Grafik ishlarni tayyorlash

Grafik ishlarni tayyorlash

O'quvchilarga / Matematika
Grafik ishlarni tayyorlash - rasmi

Material tavsifi

Grafik ishlarni tayyorlash Reja: Grafik ishlarni tayyorlash bo'yicha yagona tizim. Grafik ishlarni tayyorlashdagi umumiy qoidalar. Elektron trenajer haqida. Grafik ishlarni tayyorlash bo'yicha yagona tizim. Detal chizmalarini keng miqyosda ishlatilishi va ularning har xil ko'rinishda bajarilishi detalni tayyorlashda birmuncha qiyinchiliklar kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Masalan: ishlab chiqarishni rivojlanishi detallarning yagona nushasini tayyorlash va bu nusha chizmalarni ma'lum bir qoidaga amal qilib bajarilishi zarurligini taqozo qiladi. Bu qoidalar O'zbekiston Davlat standartlari(O'z.Dav.st.) bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda hamma standartlar bitta konstruktorlik hujatlarining yagona tizimiga KHYT (ECKД-Eдиная система конструкторско документации) birlashtirilgan. Xalqaro standartlashtirish tashkilotlarining takliflari hisobga olinib, KHYT tarkibiga qo'shimch stahdartlar kiritildi. Chizmalar Davlat standartlarida (qisqacha О'z.Dav.St. deb ataladi) ko'rsatilgan qonun va qoidalarga muvofiq chizilishi kerak. Davlatimizda KHYT Ko'nstrukto'rlik hujjatlarning yagona mizimi standartlari mavjud. Bu standartlar bo'yicha chizmalarga bir xil talablar qo'yiladi. Davlat standartlarini buzib bo'lmaydi, ular hamma uchun majburiydir. Grafik ishlarni tayyorlashdagi umumiy qoidalar. Grafik ishlarni KHYT (konstruktorlik hujjatlarini yagona tizimi)ga kiruvchi formatlar, masshtablar, chiziq turlari, shriftlar, asosiy yozuvlar va boshqa qoidalarga asosan taxt qilinadi. Chizma geometriya va injenerlik grafikasi fanlaridan grafik ishlarni bajarish uchun chizmachilik asboblari, kompyuterda chizish uchun avtoCAD programasi yoki elektron trenajerda chizish uchun write Board programasi bo'lishi kerak. Yuqorida keltirilgan chizmachilik asboblari va yangi texnologik ta'lim vositalari haqida qisqacha ma'lumot: O'quv qurollari: 1.Chizmachilik taxtasi: 100x650x20mm. 2.Reysshina: Reysshina ikkita plankali bo'lgan uzun chizg'ichdan iborat. 3.Uchburchaklar: Uchburchaklar ikki tipda: 450 burchakli (kateti 185-220 mm) hamda 300 va 600 burchakli ( kateti 250-300 mm ) qilib tayyorlanadi. 4.Lekalolar, 5.Gotovalnya 6. Qalamlar: Qattiq qalamlar T va H bilan, yumshoq qalamlar M va B bilan va o'rtacha qattiqlikdagi qalamlar TM va HB bilan belgilanadi. T va H, M va B oldidagi raqam qancha katta bo'lsa, qalam shunchalik qattiq yoki yumshoq bo'ladi. Elektron trenajer haqida. Write Board tizimini ishga tushirish. **Chizma geometriya epyurlarini elektron trenajerda chizish usullari Elektron trenajer, prosessor, klavatura va proyektorni tarmoqqa ulanadi. Elektron trenajer(elektron doska)da dars o'tganimizda qo'limizda faqat elektron qalam (kompyuter sichqonchasi vazifasini bajaruvchi) bo'ladi. Hamma amallar mana shu qalam yordamida bajariladi. Dars oddiy doskada o'tilgandek, faqat unda xoxlagan rangdagi va qalinlikdagi chiziq turlarni chizish mumkin. Dars jarayonida o'quv qurollarining elektron ko'rinishidan, raqam va shriftlarning bosma va yozma ko'rinishlaridan, tekslik, sirt va boshqa yuzalarni bo'yashda kerakli ranglardan foydalanish mumkin. Chiziqlarni o'chirish, qisqartirish, uzaytirish, chiziq yog'onlarini tanlash va ko'chirish juda qulay. Eng muhimi o'tilgan darsni, chizmani yoki chizmalarni doskaning hotirasiga saqlab, qayta ko'rsatish imkoniyati mavjud. Buning uchun elektron trenajerda kerakli komandalarni chaqirish va ularni kerakli vaqtda almashtirib turish lozim. Chizma geometriya darslarida o'tiladigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.83 MB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 13:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.83 MB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga