini beruvchi ma'lum geometrik qoidalarga amal qilingan holda chizilgan bo'lishi kerak. Bunday masalalarni yechishda chizma geometriya kursida bayon etilgan to'g'ri burchakli proyeksiyalash usulidan foydalaniladi. Ko'pincha detallarning, buyumlarning va boshqa har qanday qurilmalarning konstruksiyalarini hosil qilishda, ularning texnik chizmalarini tasvirlashda ularda o'zaro perpendikulyar bo'lgan uch tekislikka proyeksiyalash yetarli bo'lmay, balki buyumning uch va undan ortiq ko'rinishlarini tasvirlashga to'g'ri keladi. Chizmalar aniq, yaqqolroq bo'lishi uchun bir xil talab va qoidalarni o'z ichiga oluvchi YeSKD standartlaridagi ko'rsatmalarga rioya qilingan holda chizilishi lozim. Mazmuniga qarab chizmalardagi tasvirlar ko'rinish, kesim va qirqimlarga bo'linadi. Ko'rinish. Buyum yoki detallarning ko'rinib turgan tashqi qiyofasining tasviriga ko'rinish deyiladi. Ko'rinishlar soni kamroq bo'lishi uchun detalning ko'rinmas qismlari shtrix chiziq yordamida ko'rsatiladi. Ko'rinishlar mazmuni va ularning bajarilish holatlariga qarab asosiy, qo'shimcha va mahalliy kabi ko'rinishlarga bo'linadi. Asosiy ko'rinishlar. Asosiy ko'rinishlarda proyeksiyalar tekisliklari uchun kubning olti tomoni qabul qilinadi (1-shakl, a, b). Detal fikran kubning ichiga joylashtirilib, uning tasviri har bir qirraga tushiriladi, so'ngra 1-shakl, b da ko'rsatilganidek kubni yoyib chizma tekisligi bilan jipslashtiriladi. Natijada detalning proyeksiyalar tekisliklaridagi oltita tasviriga ega bo'linadi. Ko'rinishlarning chizma maydonida bunday joylanishini proyeksion bog'lanishlar deyiladi. Ko'rinishlar quyidagi nomlar bilan yuritiladi: 1 - olddan ko'rinish yoki bosh ko'rinish; 2 - ustdan ko'rinish; 3 - chapdan ko'rinish; 4 - o'ngdan ko'rinish; 5 - ostdan ko'rinish; 6 - orqadan ko'rinish. Shuni aytish kerakki, orqadan ko'rinish o'ngdan ko'rinishning yonida ham joylashishi mumkin. Chizmalarda ko'rinishlar nomi va proyeksion bog'lanish chiziqlari ko'rsatilmaydi. Lekin detalning ko'rinishlari o'zaro ma'lum masofada joylashgan bo'lib, bir-birlari bilan uzviy bog'langan bo'lishlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.5 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 12:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.5 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga