Detal sirti g'adir-budirligini chizmada belgilanishi Reja: Umumiy tushunchalar Sirt shaklining chetga chiqishi Sirtlarning joylashishini chetga chiqishi Sirt shaklining dopuski va sirtlarni joylashishining shartli belgilari Detal sirti yuzalarning g'adir-budirligi va ularning parametrlari G'adir-budirliklarni chizmada belgilanishi Chizmada ko'p uchraydigan yuzalar g'adir-budirligini qo'yish Umumiy tushunchalar Detallarni eyilishiga chidamliligi va uzoq vaqt ishlashi ko'pincha ularning sirti hamda shaklining anikligiga bog'liq. Xar bir detalning mavjud sirti kulda yoki mexanik yo'l bilan biror xil ishlov berish usuli natijasida hosil qilinadi. Shuning uchun detalning sirti chizmada yoki boshqa texnik hujjatda nominal shakldan farq qilishi( chetga chiqishi) mumkin. Bu esa bir-biriga nisbatan harakatlanayotgan detallar orasidagi zazor (oralik) ning bir xil bulmasligiga, qo'zg'almaydigan birikmada detallarning birikadigan sirtlari bir xil kisilmasligiga olib keladi. Natijada markazlanish anikligi, birikmaning mustahkamligi pasayadi, bir-biriga nisbatan ishqalanish bilan harakatlanadigan birikmalarda esa detallarning eyilishiga chidamliligi pasayadi. Sirt shaklining chetga chiqishi Sirt bilan tekislikning kesishish chizig'iga yoki berilgan sirtga profil deyiladi. Berilgan tayyor detalning sirtiga, ya'ni xakikatdan mavjud (real) sirtiga - real profil deb, sirtning nominal sirt shaklidan chetga chiqishiga sirt shaklininsh chetga chiqishi deb ataladi. Sirt shaklining chetga chiqish miqdori real sirtdagi nuqtalar bilan unga yondosh (urinib) turgan sirt nuqtalarini uning normali bo'yicha o'lchangan eng katta masofa bilan belgilanadi. Bu yondosh turgan sirt nominal sirt bo'lib, u real sirtga tegib turadi va detal materialidan tashqarida shunday joylashgan bo'ladiki, real sirtning undan eng uzoqlashgan nuqtasi belgilangan joy(uchastka) chegarasida eng kam qiymatga ega bulsin. Sirt shaklini chetga chiqishining ruxsat etilgan eng katta qiymatiga shaklning dopuski deyiladi. Shaklning dopusk maydoni shunday maydonki,unda belgilangan kism chegarasida real sirtning barcha nuqtalari yotadi. Tasvirda quyidagi xarfiy belgilardan foydalaniladi. Chetga chiqish -∆, dopusk-T, belgilangan joy uzunligi-L. Sirt shaklining chetga chiqishlarini quyidagi ko'rinishlari mavjud: to'g'ri chiziqlikdan, tekislikdan, yumaloklikdan va silindrlikdan chetga chiqish. Tekislikda to'g'ri chiziqlikdan chetga chiqish 7.1-shaklda ko'rsatilgan. to'g'ri chiziqlikdan chetga chiqishini xususiy ko'rinishlari kavariklik (7.1-shakl, a) va botiklik (7.1-shakl,b) bo'lib hisoblanadi. Kavariklikda to'g'ri chiziqlikdan chetga chiqishda haqiqiy (real) shaklning nuqtalari bilan yondosh (urinib, tegib) turgan chizk orasidagi masofa profil chetidan o'rtasi tomon kichrayib boradi. Botiklikda to'g'ri chiziqlikdan chetga chiqishda real shaklning nuqtalari bilan urinib turgan chiziq orasidagi masofa profil chetidan o'rtasi tomon kichrayib boradi. Botiklikda to'g'ri chiziqlikdan chetga chiqishda real shaklning nuqtalari bilan urinib turgan chiziq orasidagi masofa profil chetidan o'rtasi tomon kattalashib boradi. Dopusk bilan tekislikdan chetga chiqishi 7.2-shaklda ko'rsatilgan. Tekislikdan chetga chiqishining xususiy ko'rinishlari kavariklik (7.2-shakl, b) va botiklik (7.2-shakl,v) hisoblanadi. Kavariklikda tekislikdan chetga chiqishining shunday ko'rinishiki, bunda real sirtning nuqtalardan yondosh tekislikkacha bo'lgan masofa sirtning chetlaridan markazi tomon kamayib ...

Joylangan
06 May 2024 | 05:41:10
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
170.75 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 12:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 May 2024 [ 05:41 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
170.75 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 12:45 ]
Arxiv ichida: doc