Geometriya o'qitishda amaliyotga yo'naltirish Reja: 1. Amaliy masalalar haqida tushuncha 2. Geometriya o'qitishda talabalarning iqtisodiy tarbiyasi 1. Amaliy masalalar haqida tushuncha Pedagogik tadqiqotlarda amaliyotga yo'naltirish deganda matematika kursini mazmun jihatdan amaliyot bilan bog'lanishi tushuniladi. Pedagogik adabiyotlarda amaliy masalalar haqidagi tushuncha turlicha talqin qilinadi. Bazi tadqiqotchilar (G.G.Maslova, N.L.Tixonov, S.S.Vardaiyan, G.M.Voznyak, Nguen Van Chang va b.q.) amaliy masalalarni tabiiy tildan matematika tiliga o'tish deb hisoblaydilar. Boshqa tadqiqotchilar (N.Gaybullaev, Ya.A.Korol, G.M.Morozov va b.q.) amaliy masala deganda qo'yilgan masalani yechish metodi amaliyotda kelib chiqadigan masalaga yaqin bo'lishini tushunadilar. Bizning fikrimizcha amaliyot masalasi - bu matematika tashqarisida qo'yilgan masala va matematik metodlar yordamida echiladigan masaladir. Amaliyotga yo'naltirish masalalaridan biri bu iqtisod masalasidir. Matematik fanlarning kelib chiqishi, shubhasiz, iqtisod ehtiyojlari bilan bog'liq bo'lgan. Masalan, qancha maydonga don sepish, oilani to'q tutish uchun zarur ekin maydonini qanday qilib o'lchash va olinajak hosilni chamalab baholash zarur bo'lgan. Ishlab chiqarishning taraqqiyoti va murakkablashishi bilan iqtisodning matematik hisoblashlarga bo'lgan ehtiyoji ortib bordi. Hozirgi ishlab chiqarish - ko'plab korxonalarning qatiy muvozanatga solingan faoliyatidan iboratki, u behisob matematik masalalarni yechish bilan ta'minlanadi. Bu ish bilan iqtisodchilar, reja tuzuvchilar va buxgalterlarning bir butun armiyasi mashg'ul, minglab elektron hisoblash mashinalari esa hisob - kitoblar bilan band. Bunday masalalar qatoriga ishlab chiqarish rejasini tuzish ham, qurilish obyektlarining eng afzal joylashuvini aniqlash ham, yuk tashishning eng tejamli marshrutlarini tanlash ham kiradi. Bunday turdagi masalalarni yechish bilan matematik iqtisod fani shug'ullanadi. Matematik iqtisod, shuningdek, avvaldan malum iqtisodiy hodisalarning modellashtirilgan matematik tavsifi, iqtisodiy hisob - kitoblardagi turli gipotezalarning tahlili, ularni ifodalovchi matematik munosabatlar bilan ham shug'ullanadi. Matematik iqtisodning murakkab muammosi - nazariyani amaliyot bilan taqqoslash: iqtisodiy ko'rsatkichlarni o'lchash anchayin qiyin, axir ular laboratoriya sharoitida o'lchamaydi, kuzatuvlarni olib borish uchun esa kamdan - kam holda imkon bor (aholi ro'yxati), qolaversa, ular har xil sharoitlarda o'tkaziladi va qator noaniqliklarga ega bo'ladi. Shu boisdan bu sohada boshqa fanlarda to'plangan o'lchamlar tajribasidan foydalanish dargumon bo'lib, maxsus metodlar ishlab chiqish taqozo etiladi. Matematik iqtisodning taraqqiyoti Matematik programmalashtirish degan umumiy nom bilan birlashtiriluvchi bir necha matematika sohalari paydo bo'lishiga turtki bo'ldi. 2. Geometriya o'qitishda talabalarning iqtisodiy tarbiyasi Talabalarning iqtisodiy tarbiyasi deganda biz iqtisod mazmunidagi masalalarni yechish jarayonida iqtisodiy omillar va ularning geometrik interpretatsiyasini ko'rsatishdan iboratdir. Bizning fikrimizcha, akademik litsey va kasb - hunar kollejlarini talabalariga matematik programmalashtirishning ayrim metodlari bilan tanishtirish lozim. Matematik programmalashtirish metodlari chegaralangan resurslardan oqilona foydalanishni talab etadi. Ushbu misolni qaraymiz . Shartlarni qanoatlantiruvchi shunday va larni topish kerakki, bunda funksiya maksimal qiymatga ega bo'lsin. Keltirilgan masalaning joiz yechimi deb, shunday ...

Joylangan
06 May 2024 | 05:41:10
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
119.94 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 May 2024 [ 05:41 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
119.94 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:11 ]
Arxiv ichida: doc