Dopusk va o'tqazishlar, ularni chizmada belgilanishi Reja: Umumiy tushunchalar O'lcham dopuski O'tqazishlar, kvalitetlar Umumiy tushunchalar Hozirgi zamon mashinasozligida ko'p miqdorda ishlab chiqariladigan bir xil funksiyani bajaruvchi detallarning istalgani biror uzel, mexanizm va mashinalarga o'rnatilganda, ular o'rnatiladigan o'ringa, qo'shimcha ishlov bermay va moslamay yig'iladi. Detallarning o'zaro almashuvchanligini ta'minlash uchun ularni chizmalarda ko'rsatilgan nominal o'lchamlariga muvofiq ishlab chiqarish zarur. Loyiha natijasida aniqlanib va GOST 6636-96 ga muvofiq o'ziga yaqin bo'lgan katta qiymatga yaxlitlanib olingan asosiy o'lcham nominal o'lcham deyiladi. (6.1-shakl). Biroq ishlov berishda detalning birorta ham o'lchami nominal o'lchamga teng bo'lolmaydi. Bunga stanok, kesuvchi asbob va o'lchov asboblarining noaniqligi, keskich uchining eyilishi, keskich bilan detalning kesuvchi kuch ta'sirida deformatsiyalanishi va boshqa bir qancha sabablar bo'ladi. Shuning uchun, detallarning o'zaro almashinuvchanligini ta'minlash maqsadida, nominal o'lchamlaridan farqli ravishda ularning eng katta va eng kichik chekli chetga chiqish o'lchamlari belgilanadi (6.1-shakl, b). Nominal o'lcham yo'l qo'yilgan chegarada chetga chiqishini hisoblashning boshlanishi bo'lib xizmat qiladi (6.1-shakl,a). Yo'l qo'yilgan chegarada chetga chiqish yo'l qo'yilgan chegara bilan nominal o'lcham orasidagi algebraik farq bo'lib hisoblanadi. Detalni bevosita o'lchash yo'li bilan aniqlangan o'lchami haqiqiy o'lcham deb aytiladi (6.1-shakl,b). Orasida detalning haqiqiy o'lchami joylashgan ikkita ruxsat etilgan oxirgi o'lchamlar yo'l qo'yilgan chegaradagi o'lchamlar deyiladi. Detalning yo'l qo'yilgan chegaradagi o'lchamlari, uning tayyorlash sifatini ta'minlaydi. Detalning tayyorlash usulidan qat'iy nazar, uzel yoki mashinadagi o'rniga qo'shimcha ishlov bermasdan qo'yib hamda ish paytida o'z funksiyasini barcha texnikaviy talablarga javob bergan holda bajarishga to'liq o'zaro almashinish deyiladi. O'zaro almashinishning asosiy sharti, talab qilingan o'tkazishni ta'minlashdan iborat. Detallarning birikish xarakteriga , ya'ni zazorli ( ma'lum oraliq bilan ) yoki zazorsiz (bir-biriga nisbatan qisilib-tarang) birikishiga o'tkazish deyiladi. Birikuvchi ikki detalning ichki o'rab oluvchi elementi teshik va tashqi o'raluvchi elementi val deyiladi. Bu terminlar ,albatta shartli bo'lib, ular detalning xoxlagan shakldagi elementi bo'lishi mumkin (6.2-shakl). Birikuvchi detallar bir-biriga nisbatan qo'zg'aladigan (erkin) yoki qo'zg'almaydigan holda joylashgan bo'ladi. Ularni bir-biriga nisbatan erkin joylashishi birikmada oralik (zazor) bo'lganligidan (teshik o'lchami val o'lchamidan katta) (6.3-shakl,a), qo'zg'almaydigan holda joylashishi birikmada zazor bo'lmaganligidan, ya'ni bir-biriga nisbatan qisilib (tarang) joylashishidan hosil bo'ladi. Qo'zg'almaydigan holda joylashganda detallar yig'ilguncha val diametri teshik diametridan katta bo'ladi (6.3-shakl,b). O'lcham dopuski Detalning yo'l qo'yilgan chegarada eng katta va eng kichik o'lchamlar orasidagi farqga dopusk(cheklanish) deyiladi (6.4-shakl). Yo'l qo'yilgan chegarada eng katta o'lcham bilan nominal o'lcham orasidagi farqga yuqori chetga chiqish, eng kichik o'lcham bilan nominal o'lcham orasidagi farqga pastki chetga chiqish deyiladi. Asosiy chetga chiqish yo'l qo'yilgan chegaradagi yuqorigi yoki pastki chetga chiqishlardan biri bo'lib dopusk maydoniga nisbatan nol chizig'ini aniqlashda ...

Joylangan
06 May 2024 | 05:41:10
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.45 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 12:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 May 2024 [ 05:41 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.45 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 12:51 ]
Arxiv ichida: doc