Fazoviy shakllarni tekislikka tasvirlashning proyeksiyalar usuli

Fazoviy shakllarni tekislikka tasvirlashning proyeksiyalar usuli

O'quvchilarga / Matematika
Fazoviy shakllarni tekislikka tasvirlashning proyeksiyalar usuli - rasmi

Material tavsifi

Fazoviy shakllarni tekislikka tasvirlashning proyeksiyalar usuli Reja: 1. Chizma geometriya Fani 2. Asosiy geometrik tushunchalar va figuralar 3. Geometrik fazo 4. Markaziy proyeksiyalash usuli va uning xossalari 5. Parallel proyeksiyalash usuli va uning xossalari 6. Aksonometrik proyeksiyalar 1. Chizma geometriya fani Fan bizni urab turgan obyektiv borliqning qonuniyatlarini o'rganadi va o'z tadqiqotlaribilan ular haqidagi bilimimizni boyitadi. borliqning dialektik qonuniyatlarini o'rganishda geometrik xossalar xam katta rol uynaydi. Oliy texnika o'quv yurtlarida ukitiladigan fundamental texnika fanlari bo'lajak injenerlarga shunday apparatlar beradiki, bular orqali amaliy injenerlik masalalari ochiladi. Chizma geometriyaning asosiy apparati proyeksiyalash usullari bo'lib, u chizma vositasida urganiladi. Chizma geometriya umumiy geometriyaning bir shoxobchasidir, u narsalarning geometrik xususiyatlariga asoslangan holda tasvirlash metodlari yordamida ularning shakllari, o'lchamlari va o'zaro joylashishlari, shuningdek pozitsion metrik va konstruktiv masalalarni yechish algoritmlarini urganiladi. Chizma geometriya boshqa geometriyalardan uzining asosiy usuli tasvirlash usuli bilan farq qiladi. Chizma geometriya matematika fanlari bilan uzviy bog'liq bo'lib, umumiy texnika fanlaridan hisoblanadi. U uzining tasvirlash usullari yordamida o'quvchining fazoviy tasavvurini kengaytiradi, tasvirlarni yasash va oldindan yasalgan tasvirlarni chizma geometriya ukiy bilish hamda injenerlik masalalarini yechishga yordam beradi. Chizma geometriya qonunlari bilan bor narsalargina emas, balki tasavvur kilinadigan narsalar xam tasvirlanadi. Chizma geometriyaning asosiy mazmuni kuyidagilardan iborat: 1.Fazodagi figuralarning tekislikdagi (umuman sirtdagi) tasvirlarini yasash usullarini yaratish 2. Figuralarning berilgan tasviriga asosan unga oid fazoviy masallarni yechish va tekshirish usullarini o'rganish. CHIZMA GEOMETRIYA KURSIDA QUYIDAGILAR URGANILADI: 1. Fazoviy figuralarning tekislikdagi tasvirlarini, ya'ni tekis modellar yasash usullari. 2. Chizmada geometrik masalalarni grafik yul bilan yechish usullari. 3. Figuralarning berilgan tekis chizmalari bo'yicha ularning fazoviy ko'rinishini va vaziyatini tasavvur qilish hamda ularning yakkol tasvirlarini yasash usullari. 4. Figuralarning garfik va analitik modellari hamda ularning biridan ikkinchisiga utish usullari. 2. Asosiy geometrik tushunchalar va figuralar. Geometriyaning asosiy tushunchalaridan biri geometrik figuralardir. Ta'rif. Xar qanday tartibda joylashgan nuqtalar to'plami geometrik figura deyiladi. Geometrik figuralarni tashkil qiluvchi nuqtalar to'plami bir necha va cheksiz ko'p nuqtalardan tuzilgan bo'lishi mumkin.Geometrik figuralar juda ko'p. Ammo shulardan eng asosiylari to'g'ri chiziq va tekislikdir. nuqtalar, to'g'ri chiziqlar va tekisliklar orasida ma'lum munosabat urnatilgan bo'lib, buni etishlilik yoki tegishlilik deb yuritildi. Masalan, A nuqta a to'g'ri chiziqda yotadi (yoki tegishli): A ª a; a to'g'ri chiziq h tekislikda yotadi. (yoki tegishli): a ª h va xokazo. nuqta. nuqta eng boshlang'ich geometrik obrazdir. nuqtani xajmsiz, yuzasiz, uzunlikka ega bo'lmagan geometrik element deb qarash mumkin. Biz buni chizmalarda shartli ravishda kichkina aylana ko'rinishida tasvirlaymiz. to'g'ri chiziq. to'g'ri chiziqni bitta nurda etuvchi nuqtalar to'plami deb qarash mumkin. Berilgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.8 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 13:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.8 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga