Injenerlik grafikasiga oid standartlar Reja: Injenerlik grafikasi formatlari Injenerlik grafikasi masshtablari Injenerlik grafikasida chiziq turlari Injenerlik grafikasi formatlari (O'zbekiston Davlat standarti)О'z.Dav.St. 2.301-2003. Grafik ishlarni chizishda qog'ozdan to'g'ri va samarali foydalanish hamda grafik ishlarni qulay saqlash uchun О'z.Dav.St. 2.301-2003 da belgilangan formatlardan foydalaniladi. Tomonlarining o'lchami 841x1189 mm, yuzasi 1 m2 ga teng bo'lgan format, asosiy format deb qabul qilinadi va AO bilan belgilanadi. Har bir keyingi asosiy format undan oldingi formatning uzun tomonini teng ikkiga bo'lishdan kelib chiqadi. Jadvaldagi A harfidan keyingi raqam asos qilib olingan formatni necha marta bo'linganini bildiradi.Asosiy formatlardan foydalanish noqulay bo'lganida qo'shimcha formatlardan ham foydalaniladi. Qo'shimcha formatlar, formatlarning qisqa tomonlarini karrali ko'paytirish bilan hosil qilinadi. Chizma formatlariga chap tomondan 20 mm va qolgan tomonlardan 5 mm dan qoldirib hoshiya chiziladi.Formatning pastki o'ng qismiga asosiy yozuv uchun 185x55mm o'lchamda ramka chiziladi. Grafik ishlar bajariladigan asosiy formatlarni va ularning o'lchamlarini quyidagicha keltiramiz: Injenerlik grafikasi masshtablari О'z.Dav.St. 2.302-97 Detalning chizmasini uning xaqiqiy o'lchamidan kattalashtirib yoki kichiklashtirib chizish mumkin. Masshtab deb, chizmadagi kesma uzunligi qiymatining uning xaqiqiy uzunligi qiymati nisbatiga aytiladi. О'z.Dav.St. 2.302-97 ga muvofiq detal buyum yoki inshoat qismlarini chizma qog'oziga tushirish uchun ularni bir necha martta kichiklashtirib chiziladi. Aksincha kichikroq detallarni tuzulishlarini yoki qirqimlarini o'rganish uchun chizmada bir necha martta kattalashtirib ko'rsatilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Shuning uchun chizmalarda masshtab tushunchasi kelib chiqadi. O'lchamlarning bir necha martta kichiklashtirib chizmasini chizish kichiklashtirish masshtablari orqali amalga oshiriladi. Kichiklashtirish masshtablari: …1:2; 1:2,5 1: 4 ; 1: 5; 1: 10; 1: 15; 1: 20; 1: 25; 1: 40; 1: 50; 1: 75; 1: 100; 1: 200; 1: 400; 1: 500; 1: 800; 1: 100;… Detal buyum yoki inshoat qismlarini, injenerlik tarmoqlarida sanitariya va boshqa texnika qurilmalarida uchraydigan ayrim kichik detallarni o'lchamlarini bir necha martta kattalashtirib chizmada ko'rsatilishi uchun kattalashtirish masshtablaridan foydalanamiz. Kattalashtirish masshtablari: …2: 1; 2,5:1; 4:1; 5:1; 10:1; 20:1; 40:1; 50:1; 100:1;… Ko'p hollarda beriladigan topshiriqlar va shaxsiy uy vazifalari haqiqiy o'lchamda chizilishi talab qilinadi. Bu hollarda masshtab 1:1 deb qabul qilinadi, ya'ni detal o'lchami qancha bo'lsa, chizmada ham shu o'lcham bilan chiziladi. Ma'lumot uchun quyidagilar bilish kerak. Katta ob'ektlarni umumiy plani, sxema va shunga o'xshash geodeziya - kartografiya chizmalarida ham masshtablardan foydalanamiz. Bu masshtablarni quyidagicha ifodalash mumkin: 1: 200; 1: 500; 1: 100; 1: 2500; 1: 500… xattoki 1: ( 100*N ) bo'lishi ham mumkin. Injenerlik grafikasida chiziq turlari О'z.Dav.St. 2.303-97 Injenerlik grafikasida detal chizmalarini aniq va yaqqol ko'rsatish uchun (О'z.Dav.St. 2.303-97)ga muvofiq har xil turdagi chiziqlar ishlatiladi. Chizmaning ko'rinadigan asosiy kontur ...

Joylangan
06 May 2024 | 05:41:10
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.75 MB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 May 2024 [ 05:41 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.75 MB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:20 ]
Arxiv ichida: doc