Kasbiy pedagogika fanining mazmuni maqsadi va vazifalari Reja: 1.O'zbekiston Respublikasi umumiy va kasbiy ta'lim tizimi islohatlari.O'rta maxsus, kasb hunar ta'limi ijtimoiy-itisodiy o'zgarishlar sharoitida. 2.Kasbiy pedagogika fanining maqsad va vazifalari. Kasbiy pedagogikaning asosiy tushunchalari: kasbiy ta'lim, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy tarbiya, unumli mehnat, professionallik, kasbiy mahorat. Pedagogik jarayon deganda o'qituvchi va o'quvchining belgilangan maqsadga erishish borasidagi o'zaro hamkorlik faoliyati tushuniladi, bunda avvalda belgilangan o'zgarish holati sodir bo'lib, o'quvchiing shaxsiy sifat xislatlari uzgaradi. Boshqacha aytganda ijtimoiy tajriba shaxs sifat fazilatlarga aylantiriladi. Pedagogik manbalarda ta'lim-tarbiya jarayoni iborasi ham sinonim sifatida ishlatilgan. Lekin rus pedagog olimlari P.F.Kapterev, A.I. Pinkevich, Yu.K. Babanskiylarning fikricha ta'lim-tarbiya jarayoni tushunchasi nisbatan tor mahnoni anglatib yaxlitlik xususiyatini ochiq bera olmaydi. Ta'lim-tarbiya va rivojlanishning birligini tahminlash bilan pedagogik jarayonning yaxlitligi va umumiyligiga erishiladi. Pedagogik jarayon tizim sifatida, uziga qator o'zaro aloqador tarkibiy elementlarni qamrab oladi. Pedagogik jarayonda shakllantirish rivojlantirish, tarbiyalash, shuningdek, barcha shart-sharoitlar, shakllar metodlar o'zaro birikib yagona yaxlitlikni hosil qiladi. Pedagogik jarayonning bunday tarzda talqin etilishi uning tashkil etuvchi elementlarini aniq ajratib olish bilan birga bu elementlar orasidagi o'zaro aloqadorlik va munosabatlarni tahlil etish shuningdek, pedagogik amaliyotda uni boshqarish imkoniyatini beradi. Tuzilma (lotincha struktura, tuzilish) bu tizimdagi elementlarning joylashishini anglatadi. Tizim tuzilmasini mahlum mezonlarga ko'ra ajratiladigan tarkibiy qism (komponent) lar, shuningdek, ular orasidagi aloqadorlik tashkil etadi. Tizim komponentlarining o'zaro aloqadorligini tushunish bilangina ushbu jarayonning sifat va samaradorligini oshirish muammosining yechimini topish mumkin. Pedagogik jarayonning obhekti bir paytning uzida subhekt hamdir. Bu jarayonning natijasi to'g'ridan-to'g'ri ishtirokchilarning o'zaro hamkorligi (tahsiri), qullanilayotgan texnologiya va o'quvchiga bog'likdir. Pedagogik jarayonni yaxlit tizim sifatida tahlil etish uchun tahlil qilish mezonlarini urnatish zarur. Mezon sifatida har qanday shart-sharoit erishilgan natija o'lchami olinishi mumkin. Muhimi u tizimni o'rganish maqsadlariga javob bersa bas (3 - chizmagaqarang).3-chizma Yuqoridagi rasmdan ko'rinib turibdiki, pedagogik jarayon mahlum qonuniyatlarga asoslanadi. Pedagogik jarayonning ishtirokchilari(o'qituvchi va o'quvchilar), maqsad (vazifalar), mazmun, tashkil etish shakllari, vosita va metodlar, natija bir-biriga uzviy bog'liq. Har qanday jarayon kabi ta'lim-tarbiya jarayoni ham mahlum qonuniyatlarga asoslanadi. Qonuniyatlarda obhektiv zarur, muhim, takrorlanuvchi aloqadorliklar o'z ifodasini topadi. Pedagogik jarayonning qonuniyatlari sirasiga kuyidagilarii kiritish mumkin: Pedagogik jarayonning dinamik xarakteri. Pedagogik jarayonda shaxsning rivojlanishi. Pedagogik jarayonning boshqariluvchanligi. Pedagogik jarayon ishtirokchilarini ragbatlantirilishi. Pedagogik jarayonda his-tuyg'u, mantiq va amaliyotning birligi. Ta'lim jarayoni ishtirokchilarining ichki va tashqi faoliyati birligi. Pedagogik jarayonning kechishi va natijasini boshqa kuplab omillarga bog'liqligi: Masalan: a) jamiyat va shaxe ehtiyojiga; b) jamiyatning moddiy- texnik, iqtisodiy va boshqa imkoniyatlariga; v) jarayon kechadigan shart-sharoit axloqiy, psixologik, sanitariya-gigiyenik, estetik va shu kabilar. SHuningdek, kasb-hunar ta'limi, ishlab chiqarishning ham qonuniyatlarini ...

Joylangan
06 May 2024 | 05:41:10
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
134.28 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 May 2024 [ 05:41 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
134.28 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:23 ]
Arxiv ichida: doc