Mahsulot sifatida shakl og'ishi va sirtlar joylashishining chetlashishi Reja: Forma og'ishining tipik ko'rinishlari va ularning tasvirlanishi. Tekislikmaslikni va to'g'ri chiziqlimaslikni konrol qilish. silindrmaslikni va doiraviymaslikni kontrol qilish. Sirtlarning vaziyatini kontrol qilish. Mashinasozlikda detallar, odatda, oddiy geometrik shakllardan konstruksiyalanadi, chunki ularni tayyorlash oson bo'ladi. Ko'pincha ayrim detallar yoki ularning alog'ida qismlari tekislik yo silindr ko'rinishida tayyorlanadi. Boshqa geometrik shakllardagi detallar ancha kam ishlatiladi. Biroq, bir qator sabablarga ko'ra detallar qatiy geometrik shaklda kelib chiqmaydi. Bu hol to'g'ri geometrik shakldan chetlashishga malum norma belgilashni taqozo qiladi. Bundan tashqari har bir detalda bir qator tekisliklar bo'ladi va bu tekisliklar ham bir-biriga nisbatan to'g'ri joylashishi zarur. Misol uchun, oddiy silindrik valikda silindrik, sirt, torets tomonida (uchlarida) esa tekis sirtlar bor. Bunda torets tomonidagi tekis sirt silindrik sirtga perpendikulyar bo'lishi kerak. Juda kam hollardagina detal har xil diametrli valdan iborat bo'ladi. Ko'proq hollarda detal har xil diametrli alog'ida silindrlardan tashkil topgan pog'onali valiklar tarzida bo'ladi. Ko'pincha bu silindrlarning o'qlari bir to'g'ri chiziqda bo'lishi talab qilinadi. Detal sirtlarini bir-biriga nisbatan absolyut aniq joylashtirib bo'lmaganligi sababli, sirtlarning bir-biriga nisbatan joylashishidagi og'ishishlarni normalash zarurati tug'iladi. Forma og'ishishidagi yo'l qo'yiladigan xatolarni normalashda yondosh sirt tushunchasidan foydalaniladi. Masalan, tekis sirtlar haqida gap borar ekan, u holda detalning bu sirtlari ideal sirt bilan qoplanadi deb faraz qilish zarur va unga nisbatan detal sirtining og'ishi aniqlanadi. Berilgan formadan chetlashish (og'ishish) detallarning birikish xarakteriga ta'sir qiladi va uzellar hamda butun mashina ishining ishlash sifatini yomonlashtiradi. Shuning uchun detal va uzellarning vazifalariga hamda ishlash sharoitiga qarab, konstruktor formalarda va sirtlarning joylashishida yo'l qo'yiladigan og'ishishlar kattaligini GOST 10356-63 da ko'zda tutilgan dopusklar yordamida cheklab qo'yadi. Bu standartda formaning va sirt joylashishlaridagi og'ishishning chegaraviy qiymatlari, shuningdek, detal sifatini belgilashda zavodning hamma xodimlari (konstruktorlar, ishchilar, kontrolyorlar va b.)da og'ish to'g'risida yagona tushuncha hosil qilish uchun terminlar va turli ko'rinishdagi og'iishlarning ta'riflari keltirilgan. Standart ta'riflari va chegaraviy og'ishlar tekisliklar, silindr formasining ko'ndalang va bo'ylama kesimlari uchun sirtlar, o'qlar va sirtlarning o'zaro joylashishi uchun belgilangan. Detalning yassi sirtlari tekislikmasligi va to'g'ri chiziqmasligi bilan xarakterlanadi. Tekislik (detal) nuqtalaridan yondosh (boyagi «qoplovchi») tekislikkacha bo'lgan eng katta masofa bilan aniqlanadi. To'g'ri chiziqlimaslik [rasm, a] detal sirtining berilgan yo'nalishdagi to'g'ri chiziqdan og'ishi bilan aniqlanadi. Amalda ko'pincha tekislikmaslik kontrol qilinadigan sirtdagi istalgan yo'nalishdagi to'g'ri chiziqlimaslik bilan aniqlanadi. Tekislikmaslikka eng oddiy misol qavariqlik va botiqlikdir (1- rasm, b va v). 1-rasm. Forma og'ishi: silindr ko'rinishidagi detal formasidagi og'ishi silindrmaslik bilan xarakterlanadi, silindrmaslik deyilganda detal sirtining ideal silindr sirtida og'ishi tushuniladi. O'lchashlarni bevosita ishlab chiqarishning o'zida ...

Joylangan
06 May 2024 | 05:41:10
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.18 MB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 May 2024 [ 05:41 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.18 MB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:38 ]
Arxiv ichida: doc