Hamkorlikda o'qitish, interfaol texnologiyalar va organayzerlar Reja: 1. Hamkorlikda o'qitish g'oyasi. Uning o'ziga xos xususiyatlari. 2. Hamkorlikda o'qitishning turlari. 3. Ta'lim tarbiya tizimini sifat jihatdan buyunlay yangi bosqichga ko'tarish yo'llari. Tayanch iboralar: Hamkorlikda o'qitish, interfaol texnologiyalar, organayzerlar, Interfaol metodlar, hikoya, ma'ruza, suhbat, ko'rgazmali metod, tasviriy namoyish; 1. Hamkorlikda o'qitish g'oyasi. Uning o'ziga xos xususiyatlari. Tanqidiy fikr - bu qo'yilgan masala yoki muammo yuzasidan o'z fikrini bayon qilish, o'zgalarning fikrlarini tanqidiy qayta idrok etish, o'z nuqtai nazarini asoslab berish va saqlab qolish imkoniyatiga ega bo'lishga asoslangandir. Yana bu qoidaga aniqlik kiritadigan bo'lsak, fikrlash - bu o'qish, yozish, so'zlash va eshitishga o'xshash jarayon. U faol, muvofiqlashtiruvchi shunday jarayonki, o'zida biror haqiqat to'g'risidagi fikrlarni qamrab oladi. Tanqidiy (tahliliy) fikr shu bilan ahamiyatlidir: - hayotning murakkab o'zgaruvchanlik ma'nosini tushunib yetishga yordam beradi; - jamoaning ochiq fikrini rag'batlantiradi; - shaxsning rivojlanishiga sharoit yaratishi va boshqalar. Ta'lim jarayonida tanqidiy (tahliliy) fikrlashning asoslanishi: 1. O'qituvchi (pedagog) o'quvchi-talaba o'rtasida hamda o'quvchi-talabaning o'zaro hurmatini tarbiyalaydi. 2. Mashg'ulot jarayonida o'quvchi-talaba tajribasidan foydalaniladi. 3. O'quv mazmuni o'quvchi-talabaning talablariga mos va aniq belgilanadi. 4. Muammoni hal qilishda o'quv materiallaridan foydalaniladi. 5. Har xil buyum va qarashlar integratsiyalashadi. 6. Dastlabki shart-sharoitlar qabul qilinadi va tekshirib ko'riladi. 7. Ta'lim o'qituvchi (pedagog) va o'quvchi-talaba, o'quvchi- talabani o'zaro munosabati orqali berib boriladi. 8. O'quvchi-talaba mustaqil ta'lim olishi uchun sharoit yaratiladi - o'quvchi-talabani tayyorlash darajasiga muvofiq metodlar tanlanadi. Mashg'ulotlar jarayonida foydalaniladigan didaktik o'yinli texnologiyalar o'quvchi-talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish, darslik va qo'shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish, ularni ongli ravishda kasb-hunarga yo'llash, didaktik o'yin davomida vujudga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etishda mo'ljalni to'g'ri olish, har xil vaziyatlarni tahlil qilib, to'g'ri xulosa chiqarishga zamin hozirlaydi. O'quv dasturlaridan o'rin olgan muammoli mavzular muammoli ta'lim texnologiyalaridan foydalangan holda muammoli dars «aqliy hujum» shaklida o'rganilishi tavsiya etiladi va munozarali mavzular munozarali dars shaklida o'rganilishi maqsadga muvofiq. O'quv jarayonida munozarali darslarning ikki xili: ilmiy munozara va erkin fikrlash darslaridan foydalaniladi. Interfaol metodlar - o'zaro fikr almashishga, o'zaro fikrlarni to'ldirishga, noverbal va verbal ta'sir o'tkazishga qaratilgan harakatlar majmuasidir. Interfaol metodlar o'zaro ta'sir asosida qurilgan intellektual harakatlar shunchaki ta'sir, turtki vazifasini bajarish bilan cheklanib qolmasdan, balki hamkorlik subyektlarini ijodiy izlanishga yo'naltirish, noma'lum holatni ochishga, kashf etishga ko'mak beruvchi nazariy-aqliy mulohazalarda ifodalanishi mumkin. Ta'lim mazmunini o'zlashtirishda talabalarning bilim saviyasi, o'zlashtirish darajasi, ta'lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda quyidagi interfaol metodlar qo'llaniladi: - o'qitishning ko'rgazmali metodi; - mustaqil ishlar metodi; - muammoli evristik modellashtirish metodi; - ilmiy tadqiqot metodlari; - o'qitishning muammoli-izlanish va ...

Joylangan
06 May 2024 | 05:41:10
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.88 KB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 May 2024 [ 05:41 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.88 KB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:13 ]
Arxiv ichida: doc