Mustaqillik yillarida umumta'lim maktablarida jismoniy tarbiya darslariga qo'yiladigan talablar Reja Mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sportni rivojlanishi Mustaqillika qadar jismoniy tarbiya va sportning o'rni va ahamiyati Olimpiyada o'yinlarining ahamiyati O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqilligini jahon miqyosida yil sayin barqarorlashtirib borar ekan, uning istiqboli bugungi avlodning bilimdon. ma'naviy va jismoniy jihatdan barkamol insonlar bo'lib etishishiga bog'liqdir. Bu o'rinda Respublikada talabalarning jismoniy tayyorgarligining rivojlanishi va ishchanlik qobiliyatlarini shakllan-tirishda jismoniy tarbiya va sport fani alohida ahamiyat kasb etadi. Mustaqil O'zbekiston taraqqiyotida jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat va sprort sohalarining rivojlanishi ayniqsa, diqqatga sazovordir. Bu sohaning nazariy va amaliy asoslarini rivojlantirishga Prezidentimiz I.A.Karimov katta etibor berayotganligi, erishilayotgan yutuqlarimizning poydevori bo'lib xizmat qilmoqda. Sog'lom turmush tarzini shakllantirish, millat genofondini yanada sog'lomlashtirish, barkamol avlodni tarbiyalash borasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ahamiyati davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri deb belgilangan. Qisqa muddatda bu sohada olib borilgan keng ko'lamli amaliy harakatlar o'z samarasini bera boshladi. Malumki, mamlakatimiz sporti 1991 yilgacha sobiq Ittifoq bo'yicha amal qilgan hukmron tizimning bir qismi bo'lib, yurtimiz bu masalada xalqaro maydonga mustaqil chiqish va o'z imkoniyatlarini namoyon etish huquqiga ega bo'lmagan. Respublikamizning sanoqli sportchilarigina Olimpiya o'yinlari, jahon va Yevropamiqyosidagi nufuzli musobaqalarda qatnasha olardi. Asosiy etibor mahalliy aholi o'rtasidan malakali sportchilar tayyorlash, jismoniy tarbiyani ommalashtirishga emas, balki boshqa Respublikalardan tayyor sportchilarni taklif qilib, xo'jako'rsinga, muayyan natijalar olishga qaratilar edi. Shu bois, Respublikaning faqat markaziy shaharlarida birmuncha ishlar qilinib, chekka hududlarida sportni rivojlantirishga etarli ahamiyat berilmadi. 1991 yilgacha O'zbekistonda jahon andozalari talablariga javob beradigan birorta ham yirik sport inshooti bunyod etilmagani, hatto Toshkent shahrida ushbu talablarga mos sport majmuasi bo'lmaganini o'ziyoq bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi. Mustaqilikka qadar O'zbekiston xalqaro sport jamoatchiligi uchun qariyb yopiq edi. Futbol va tennis bo'yicha o'smirlar o'rtasida sobiq sotsialistik davlatlar sportchilari ishtirokida o'tkazilgan turnirlarni hisobga olmaganda, mamlakatimizda xalqaro musobaqalar deyarli o'tkazilmadi. Mustabid siyosat jismoniy tarbiya va sport sohasida ham o'z asoratlarini qoldirib, bular ayniqsa, quyidagilarda namoyon bo'ldi: 1. O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sport ishlari markaziy respublikkalarga nisbatan past darajada yo'lga qo'yildi, sport harakatiga yerli aholi ommaviy ravishda jalb qilinmadi, ular orasidan yuqori malakali sportchilarni tayyorlash borasida esa, aniq va maqsadli ishlar olib borilmadi, oqibatda aksariyat yoshlarning jismonan sog'lomligi talab darajasida bo'lmay, ular orasidan katta sportga sanoqli sportchilar chiqa oldilar; 2. Sport tarmoqlarini rivojlantirish, sport inshootlarini qurish, umuman sportning moddiy-texnikaviy bazasini kengaytirish va moliyalashtirish ishlari faqat markaz roziligi bilan, cheklangan tarzda amalga oshirildi; 3. Soha uchun oliy va o'rta ma'lumotli kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yilgan bo'lsada, musobaqalarda milliy sportchi kadrlar turli sun'iy to'siq va saralashlardan ...

Joylangan
06 May 2024 | 05:41:10
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.5 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 May 2024 [ 05:41 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.5 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:50 ]
Arxiv ichida: doc